Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

QADIMGI YUNON MADANIYATI

1. Qadimgi yunon madaniyati. 2. Falsafa. 3. Din. 4. Ta-

rix matnlari. 5. Adabiyot va teatr. 6. Notiqlik san’ati. 

 

7. Me’morchilik. 8. Haykaltaroshlik. 9. Tibbiyot va aniq 

fanlar.

1. 


Qadimgi yunon madaniyati. Yunonistonning ko‘pchilik 

polislarida o‘rnatilgan demokratik tuzum fuqarolarning so‘z 

erkinligini ta’minladi, shaxs huquqini kafolatladi va ijtimoiy-si-

yosiy hayotda faol ishtirok etish imkoniyatini berdi. Xalq yig‘ini-

da ichki va tashqi siyosatning barcha masalalarini muhokama 

qilish fuqarolarning o‘zligini anglashini rivojlantirdi. Davlatda 

yuz berayotgan barcha hodisalar fuqaroda mas’uliyat hissini 

shakllantirdi. Har qanday fuqaro o‘zining butun hayoti davo-

mida bir necha marta davlat va jamoat lavozimlarini egallashi 

mumkin edi. Polisning siyosati uning barcha fuqarolarining 

ishi edi. Rivojlangan polislarda aholining asosiy qismi savod-

li edi. Davlat bayramlari va musobaqalari katta ta’lim va tar-

biyaviy ahamiyatga ega edi. Yunon teatri tomoshalari fuqaro-

da axloqiy va siyosiy sifatlarni tarbiyalash vositasi hisoblanar 

edi. Shu sababli, davlat barcha fuqarolarni teatr tomoshalari-

ni ko‘rishiga shart-sharoit yaratib, g‘amxo‘rlik qildi. Demokra-

tik polislarda notiqlik san’ati rivojlandi: xalq yig‘inlarida nutq 

so‘zlaganda notiq minglab kishilarni o‘ziga qaratib, o‘z nutqi-

ni eshitishga majbur qilishi lozim edi. Sudda esa fuqaro o‘zi-

ning fikrini san’atkorona va mantiqiy asoslash bilan sudyalarni  

ishontirishi lozim edi. Bu esa nutq san’atini egallashni talab qil-

di. Natijada maxsus fan – ritorika (notiqlik san’ati) paydo bo‘ldi. 

Fikrlash, mushohada qilish qonunlari to‘g‘risidagi fan – mantiq 

rivojlana boshladi. 

Yunonistonda dinning qadimgi Sharq jamiyatlaridagi kabi 

nufuzli mavqega ega bo‘lmaganligi ham yunon madaniyatining 

rivojlanishida turtki bo‘ldi. Yunonlar uchun xudolar qudratli 

mavjudot bo‘lsalar-da, lekin ular insonga yaqin va tushunarli 

edi. Har qanday yunon kohinlarning yordamisiz o‘z xudosiga 

qurbonlik keltirishi mumkin edi. Qadimgi Sharqda kohinlar 

toifasi katta mol-mulkka ega bo‘lgan yopiq imtiyozli qatlam edi. 



396

Jamiyatning ma’naviy, madaniy va ta’lim tizimi kohinlar toifasi 

izmida edi. Yunonlarda esa kohinlar yopiq qatlam sifatida shakl-

lanmadi. Kohinlik lavozimi saylanadigan va almashtiri ladigan 

edi. Kohinlar alohida toifa sifatida polis hayotiga ta’sir o‘tkaz-

madilar. Yunon ibodatxonalari kichik hajmda chiroyli qilib qu-

rilgan edi. Ular qadimgi Sharq ibodatxonalari kabi ulug‘vor va 

hashamatligi bilan odamlarni qo‘rqitib, vahimaga solmas edi.

Qadimgi yunon madaniyati fuqaro erkinligi va iqtisodiy faoli-

yat erkinligi sharoitlarida rivojlandi. Ko‘chadigan va ko‘chmas 

mulkka xususiy mulkchilik, davlatning xo‘jalik hayotiga ara-

lashmasligi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi – bular-

ning barchasi alohida odamning tashabbusini rivojlanishiga, 

insonning o‘zida kuch va ishonchini qaror topishiga hamda 

tanqidiy fikrlashni paydo bo‘lishiga yordam berdi. Chunki tan-

qidiy mushohadasiz ilmiy yuksalish bo‘lishi mumkin emas edi. 

Qadimgi yunon madaniyati taraqqiyoti ikki katta asosiy 

bosqichni o‘z ichiga oladi:

1. Ilk yunon madaniyati (mil.avv. VIII–VI asrlar). 

2. Klassik yunon madaniyati (mil.avv. V–IV asrlar). 

Ilk yunon madaniyati keskin siyosiy kurash, polis davlatla-

rining shakllanishi hamda boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy 

va madaniy aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi sharoitida rivojlandi. Bu 

davr madaniyati Sharqning qadimgi sivilizatsiyalari ta’siri ostida 

rivojlandi. Qadimda yunonlar Sharq madaniyati bilan o‘zlarining 

Kichik Osiyodagi manzilgohlari orqali tanishdilar. Qadimgi Sharq 

sivilizatsiyasiga yaqin joylashgan geografik hududlarda Milet, Les-

bos, Samos kabi ilk yunon madaniy o‘choqlari vujudga keldi.

Mil.avv. VII asrda yashab ijod qilgan Gesiodning didaktik 

asarlarida o‘zi yashagan davrning ijtimoiy hayoti va ziddiyatlari 

aks ettiriladi («Mehnat va kunlar» poemasi). 

Badiiy adabiyot, eng avvalo, poeziya janrida rivojlandi. Poezi-

ya siyosat bilan bog‘liq edi. Mashhur shoirlar Feognid, Solon, 

qisman Arxiloy siyosat bilan faol shug‘ullangan edilar. Hatto 

Alkey va Safo kabi lirik shoirlar ham siyosatga tan berdilar. 

Shu davrdagi Ezop masallari adabiyotda demokratik yo‘nalish-

ni aks ettirib, ijtimoiy adolatsizlikni qoraladi. Ilk yunon ma-

terialistik falsafasi fanining rivojida qadimgi Sharq jamiyatlari 

yutuqlaridan keng foydalanildi. 

Klassik yunon madaniyatining rivojlanishi uchun mil.avv. VI 

asrda qulay ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy shart-sharoit vujudga 



397

keldi. Yunon polislaridagi demokratik tartib-qoidalar, pul-tovar 

munosabatlatining rivojlansihi, yunon kolonizatsiyasi qadimgi 

yunon madaniyatining gullab-yashnashi va klassik sifatga ega 

bo‘lishiga olib keldi. 

Klassik yunon madaniyati taraqqiyotida uch avlod muhim o‘rin 

tutadi:

Birinchi  avlod  mil.avv.  VI  asr  oxirida  kirib  keldi  va  Afina 

madaniyatining gullab-yashnashi uchun poydevor qo‘ydi. Esxil 

va Frinix Attika komediyasiga asos soldi. Haykaltaroshlar Kritiy 

va Nesiot mil.avv. 476-yil Afina agorasini tiranlarga qarshi ku-

rashchilar – Garmoniy va Aristogiton haykallari bilan bezadilar. 

Olimpdagi Zevs ibodatxonasini haykallar bilan jihozladilar.

Ikkinchi avlod Perikl davrida eng yaxshi yutuqlarga erishdi. 

Sofokl tragediyalari, Gerodot «Tarix»i, Parfenon va Propileyning 

yetuk klassik shakllari shu davrda yaratildi.

Uchinchi avlod Peloponnes urushlari davriga mansub edi. 

Afinaliklarning bu vaqtda boshqa madaniy dunyolar bilan ta-

nishuvi natijasida ularning siyosiy va diniy qarashlari ma’lum 

darajada o‘zgardi.




Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish