MIL.AVV. V ASR SO‘NGGI CHORAGI – IV ASRDA
YUNONISTON. POLIS TIZIMINING TUSHKUNLIGI
1. Peloponnes urushlari. 2. Polis tizimining tushkunligi.
1. Peloponnes urushlari. Yunon-fors urushlaridan so‘ng
Yunonistonda iqtisodiyotning umumiy o‘sishi kuzatildi. Polislar
o‘rtasida va xalqaro savdo rivojlandi. Bu jarayon savdo-hunar-
mandchilik bilan shug‘ullanadigan polislar o‘rtasida raqobatni
kuchaytirdi. Ayniqsa, gavjum savdo-hunarmandchilik, dengiz
savdosi bilan shug‘ullangan Afinaning Korinf va Megara bilan
raqobati kuchaydi. Afina va Sparta boshchiligidagi ikki kuch-
li harbiy-siyosiy ittifoqlar o‘rtasidagi muvozanat buzildi. Afina
yunon polislaridagi demokratik tuzumlarni, Sparta esa oligar-
xiya hukm surgan polislarni qo‘llab-quvvatlashga harakat qildi.
Yana shuningdek, Sparta va Afina o‘rtasida Yunonistonda ye-
takchilik uchun raqobat qariyb 30 yil davom etgan Peloponnes
urushlariga olib keldi. Urush mil.avv. 431-yilda Sparta qo‘shin-
larining Attika hududiga bostirib kirishi bilan boshlandi. Afi-
na harbiy kuchlarini boshqargan Perikl quruqlikda mudofaa
taktikasini qo‘llash, dengizda esa faol urush harakatlarini olib
bo rish kerak, deb hisobladi. Sparta qo‘shinlari Attika hududini
talon-taroj qilayotgan paytda barcha aholi Afina shahriga kirib
jon saqladi. Tezda shaharda oziq-ovqat tanqisligi boshlanib,
xolera epidemiyasi tarqaldi. Xalq norozi bo‘ldi. 15 yil davomi-
da arxont lavozimiga ketma-ket saylangan Perikl birinchi mar-
ta mil.avv. 430-yilda arxont etib saylanmadi. U sudga tortilib,
jarima to‘lashga majbur qilindi. Lekin mill.avv. 429-yilda u ozi-
ni oqladi va arxont etib saylandi. Ammo u shu yilda yuqumli
kasallikdan vafot etdi.
Periklning o‘limi natijasida Afinada siyosiy beqarorlik bosh-
lanib, tinchlik bitimi tuzish tarafdorlari bo‘lgan mo‘tadillar Ni-
kiy va savdo-hunarmandlar manfaatlarini aks ettirgan radikal
demokratlar Kleon boshchiligida o‘zaro kurash boshladilar.
Natijada davlat boshqaruvi faol urush harakatlarini olib borish
tarafdori bo‘lgan Afina demokratiyasining vakillari qo‘liga o‘tdi.
Uning rahbarlaridan biri Kleon kelib chiqishi hunarmandlar-
dan bo‘lgan ustaxona egasi edi. U ajoyib notiq, shijoatli siyosat-
389
chi bo‘lib, urushni g‘alabagacha davom ettirish tarafdori edi.
Uning davrida Afina floti Peloponnes qirg‘oqlarida faol urush
harakatlarini boshladi. Afinaliklar mil.avv. 425-yil Messeni-
yadagi muhim Pilos hududi va uning qarshisidagi Sifakteriya
orolchasini bosib oldilar. Spartaliklarning ahvoli og‘irlashib
qoldi. Ular urush harakatlarini shimolga – Frakiyaga ko‘chir-
dilar. Bu yerdagi bir qancha shaharlar Afina bilan ittifoqdan
chiqdi. Mil.avv. 422-yilda Amfiopol shahri yaqinida katta jang
bo‘lib, har ikki tomondan ko‘plab qurbonlar berildi. Afinaliklar
Kleon boshchiligida jangda yengildilar.
Yunonlar uchun urush faqat ba’zida bosqinlar o‘tkazish va
dushman shaharini qamal qilish bilan cheklangan. Chet el
bosqinchilari bilan urush siyrak bo‘lgan. Sarkardalar o‘z askar-
larining intizomi, jangovar qobilyatiga, jang bo‘ladigan joyda qu-
lay o‘rnashishga suyangan. Jang boshlanishi bilan jangchilarni
boshqarish qiyin bo‘lgan. Bir yoki bir necha sarkardalarning
o‘limi yoki qochishi, qo‘shinda hujumga o‘tishga qo‘rquv, va-
himaga, to‘s-to‘polonga sabab bo‘lgan. Yunon qoshinining aso-
siy qismi og‘ir qurollangan piyodalar (goplitlar) bo‘lib, ular yelka-
ma-yelka saf tortib (falanga) jang qilganlar. Ular bardosh berib,
safni buzmay o‘z qatorlari bilan himoya qilinganlaar. Lekin ular
vahimaga tushsalar, saflari buzilib, dushman 30 kg og‘irlikdagi
qurol-aslahali goplitlarni yakka-yakka to‘zitib yuborishi oson
bo‘lgan.
Ahmoniylar bu urushda har ikki raqib tomonlar bilan mu-
nosabatda o‘z foydasini ko‘zlab ish olib bordilar. Kariya satra-
pi, tajribali diplomat Tissafern Kichik Osiyodagi yunon koloni-
yalarini fors davlatiga qaytarish sharti bilan mil.avv. 412-yil
Sparta ga yordam ko‘rsatdi. Mil.avv. 411-yilda esa u Alkiviad
vositachiligida Afina bilan muzokara olib bordi. Har ikki to-
mondagi urushni davom ettirish tarafdorlarining kuchlari zaif-
lashdi. Natijada Afina bilan Sparta o‘rtasida 50 yil muddatga
tinchlik shartnomasi imzolandi. Bu shartnoma Afinaning elchi-
si Nikiy nomi bilan Nikiy shartnomasi deb ataldi. Ammo bu
tinchlik uzoqqa bormadi. Afinada mil.avv. 420-yilda Sparta
bilan urushni davom ettirish tarafdorlari Periklning jiyani Al-
kiviad boshchiligida hokimiyatga keldilar va bir necha Pelo-
ponnes polislarida Spartaga qarshi fuqarolarning chiqishini
uyushtirdilar. Alkiviad Sitsiliyani bosib olish g‘oyasini ilgari
surdi. Bundan tashqari, Janubiy Italiya, hatto Karfagenni
390
bosib olishni orzu qildi. Uning istilochilik rejalari Afinada keng
qo‘llab-quvvatlandi. Mil.avv. 415-yil afinaliklar Sitsiliya ora-
lig‘idagi Sirakuza shahriga qarshi harbiy dengiz ekspeditsiyas-
ini uyushtirdilar. Alkiviad bu urushda qatnashmadi. Chunki
u urush boshlanishida diniy jinoyatda ayblanib, Spartaga qo-
chib ketdi. Spartaning yordami bilan Sirakuza Afina qo‘shin-
larini tor-mor qildi. Natijada 7000 afinalik asirga olinib, qul
qilindi. Afina dengiz flotining Sitsiliyadagi halokati natijasida
uning dengiz davlati qudratiga putur yetdi. Afina ittifoqchilari
bo‘lgan bir necha yirik shahar va orollar vaziyatdan foydalanib,
Afinadan ajralib ketdi.
Yunon polislarida maxfiy siyosiy ittifoqlar – geteriyalar tuzi-
lar edi. Geteriyalarni tuzishdan asosiy maqsad, saylovlarda
o‘zaro yordam uchun o‘z a’zolarini sudda himoya qilish, diniy
muloqot qilish edi. U oligarxiya va demokratiya yo‘nalishlarida
tuzilgan. Afinada mil.avv. 411–404-yillardagi oligarxik to‘nta-
rishlarda geteriya muhim rol o‘ynadi. Sparta o‘z hukmronligini
o‘rnatishning tayanchi deb qarab, uni qo‘llab-quvvatladilar.
Sparta Eronning yordami bilan Kichik Osiyodagi yunon sha-
harlariga o‘z ta’sirini kuchaytirdi. Afinada hokimiyatni oligarx-
lar bosib oldilar (mil.avv. 411-yil) va ular Sparta bilan tezda
tinchlik o‘rnatish harakatini boshladilar. Peloponnes urushi-
ning ikkinchi bosqichi Dekeley urushi (mil.avv. 415–404-yillar)
deb ataldi. Spartaliklar Qora dengizga boradigan yo‘llardagi
bo‘g‘ozlarni bosib oldilar. Bu Afinani oziq-ovqat bilan ta’min-
lashni qiyinlashtirdi. Afinaning yunon dunyosidagi obro‘-e’tibori
tushib ketdi. Yunonistonda Spartaning gegemonligi o‘rnatildi.
Peloponnes urushlari davrida vaziyatga qarab, har ikki tomon-
ga yordam berib turgan, aslida Afina va Sparta munosabat-
larini keskinlashtirgan Eron asta-sekin yunon polislarida o‘z
ta’sirini kuchaytirdi. Aslini olganda, biror-bir yunon polisi bu
urushdan foyda ko‘rmadi, aksincha, bu urush yunon
Do'stlaringiz bilan baham: |