Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Arxaik davr hayotining umumiy manzarasi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

4. Arxaik davr hayotining umumiy manzarasi. Taxmin-

larga ko‘ra, arxaik davrda yunon uy-joyi oddiy va bir qavatli 

edi. Epik matnlarga ko‘ra, erkaklar kalta ko‘ylak (xiton) kiyib, 

ko‘chaga chiqayotganda ustilariga keng yoping‘ich (xlamida) 

tashlaganlar. Ayollar xiton ustidan hashamatli keng kiyim, ka-

mar bilan tortilgan kamzul (peplum) kiyganlar. Sharqdan er-

kaklar uchun uzun, yupqa kanopdan to‘qilgan, tumshuqqacha 

boradigan xiton o‘zlashtirib olingan. Sochga tilla to‘g‘nog‘ich 

qistirilgan. Ijtimoiy tabaqalanish kiyinishga ta’sir qilgan. Zoda-

gon yoshlar otliq yurganda oval plash (xlamida) bilan o‘rangan-

lar. Hunarmandlar esa chap yelka orqali tashlangan kamtar 

jun yoping‘ich (eksomida) bilan cheklanganlar. 

Arxaik davrda oila-nikoh munosabatlari ham o‘zgardi. Gomer 

davrida kuyov kelinning ota-onalariga qimmatbaho sovg‘alar 

berib, sotib olar edi. Arxaik davrda esa kelinga sep berish odat-

ga aylandi. Nikohga asos bo‘lib, yoshlarning ota-onasi o‘rta-

sida tuzilgan kelishuv shartnomasi xizmat qilar edi. Tegishli 

qurbonliklar qilingach, kelinning otasini uyida to‘y tantanalari 

va ziyofat boshlanar edi. Quyosh botishi bilan kelin kuyovning 

uyi ga  kuzatib qo‘yilgan.




365

Dafn marosimlari o‘zgardi. Arxaik davrda ko‘kragiga urib 

yig‘laydigan go‘yandalar paydo bo‘ldi. Yig‘i-sig‘idan so‘ng mar-

hum jasadi yuvib-taralib, xushbo‘y yog‘lar surtilgan. Keyin-

gi kun dafn qilish marosimi o‘tkazilib, yig‘i bilan mayit sha-

har tashqarisidagi qabristonga chiqarib ko‘milgan. O‘likning 

og‘ziga yer osti Aid podsholigida o‘liklarni tashuvchi Xarond-

ga to‘lov sifatida tanga qo‘yganlar. Ehtimol, krematsiya ham 

bo‘lgan. Bu haqida Gomer poemalarida eslatiladi. Marhum 

o‘zining qimmatli buyumlari bilan katta gulxanda yoqilgan. 

Olovga vino, sut va asal sepish odati bilan marosim tugagan. 

Yunon uylari xom g‘ishtdan qurilib, tomi loy cherepitsadan 

bo‘lgan. Uylarda kichik derazalar bo‘lib, o‘g‘rilarni qo‘rqitish 

uchun kichik eshikchalar bilan yopilgan. Pol ohak yoki zich-

langan qumli bo‘lgan. Uylarga yana qoshimcha xonalar qu-

rib borilgan, ko‘chalar egri-bugri bo‘lgan. Uyda mebel deyarli 

bo‘lmagan. Qishloqda dehqonlar ho‘kizlarni qo‘shga qo‘shgan-

lar, eshaklardan yuk tashishda foydalanganlar. 

Yunonlar dehqonchilik bilan shug‘ullanib, qurg‘oqchilikka 

chidamli zaytun ekkanlar, zaytundan yog‘ olingan, ovqatga, 

dori-darmon va jinchiroq uchun yog‘i ishlatilgan. Go‘shtga 

ehtiyoj xonaki hayvonlarni saqlash, quyon, kaltakesak va 

mayda qushlarni ovlash bilan qondirilgan. Dengizga yaqin 

aholi uchun baliq asosiy ozuqa o‘rnini bosgan. Demetra deh-

qonchilik ilohasi bo‘lib (qadimgi yunon tilida dem – yer, metra 

– ona ma’nosini bildiradi), yunonlar uchun asosiy ovqat sut, 

pishloq edi, mevalarni ho‘l va quruq holda iste’mol qilgan-

lar. Piyoz, dukkaklilar va sholg‘om ham asosiy ovqat bo‘lgan. 

Qahatchilik yillarida yovvoyi mevalar, tipratikan hatto chi-

girtkalarni yeganlar. Asosiy ichimlik uzumdan tayyorlangan 

vino bo‘lgan. U juda quyuq bo‘lib, suv qo‘shib ichilgan. Ba’zi-

da vinoga qayin daraxti qatroni qo‘shilgan. Natijada vinoni 

3-4 yil saqlash mumkin bo‘lgan. 



366


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish