Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Misrshunoslik fanining rivojlanishi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

2. Misrshunoslik fanining rivojlanishi. XIX asr boshigacha 

qadimgi Misr madaniyati va tarixi bilan hech kim shug‘ullan-

magan. Qadimgi Misr yozuvi unitilgan edi. Faqat XIX asr bosh-

larida fransuz olimlari 1809–1828-yillarda 48 tomli «Misr tasvi-




21

ri» nomli kitobni nashr etdilar. Misr iyerogliflarini fransuz olimi 

Silvestr de Sasi va shved olimi Okerblad, ingliz olimi Tomas Yung 

o‘qishga harakat qildilar. Ammo qadimgi Misr yozuvi tizimini va 

iyerogliflarini o‘qish metodini misrshunoslik fanining asoschi-

si fransuz olimi Jak Fransua Shampolyon (1790–1832-yillar) 

kashf etdi. J. Shampolyon Grenobl shahridagi litseyda ta’lim 

oldi. Parijda taniqli lingvist Silvestr de Sasi rahbarligida sharq 

tillarini o‘rgandi. Napoleon yurishlari vaqtida Misrda bo‘lgan 

mashhur fransuz fizigi va matematigi Fur’ening hikoyalari ta’si-

ri ostida qadimgi Misr tiliga qiziqib qoldi. 1799-yilda fransuz 

askari Rashid (Rozett) nomli Misr qishlog‘ida qadimgi Misr va 

yunon yozuvida bitilgan matnli toshni topdi. Toshda Misrda 

hukmronlik qilgan Ptolemey V ning mil.avv. 196-yildagi farmo-

ni bitilgan edi. Shampolyon qariyb yigirma yil davomida qad-

imgi Misr yozuvini o‘rganib, Ptolemey V ning farmonini o‘qish-

ning kalitini topdi. U 1822 -yil 27-sentabrda Fransiya akademi-

yasida iyeroglif alfavitini ochganligi to‘g‘risida ilmiy xabar qildi. 

Shampolyonning Misr iyerogliflarini o‘qishi qadimgi Misr yozu-

vini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etdi. Olim og‘ir ilmiy 

mehnat va moddiy nochorlik tufayli 1832-yil 42 yoshida vafot 

etdi. Shampolyondan keyin ham Misr yozuvini o‘zganish davom 

etdi. Nemis olimlari Lepsius va Brugsh «Misr xronologiyasi», 

«Misr fir’avnlari to‘g‘risida» nomli asarlarini yaratdilar.

XIX asrning 80-yillaridan boshlab misrshunoslikda yangi 

bosqich boshlandi: 

1. Katta hajmdagi maydonlarda olib boriladigan arxeologik 

qazilmalarni o‘tkazishning ilmiy asoslangan qat’iy metodikasi 

ishlab chiqildi. Arxeologik qazishmalar natijasida topilgan to-

pilmalar tizimli o‘rganildi va doimiy saqlana boshlandi.

2. Topilgan yozma yodgorliklar filologik va tarixiy tahrir bilan 

chop etila boshlandi.

3. Qadimgi Misr tarixi va madaniyatning turli muammolari 

ishlanib, yirik asarlar to‘plami chop etila boshlandi. Misr to-

pilmalari muzeyini tashkil qilgan va yirik arxeologik qazish-

malar olib borgan olim O. Mariyettning misrshunoslik fani 

taraqqiyotidagi xizmati katta bo‘ldi. Ingliz tarixchisi Flinders 

Pitri uning davomchisi bo‘ldi. U III tomli «Qadimgi davrda Misr 

tarixi», Brested II tomli «Misr tarixi», Maspero «Misr tarixi» va 

Ed. Meyer «Qadimshunoslik tarixi» asarlarini yaratdilar. XIX 

asrning o‘rtalarida fransuz olimi O. Mariyett qadimgi Memfis-

dan muqaddas ho‘kizlar sag‘analarini topdi. G. Maspero XIX 




22

asr oxirida Sakkaradagi piramidalarni tadqiq qilib, V–VI sulola 

piramidalarining xonalari ichki devoridagi matnlarni chop qil-

di. Fiva shahrida u Yangi podsholik fir’avnlarining mo‘miyolari 

yashirilgan ulkan maxfiy joyni topdi.

Misrshunoslikning yangi davri XX asrning 20-yillariga to‘g‘ri 

keladi. Angliyada «Kembrij qadimgi tarixi» seriyasi chop etilib (I–XI 

tomlari 1928–1938-yillarda chop etildi), nemis olimlari A. Erman 

va X. Tropye (1926–1931) V tomli Misr lug‘atini tuzdilar.

A. Gardner III tomli «Vilbur papirusi», «Ramseslar davri ma’lu-

moti hujjatlari» va «Misr onomastikasi» asarlarini chop qiladi. 

Misrda asosiy arxeologik qazishmalarni Yevropa va AQSH olim-

lari olib bordilar. Faqat XX asrning 20-yillaridan boshlab o‘zi 

misrlik bo‘lgan olimlar arxeologik qazishmalarni boshladilar.

XX asrning so‘nggi yillarida Kosmik arxeologiya Qadimgi 

Misrning hali o‘rganilmagan qum ostida qolib ketgan shahar 

yodgorliklari izlarini topdi. Qadimgi Misrning barcha shahar va 

qishloqlari Nil daryosi qirg‘og‘ida joylashgan. Rus olimlari V. 

Turayev, I. Nikolskiy, V. I. Avdiyev va boshqalar misrshunoslik 

fanini rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydilar. 




Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish