– ittifoqga
kirishga majbur bo‘ldi. Ittifoq majlisida har bir polis bir ovozga
ega bo‘lib, qaror ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinar edi va har
bir shahar-davlat Sparta podsholari ixtiyoriga o‘z qo‘shinining
1/3 qismini berishga majbur edi. Ittifoqchilar o‘rtasida aloqa
zaif bo‘lib, alohida polislar bir-biri bilan urush olib borar, bosh-
qa ittifoqchilar bunga aralashmas edilar. Sparta Peloponnes
yarim orolining 1/3 qismini (8000 km) bevosita o‘z hukmron-
ligi ostiga olgan edi. Spartaning ittifoqdagi yetakchilik mavqeyi
kuchli edi. Spartaning ittifoqdagi yetakchilik o‘rniga nisbatan
hech kimda shubha yo‘q edi. Bu ittifoq o‘sha davrda Yunonis-
tonda eng kuchli edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |