6. Tiraniya. Yunonistonda mil.avv. VIII–VI asrlarda xo‘ja-
lik hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar siyosiy hayotga o‘z
ta’sirini ko‘rsatdi. Savdo, hunarmandchilik ishlab chiqarishi-
ning ilk rivoji hukmron tabaqa – katta yer egalari – oqsuyak zo-
dagonlarga qarshi turgan kuchli, ko‘p sonli savdo, hunarmand-
lar qatlamining paydo bo‘lishiga olib keldi. Milet, Efes, Korinf,
Sikion, Megara, Afina shaharlari, Samos, Lesbos va Sitsiliya
orol larida iqtisodiy o‘sish kuchli edi. Aynan shu joylarda kuch-
li, siyosiy faol shaxslar hokimiyatni noqonuniy tarzda zo‘ravon-
lik bilan bosib oldilar. Hokimiyatni noqonuniy, zo‘ravonlik bi-
lan egallab, boshqarish shakli – «tiraniya» paydo bo‘ldi. Tiraniya
mil.avv. VII asrda ayrim yunon shaharlari (Korinf, Sikion, Milet,
Efes, Afina, Sirakuza, Megara, Argos)da keng tarqaldi. Zoda-
gonlar ichidan chiqqan tiranlar urug‘ zodagonlari va xalq hoki-
miyatini keskin rad qildilar. Hokimiyatni bosib olgan tiranlar
o‘zlarining raqiblari bo‘lgan oqsuyak urug‘ zodagonlariga qarshi
shafqatsiz kurashdilar. Chunki bu vaqtda urug‘ zodagonlari ja-
moa-polisning eng uyushgan hamda boy va ta’sirli qismi edilar.
Shu sababli, tiranlar o‘zlarining shaxsiy hokimiyatlari uchun
eng xavfli deb, zodagonlar hokimiyatini hisoblar edilar. Tiran-
354
lar o‘z hokimiyatlarini kuch bilan ushlab turgan holda urug‘
aslzodalarining siyosiy-iqtisodiy hukmronligini zaiflashtirdilar.
Tiranlar aslzodalarning kuch-qudratini zaiflashtirib, demosni
kuychaytirdilar va o‘zlari istamagan holda hokimiyatlarining
halokati uchun qulay shart-sharoit yaratdilar.
Xalq ommasi orasida mustahkam tayanchga ega bo‘lish
uchun tiranlar kambag‘al qatlamlarni tirikchilik o‘tkazishi
uchun shart-sharoitlar yaratdilar. Xalq ommasi tiranlarni yoq-
tirmas, lekin hurmat qilar edi. Ular aholini ish bilan band qilish
maqsadida yo‘llar, kanallar, binolar qurilishi kabi jamoat ish-
larini uyushtirdilar. Savdo-hunarmandchilik va qishloq xo‘jalik
sohalarini bevosita qo‘llab-quvvatladilar. Tiranlar madaniyat,
ma’rifat, qadimiy urf-odat, an’ana va diniy e’tiqodlarni rag‘bat-
lantirdilar. Ularning hukmronligi davrida yunon polislari o‘zla-
rining buyuk kelajaklari poydevorini qo‘ydi (Afina-Pisistrat
davrida, Sirakuza-Gelon va Dionisiy davrida). Korinf va Samos
shaharlarining gullab-yashnashiga tiranlar sababchi bo‘ldilar.
Tiranlar boshqaruvga o‘z qarindosh-urug‘larini tortdilar. Ular
boshqaruvda yollanma qo‘shinlardan foydalandilar.
Sitsiliya orolidagi yunon-shahar davlatlaridan biri Sirakuza
edi. Geron tiraniyasidan so‘ng shaharda demokratik tuzum qa-
ror topdi va mil.avv. V asr oxirigacha davom etdi. Sirakuzaning
raqibi Karfagen unga qarshi mil.avv. 409–405-yillarda g‘olibona
urush olib bordi. Sirakuzada og‘ir harbiy siyosiy vaziyat yuzaga
kelib, hokimiyatni o‘rta tabaqadan chiqqan harbiy boshliq, 24
yoshli Dionisiy bosib oldi. Dionisiyning tiraniyasi 40 yil atrofida
(mil.avv. 406–367-yillar) davom etdi. Bu davrda Sirakuza na-
faqat Sitsiliyada, balki butun Yunonistonda eng yetakchi davlat
birlashmalaridan biriga aylandi. Mohir siyosatchi bo‘lgan Di-
onisiy mil.avv. 398–392-yillarda Karfagen bilan bo‘lgan urush-
da g‘alaba qozondi. Natijada Sitsiliyaning katta qismini bosib
oldi. Janubiy Italiyadagi Regiy, Kavloniya va Kraton shaharla-
rini qaram qildi. Hatto Adriatika dengizining shimoli, Illiriya
qirg‘oqlariga o‘rnashib oldi. Dionisiy Po daryosining boshida o‘z
koloniyalarini barpo qiladi. Sirakuza Sitsiliyani Bolqon bilan
bog‘laydigan savdo yo‘li ustidan o‘z nazoratini o‘rnatdi.
Dionisiy davlat boshqaruvida xalq yig‘ini mavqeyini pa-
saytirdi. Muhim davlat ishlari Dionisiy oldida majlis qiladigan
«do‘stlar kengashi»da muhokama qilindi. Tiran harbiy qo‘shinni
nihoyat darajada mustahkamladi. Qo‘shin yaxshi qurollantiril-
di. Qo‘shinning 1/3 qismi yollanma askarlar edi. Harbiy flot
355
400 kemadan tashkil topdi. Dionisiy nozik ijtimoiy siyosat olib
bordi. U barcha ijtimoiy qatlamlarning manfaat va ehtiyojlarini
qondirishga harakat qildi. Yersizlarga yer berdi, harbiy o‘ljalar-
ni xayr-ehson qilib, xalq uchun bayramlar uyushtirdi. Sirakuza
zodagonlariga mansablar berib, o‘ziga moyil qilishga urindi. O‘z
muxoliflarini musodara qildi. Dionisiyning hokimiyati merosiy
deb e’lon qilindi. Qudratli Dionisiy vafotidan so‘ng uning zaif
o‘g‘lining hokimiyati ag‘darilib, Sirakuzada demokratiya qaror
topdi. Dionisiyning o‘g‘li Dionisiy II Sirakuzani mil.avv. 357-yil-
gacha boshqardi. Hokimiyatdan mahrum bo‘lgach, Korinfda
yashab, kambag‘allashib tilanchilik qildi va tirikchilik uchun
bolalarni o‘qitdi.
Timoleon (mil.avv. 411–337-yillar) siyosatchi va sarkarda
bo‘lib, demokratiyaning qizg‘in tarafdori edi. U mil.avv. 364-yil-
da Korinfda o‘z akasi tiran Timofanni o‘ldirishda qatnashdi.
Mil.avv. 357-yilda Korinfning koloniyasi Sirakuzaga Dionisiy
II ning tiraniyasiga qarshi va Sirakuzani bosib olishga uri-
nayotgan qudratli Karfagen davlatiga qarshi urushga yuborildi.
U Sirakuza, Leontina, Kanat shaharlarida tiraniyani tugatdi.
Bu shaharlarni Sirakuza ittifoqiga birlashtirdi. Korinflik fuqa-
rolarning katta qismini Sirakuzaga ko‘chirdi, Karfagen qo‘shin-
larini mil.avv. 341-yilda tor-mor qilib, Karfagen bilan tinchlik
shartnomasini tuzdi. Shartnomaga ko‘ra Karfagenning mulklari
Sitsiliyaning g‘arbiy qismi bilan cheklandi. Timoleon Sirakuza-
da demokratiyani qayta tikladi (mil.avv. 352–336-yillar). Uning
vafotidan so‘ng shahar oldidagi xizmatlari uchun Sirakuzada
unga haykal o‘rnatildi.
Yunon shaharlarida demos ma’lum darajada kuch to‘pla-
ganidan so‘ng, o‘zlari yoqtirmagan tiranlarning hokimiyatidan
yengil qutildilar. Tiraniya urug‘ zodagonlari bilan kurashda
yetakchi rol o‘ynab, mil.avv. V asr boshlarida deyarli hamma
joyda polis tuzumi o‘rnatilishi uchun qulay shart-sharoitlarni
yaratib berdi va hokimiyatni topshirib, siyosiy sahnadan chiqib
ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |