Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Sparta davlatida fuqaro tarbiyasi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

3. Sparta davlatida fuqaro tarbiyasi. Spartaliklar o‘z vaqt-

larini doimiy muntazam harbiy mashqlar va ovda o‘tkazib, cho-

dirlarda yashar edilar. Sparta Yunonistonda yagona profes-

sional qo‘shinni tashkil qildi. Spartaliklarda fuqaroning davlat-

ga sadoqat, qonunlarga so‘zsiz bo‘ysunish, katta yoshdagilarga 

hurmat, mutlaq jasorat ruhida tarbiyalash yo‘lga qo‘yildi. Likurg 

ta’kidlagan edi: «Spartalikni tarbiyalashning maqsadi goplitni 

shakllantirishdir». Spartaga a’lo jangchilar zarur edi. O‘smir 

yoshlar tarbiyasida birinchi o‘ringa jismoniy tarbiya qo‘yilib, 

faqat xor qo‘shiqlari, harbiy musiqa, shoir Terpandrning harbiy 

marshlari o‘rgatilar edi. Spartalik imkoniyat darajasida qisqa 

va aniq so‘zlashi uqtirilar edi (lakonizm). Sport tayyorgarligida 

ot sporti va atletika yetakchi o‘rinni egallagan edi. 

Spartalikni tarbiyalash tizimi uch bosqichdan iborat edi:

1. 7 yoshgacha bolalar ota homiyligi ostida. 7 yoshdan so‘ng 

davlat nazorati ostiga o‘tgan.

2. O‘smirlar 12 yoshdan 15 yoshgacha katta yoshli o‘smir 

(iryen) boshchiligida maxsus guruhlar (il)ga kirgan.

3. 16-20 yoshlarda o‘qitishning uchinchi bosqichi (iryeniya)

ga o‘tilgan.

Bolaligidan kasal va jismoniy zaif bolalar ortiqcha yuk hi-

soblangani uchun ularni jarlikka uloqtirar edilar. Davlat tar-

biyasining birinchi bosqichida 7-12 yoshgacha bolalarni agella 

(«poda»)ga to‘plab, mashqlar va sinovlar muntazam o‘tkazilgan. 

Bu bosqichda bolalarda kuch va chidamlilikni tarbiyalash aso-

siy maqsad qilib qo‘yilgan. Bolalar badani momataloq bo‘lguni-

cha kaltaklash, tan jarohati yetkazish marosimidan o‘tar edi. 



363

Kaltaklanayotgan og‘riqqa un chiqarmay chidashi, og‘riqni 

sezdirmasligi lozim edi. O‘smirlar 12 yoshdan 15 yoshgacha 

katta yoshli o‘smir (iryen) boshchiligida maxsus guruhlar (il)

ga kirganlar. Ular g‘arib chaylada yarim och, juldur kiyimlarda 

o‘zlari yig‘ib kelgan qamish ustida uxlar edilar. 

Harbiy mashqlar (qurollarni o‘zlashtirish, zich safda harakat 

qilish, tez harakatlanish va taktika) harbiy o‘qish kursi, sport 

va ov bilan to‘ldirilar edi. Bu davrda o‘qituvchilar spartalik yosh 

o‘smirlarda ilotlarga nisbatan mensimaslik, nafrat tuyg‘usini 

shakllantirganlar. Bu o‘qitish davri dala mashqlari (kriptiya) bi-

lan tugallanar edi. Keyinchalik bu mashqlar ilotlarni yo‘q qilish 

marosimi shaklini oldi. Yosh spartaliklar mamlakat bo‘yicha 

daydishga yuborilganlar. Ular ilotlarning suhbatlarini yashirin-

cha eshitishlari, ilotlar ichidan isyonchilik kayfiyatida bo‘lgan-

larini o‘z xanjarlari bilan o‘ldirishlari buyurilgan. Eng kuchli 

va jasur ilotlar maxfiy o‘ldirilgan. Ilotlar 9 ming sparta oilasiga 

xavf tug‘dirmasligi uchun bu ish muntazam amalga oshirilgan. 

16-20 yoshlarda o‘qitishning uchinchi bosqichi (iryeniya) 

boshlangan. Yosh spartalik yigit yer ulushi egasiga aylanar edi. 

Bu yer ulushi uni va oilasini boqishi kerak edi. 

Ayollar tarbiyasi ham qat’iy va sodda bo‘lgan. Ayollarni kuch-

li, sog‘lom, chiroyli bo‘lishi uchun gimnastika mashg‘ulotiga 

asosiy e’tibor qaratilgan. Qizlar diniy marosimlarda qatnash-

ganlar. Ularga ozgina qo‘shiq va raqs o‘rgatilgan. Lekin aso-

siy maqsad sog‘lom bolani dunyoga keltirish edi. Sog‘lom ona 

kuchli va to‘laqonli bolani dunyoga keltirishi shart edi. Sparta 

davlati bola tug‘ilishiga mukofot belgilab, farzandsizlik uchun 

jarimani kiritdi. Tarbiyaning qattiqligi o‘smirlarni Artemida ibo-

datxonasida har yili o‘tkaziladigan qiynoq sinovlarda o‘z aksi-

ni topgan edi. Sinalayotgan o‘smir qiynoqlarga dosh berishi va 

og‘riqni sezdirmasligi shart edi.

Yosh yigit 20 yoshga yetgach, Sparta («Tenglar jamiyati»)

ning to‘la huquqli a’zosi hisoblanar edi. Endi u kattalar bilan 

birgalikda o‘tkaziladigan ovqatlanish (fiditiya yoki filitiya)larga 

ishtirok etishi majburiy edi. Fiditiya uchun har bir spartalik 

har oy ma’lum miqdorda pishloq, arpa, vino, anjir va pul berar 

edi. Spartaliklar birgalikda o‘tirib, uksus, tuz qo‘shilib, qonda 

tayyorlangan cho‘chqa go‘shti bo‘tqasini iste’mol qilar edilar. 

Qattiq, shafqatsiz tarbiya natijasida spartaliklarning ongida 

boshqa yunon polislari aholisiga nisbatan jismoniy va ma’naviy 



364

ustunlik his-tuyg‘usi shakllantirilar edi. Yunon dunyosida 

spartaliklarni qat’iy intizomi uchun hurmat qilar edilar, ammo 

yoqtirmasdilar.

Bosib olingan qaram viloyatlarning ilotlarga aylantirilgan 

aholisining qo‘zg‘olonlaridan xavfsiragan spartaliklar har yili 

ilotlarga dahshat solish va ularning ongida bo‘ysunish hissi-

ni tug‘dirish uchun ularni tunda o‘ldirishni (kriptiya) e’lon qil-

ganlar. Yosh sparta yigitlari qishloqlarda tunda aylanib yurib, 

kuchli, isyonkor kayfiyatdagi ilotlarni o‘ldirganlar. Mil.avv. XI 

asrdayoq spartaliklar o‘zlarini har xil «yangiliklar»dan himoya 

qilish, an’anaviy turmush tarzini saqlash maqsadida tashqi 

dunyodan ajralib yashashga urindilar. Qadimgi an’anaviy ho-

latning o‘zgarmasligi uchun Sparta faqat mayda temir tangani 

muomalaga kiritdi. Sparta uylarining eshik va tomlari yog‘och-

dan bo‘lib, ularni faqat bolta va arra bilan tayyorlashga ruxsat 

etildi. Hashamatli kiyimlar qonundan tashqari edi. Jamiyat-

dagi mavqeyiga qarab, spartaliklar bir xildagi kalta yoping‘ich 

(plash) kiyar edilar va bu bilan o‘zlarini teng deb hisoblardilar. 

Qonunga ko‘ra chet ellik Spartada belgilangan muddatdan or-

tiq qolmasligi, birorta ham spartalik vatandan tashqari uzoq 

yashash huquqiga ega bo‘lmagan. 




Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish