Chorva mollari. Qo‘y, echki, sigir, eshak, cho‘chqa boqilgan.
Qazilma boyliklar. Granit, bazalt, diorit, alebastr, shifer,
ohak. Memfis yonida yirik tosh konlari, O‘rta Misrdagi Fiva
yaqinida alebastr konlari va Sinay yarimorolida boy mis konlari
bo‘lgan. Misr ning o‘zida metall bo‘lmagan. Ular qo‘shni davlat-
lardan olib kelingan. Kumush va temir asosan Kichik Osiyodan,
oltin Shimoliy Nubiya va Arabiston yarimorolidan olib kelingan.
Aholi. Nil vodiysida qadimgi aholi Saxara, Liviya sahrosi va
Efiopiyadan mil. avv.VI ming yillik oxirida kelib joylashgan.
Bu etnik guruhlarning qo‘shilishidan qadimgi Misr xalqi kelib
chiqqan. Qa dimgi misrliklar o‘rta bo‘yli, to‘ladan kelgan, soqo-
li qirilgan, sochlari qisqa qirqilgan. Kiyimlar qisqa, old yubka,
lungidan iborat bo‘lgan. Bolalar 11 yoshgacha qip-yalang‘och
yurganlar.
Ovqat. Arpa noni, emmer bo‘tqasi, quruq baliq, piyoz, sa-
rimsoq va bodring. Qadimda misrliklar dunyo tarixida birinchi
bo‘lib pivo ni kashf qilganlar va arpadan tayyorlangan pivo aso-
siy ichimlik bo‘lgan. Go‘sht kam iste’mol qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |