Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

10 strateg kollegiyasi. Mil.avv. 431-yilda Periklning ta-

shabbusi bilan fuqarolik tog‘risida qonun qabul qilindi. 

Qonunga ko‘ra fuqarolik mavqeyiga ega bo‘lish uchun odamn-

ing ota-onasi fuqaro bo‘lishlari va qonuniy nikohda bo‘lishlari 

lozim.  Afinalik  yigit-qizlar  18  yoshga  yetishlari  bilan  o‘z  dem 

(Afinaning quyi hududiy-ma’muriy birligi)ning a’zolari yig‘ilishi-

da o‘zining kelib chiqishi va yetuk yoshga yetishganini asoslov-

chi alohida tekshirishdan o‘tganlar. Bu tekshirishdan o‘tgan 




382

o‘smirlar dem a’zolari ro‘yxatiga kiritilib, fuqarolik mavqeyiga 

ega bo‘lganlar. O‘smirlar 18-20 yoshda dastlab bir yillik harbiy 

tayyorgarlikdan o‘tib, bir yil davlat chegaralarini qo‘riqlaganlar. 

Bu harbiy xizmatdan keyin ular ekklesiya ishida ishtirok etish-

lari mumkin edi.

Ekklesiya – xalq yig‘ini Afina davlat hokimiyatining bosh or-

gani. Xalq yig‘inida 20 yoshga yetgan Afina fuqarolari qatnash-

gan.  Afina  xalq  yig‘ini  Afinaning  barcha  dolzarb  masalalarini 

ko‘rib chiqqan: moliya masalalari, urush va tinchlik, diplo-

matlarning hisobotlari, chet davlat diplomatlarining chiqishlari, 

Afinaning kundalik hayotiga tegishli muammolar kabilarni. Bir 

qator yunon shaharlarida xalq yig‘ini o‘ziga xos nomlangan: 

apella – Spartada, agora – Delfada, epidavr – Gela va Akragant-

da. So‘nggi antik mualliflarda xalq yig‘inlari o‘tkaziladigan joy 

ekklesiya deb atalgan. 



Bule – beshyuzlar kengashi, Klisfen davrida asos solingan. 

Beshyuzlar kengashi xalq yig‘ini kun tartibida ko‘riladigan ma-

salalarni tayyorlagan. Afina mansabdor shaxslarining ishi ham 

beshyuzlar kengashida ko‘rib chiqilgan. 



Gelie  –  maslahatchilar  sudi.  Sudyalar  Afinaning  barcha 

fuqarolaridan qur’a tashlash yo‘li bilan saylangan. Jami 6 ming 

sudya, shindan 5 ming maslahatchi va 1 ming zahira saylan-

gan. Afina sudi 10 palataga bo‘lingan. Bunday ko‘p sudya va 

sud tashkilotlarining bo‘lishiga sabab bor edi. Ular faqat Afina 

fuqarolariga tegishli bo‘lmay, balki Afinaning barcha ittifoqchi-

lari ham bu yerda sudlashuvi uchun lozim bo‘lgan. 

Afina sudida ishi ko‘rilayotgan fuqaro qaysi palatada uning ishi 

ko‘rilishini bilmagan. U buni sud kuni yoki sudyalar kengashi 

arafasida bilgan. Bunday qoidalar bo‘lishiga sabab, javobgar 

pora bera olmasligi kerak edi. Sudda jabrlangan yoki aybdor-

ning o‘zi yo uning qarindoshi so‘zga chiqqan. O‘sha vaqtda ad-

vokat bo‘lmagan. 

Har  bir  Afina  fuqarosi  har  qanday  masalani  xalq  yig‘iniga 

qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan. Qaror ochiq ovoz berish yo‘li ya’ni 

qo‘l ko‘tarish, ba’zida yopiq ovoz berish bilan amalga oshi rilgan. 

Yopiq ovoz berishda urnaga qora yoki oq toshchalar, ba’zan 

sopol siniqlari tashlangan. Afina fuqarosining xalq yig‘iniga qat-

nashishi majburiyati emas, balki huquqi edi. Shu sababli kvo-

rum (yig‘ilish qatnashchilarning qaror qabul qilish uchun zaru-

riy eng kam soni) tushunchasi mavjud emas edi. Faqat ba’zi 



383

o‘ta muhim masalalar bo‘yicha qaror qabul qilish uchun 6 ming 

kishidan kam bo‘lmagan fuqaroning ishtiroki zarur bo‘lgan. 

Tanlov erkinligi demokratiyaning asosiy qoidasi: fuqaro masala-

ning muhokamasida ishtirok etmasligi mumkin, lekin boshqa 

fuqaroning qabul qilgan qonunlarni bajarishga majbur bo‘lgan. 

Ekklesiyada yangi qonunlar (nomos) va qarorlar qabul qilingan. 

Davlat himoyasi, shahar oziq-ovqat ta’minoti masalalari ko‘ril-

gan. Ba’zi lavozimlar saylangan, saylangan amaldorlarning 

faoliyati nazorat qilingan, ularning hisoboti ting langan. Boshqa 

shahar-davlatlarning elchilari qabul qilingan. Boshqa polislar 

bilan tuzilgan shartnomalar muhokama qilingan va tuzatishlar 

kiritilib tasdiqlangan. Xalq yig‘inida musodara qilish va meros 

muammolari, diniy e’tiqod va boshqa shaxsiy va ijtimoiy ishlar 

ham ko‘rilgan. 

Har bir fuqaro muhokama qilinayotgan masala bo‘yicha o‘z 

fikrini  aytishi,  ko‘pchilik  qo‘llab-quvvatlasa,  qaror  matniga 

o‘zgartirishlarni kiritishi mumkin edi. Demokratiyaning eng 

muhim qoidalaridan biri barcha fuqarolar ega bo‘lgan qonun-

chilik tashabbusi edi. Qabul qilingan har bir qonun matni 

ko‘cha, maydon va bozorlarda ko‘pchilik e’tiboriga qo‘yilib, u 

yoki bu qonun qarorining tashabbuskorining ismi yozib qo‘yil-

gan. Qonun tashabbuskorligi fuqarolardan mas’uliyat talab 

qilgan.  Afinada  har  bir  fuqaro  qabul  qilingan  qonun  mavjud 

qonunchilikka zid ekanligi to‘g‘risida shikoyat qilish huquqiga 

ega bo‘lgan. Ish sudda ko‘rilgan. Agar ayblovchi o‘z fikri to‘g‘ri-

ligini isbotlay olsa, qonun bekor qilingan va qonun tashab-

buskori jazolangan. Agar o‘z fikrini isbotlay olmasa, shikoyat-

chining o‘zi jazolangan. 

Attika  10  filining  har  biri  Beshyuzlar  kengashi  (Bule)ga 

a’zolik  vazifasiga  nomzodlarni  taklif  qilganlar.  Har  bir  fildan 

50 kishi qur’a tashlash yo‘li bilan uning a’zoligiga 500 kishi 

belgilangan. Ular bir yil davomida Bule tarkibida ishlaganlar. 

Har bir filning vakillari navbat bilan 39 yoki 50 kun navbatchi 

(pritan) bo‘lganlar. Pritanlar har kun kengash majlisini cha-

qirganlar va kengash kun tartibini belgilaganlar. Bule ken-

gashi masalani xalq yig‘ini muhokamasiga olib chiqqan. Ken-

gash davlat moliyasini, jamoat ishlarini, harbiy sohani, tash-

qi ishlarni, diniy masalalarni nazorat qilgan. Mehnatga haq 

to‘lanishi qur’a tashlash yo‘li bilan o‘tkaziladigan har yilgi say-

lovlar  afinalik  fuqarolarning  hayoti  davomida  hech  bo‘lmasa 



384

bir marta kengash a’zosi bo‘lish imkoniyatini berdi. Kengash 

a’zolari kuniga 5 obol ish haqi, pritanlar esa ulardan bir obol 

ko‘proq olganlar. Kengash yig‘ilishi Bulevteriy deb atalib, u 

Afina agorasida joylashgan. 

Mansabdor shaxslar qur’a tashlash yo‘li bilan o‘ttiz yosh-

dan katta barcha fuqarolar orasida saylanar, faqat mansab-

ga  nomzodlar  afinalik  bo‘lishi  ustidan  nazorat  qilingan.  Ar-

xont yoki strateg vazifasini har qanday fuqaro bajarishi mum-

kin degan tushuncha mavjud edi. Chunki barcha mansabdor 

shaxslar xalq irodasi va qonunlarini xalq yig‘ini orqali amalga 

tadbiq qilar edilar. Ularning funksiyasiga hech qanday muhim 

vazifa kirmas edi. Oliy mansabdor shaxslar – arxontlar hoki-

miyati oila va meros huquqiga rioya qilishga g‘amxo‘rlik (ar-

xont eponim), sakral

  vazifa (arxont basiley), sud jarayonlari-

ga raislik qilish (fesmofet) bilan cheklangan edi. Arxont pole-

marx (qo‘shin qo‘mondoni) faqat nomigagina qo‘mondon bo‘lib, 

amalda u chet elliklar ustidan sud ishlarini amalga oshirar edi. 

Qurolli kuchlarga urush va tinchlik paytida rahbarlik qilish 10 

strategga tegishli edi. Ular qur’a tashlash yo‘li bilan emas, balki 

har bir nomzodga bevosita ovoz berish yo‘li bilan saylanar edi-

lar. Mansabdor shaxslar faqat boshidagi mirta



  gulchambari-

dan boshqa hech qanday hokimiyat belgisiga ega emas edi. Bu  

uning hokimiyati cheklanganidan guvohlik berar edi. Ammo 

katta bo‘lmagan hokimiyatni ham suiiste’mol qilish mumkin 

edi. Shu sababli, qonun bir kishini bir mansabga qayta say-

lashni taqiqlar edi.

Boshqaruv  kollegial  edi.  Har  bir  fildan  10  strateg  saylan-

gan. Ko‘cha va inshootlarning holatini nazorat qilish uchun 10 

astinom saylangan. Bozor va tovarlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qi-

lish, sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi janjallarni 10 agranomlar 

ajrim qilar edilar. Ijroiya hokimiyati har bir fildan 50 kishi say-

lanadigan Beshyuzlar kengashi – pritanlar qo‘lida edi. Kengash 

xalq yig‘iniga olib chiqiladigan qarorlar loyihasini tayyorlar va 

mansabdor shaxslar yordamida yig‘in qarorlarini bajarar edi. 

Kengash jamoat ishlarini tashkil qilish, konfiskatsiya qilingan 

mulkni sotish, davlat saylagan komisiya  orqali moliya ishla-

rini nazorat qilish, kemalar qurilishi va otliq qo‘shinlar, Afina 

doimiy qo‘shinining jangovar qobiliyatini saqlash kabi ishlarni 

amalga oshirar edi. Beshyuzlar kengashi boshqaruv masalala-

rini tezkor hal qila olmas edi. Shu sababli, har bir fil o‘zining 




385

50 vakili – pritanlar orqali davlatni yilning 1/10 qismida idora 

qilar edi. Pritanlar kun davomida majlis qurganlar, ularning 

3/4 qismi tunda qolgan. Kengash chet davlatlar bilan yozish-

malar olib borgan, elchilarni qabul qilgan. Har kun pritanlar 

tarkibidan qur’a tashlash yo‘li bilan kengash raisi saylanib, u 

davlat xazinasining kaliti va muhrini olgan. U shu kun xalq 

yig‘ini bo‘lsa, unga raislik qilgan.

Dastlab xalq yig‘ini oyda bir marta, keyinchalik oyda 4 

marta shaharning g‘arbiy qismidagi qoyali terrasa – pniksda 

to‘plangan. Yig‘ilishlarda Beshyuzlar kengashi tayyorlagan qa-

ror loyihalari muhokama qilinib, so‘zga chiquvchilar faqat shu 

mavzudagina so‘zlashlari mumkin edi. Beshyuzlar kengashi 

yig‘ilishi va ekklesiyada «isogoriya» – so‘z erkinligiga qat’iy rioya 

qilinar, qaysiki, «isotomiya» – mansablarni egallashda tenglik 

va «isonomiya» – qonunlar oldida tenglik fuqarolarning siyosiy 

huquqlarining poydevorini tashkil qildi.

Afina  davlati  mehnat  qobiliyatini  yo‘qotgan  fuqarolar  va 

vatan uchun jonini fido qilgan fuqarolarning bolalari to‘g‘risida 

g‘amxo‘rlik qilgan. Aksincha, davlat uchun xavfli deb hisoblan-

gan fuqarolarni xalq yig‘ini quvg‘in qilishi mumkin bo‘lgan. Afi-

na demokratiyasi ostrakizm vositasi bilan obro‘li, ma’lum bir 

ta’sirga ega bo‘lgan mashhur fuqarolarni o‘z yakka hukmron-

ligini o‘rnatishdan xavfsirab, ularni quvg‘in qilgan. Xalq yig‘ini 

vakolatiga  Afina  fuqaroligiga  qabul  qilish,  meteklar  ishi,  chet 

davlatlarga elchilar yuborish kirgan. Urush vaqtida strateglar 

xalq oldida o‘zlari o‘tkazgan urush harakatlari to‘g‘risida hi-

sobot berganlar. Harbiy mag‘lubiyat uchun hatto strateglarni 

o‘lim jazosiga hukm qilinish xavfi kuchli bo‘lgan.

Afinada  mansabdor  shaxslar  katta  hokimiyat  va  obro‘ga 

ega bo‘lmaganlar. Aksincha, yig‘inlarda so‘zga chiqishni bi-

ladigan, qonunlar loyihasini qabul qilishga xalqni ko‘ndira 

ola digan, hech qanday mansabga ega bo‘lmagan kishilar xalq 

ishonchiga sazovor bo‘lganlar. Ular demagoglar deb atalgan. 

Afina  davlati  o‘z  fuqarolarining  ma’naviy  barkamolligiga  jid-

diy e’tibor bergan. Fuqarolarga teatrga kirish, bayramlarda 

ishtirok etish imkoniyatlari yaratilgan. Tomoshalarga kam-

bag‘al kishilarning kirishi uchun davlat teorikon – teatr-

ga kirish uchun ikki obol miqdorida pul to‘lovini joriy qildi. 

Perikl taklifi bilan joriy qilingan nafaqa oddiy fuqaroga teatr-

ga kirish imkoniyatini berdi.



386

Tenglik, erkinlik hamma uchun emas edi. Siyosiy huquqlar-

dan  qullardan  tashqari  ayollar,  boshqa  viloyatlardan  Afinaga 

ko‘chib kelganlar  va  Afinada  yashab  turib,  erkin  bo‘lsa-da, 

fuqaroligi bo‘lmagan meteklar mahrum edi. Meteklar 100 ming-

ga yaqin kishini tashkil qilib, ular asosan savdo-hunarmand-

chilik bilan shug‘ullanar edilar. Ayollar hech qanday huquqlar-

ga ega bo‘lmaganlar. Meteklar qo‘shimcha soliqlarni to‘lash, 

harbiy xizmat qilish majburiyatlarini o‘tashlari shart edi. Ular-

da yerga egalik qilish huquqi yo‘q bo‘lib, afinalik ayolga uyla-

nishlari mumkin emas edi. Afina fuqarolari meteklarga dush-

manlik ko‘zi bilan qaraganlar. Ammo meteklarning mehnati, 

ijodkor  faoliyati  Afinaning  rivojlanishiga  xizmat  qildi.  Qullar 

Afi na aholisining yarmini tashkil etgan. Ularning ko‘pchiligi qul 

oilasida tug‘ilgan, boshqalari urushlarda asirga olinganlar yoki 

dengiz piratlari qurbonlari bo‘lganlar, ayrimlari qarzi uchun 

qulga aylantirilganlar hamda qul bozorlarida sotib olinganlar. 

Egey dengizidagi Xioss oroli uzoq asrlar o‘zining qul bozori bi-

lan mashhur bo‘lgan. Afina shahar-davlatining aholi soni 150 

ming kishini tashkil etgan. 

Mil.avv. VI–V asr boshlarida sport musobaqalari zodagonlar 

uchun ko‘ngil ochish edi. Afina demokratiyasi oddiy fuqarolar-

ni sport musobaqalarida ishtirok etishga, ularning sport bilan 

shug‘ullanishlariga qulay sharoit yaratishga harakat qildi. Zal-

lar, hammomlarga ega bo‘lgan gimnasiylar, mashq qi ladigan 

ko‘p  sonli  palestrlar  har  qanday  Afina  fuqarosi  uchun  ochiq 

bo‘lgan. Lekin boy afinaliklar uchun gimnasiy va palestrlar alo-

hida edi. Barcha sport inshootlari davlat ixtiyorida edi. Sport 

inshootlari ishini tashkil etish va boshqarish xalq yig‘ini to-

monidan tayinlangan lavozim – safronist qo‘lida edi. Sport Afi-

nada kishining o‘z-o‘zini idora qilishga o‘rgatish, adolatli o‘yin 

qoidasiga rioya qilish, o‘z ruhini ko‘tarishga xizmat qilishi kerak 

edi. Afinaliklar boshqa yunonlar kabi ko‘pgina yugurish muso-

baqalari bilan (mash’ala yoki boshqa yuk bilan uzun masofa-

ga, to‘la harbiy anjomda yugurish) shug‘ullanganlar. Shu bilan 

birga, aravalarda poyga, sakrash, nayza yoki disk uloqtirish, 

qo‘l jangi, kurash va kamondan otish kabilar keng tarqalgan. 

Sport bilan shug‘ullanish Afina fuqarosini jismoniy va ma’naviy 

barkamol  bo‘lishida,  vatan  uchun  fidokorona  xizmat  qilishi 

yo‘lida lozim edi. 




387


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish