Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

2. Iqtisodiyotning gullab-yashnashi. Yangi podsholik davri-

da qul mehnatidan foydalanish kuchayadi. Eng avvalo, podsho 

va ibodatxona xo‘jaliklarida, keyin esa xususiy xo‘jaliklarda qul 

mehnatidan keng foydalanila boshlangan. Ramzes II o‘zining 30 

yillik hukmronlik davrida ibodatxonalarga Suriya va Falastin-

dan 100 ming asirlarni, 1 mln sechat (50 ming ga) ekin yer-

ni hadya qiladi. Lekin asosiy moddiy ne’mat yaratuvchisi turli 

soliq va majburiyatlar bilan chulg‘angan oddiy Misr jamoachi 

dehqonlari, hunarmandlari bo‘lib qolaverdi.

 Asirlardan tashqa-

ri, Misrga juda katta moddiy boyliklar oqib kelgan. Misr bosib 

olingan hududlarda har yili belgilangan miqdorda xiroj to‘lovini 

joriy qilgan. Jumladan, Efiopiya oltin qumi, fil suyagi, Falastin 

va Suriya kumush, qo‘rg‘oshin, qalay, bo‘yoq, gazlama, lazurit, 

qimmatbaho toshlar, kemasozlik yog‘ochi, noyob kedr yog‘ochi-

ni yetkazib berish majburiyatini olganlar. Misr ga qo‘shimcha 

ishchi kuchining kelishi (qullar), turli xil xomashyo 

larning 

mo‘l-ko‘lligi iqtisodiyotga ijobiy ta’sir qilgan. 

Mahsulot ishlab chiqarish va uning texnologiyasi takomil-

lashgan. XIX sulola davridan boshlab jezdan foydalanish keng 

tarqalgan. Uning xomashyosi Suriyadan o‘zlashtirib olingan. 

Metall ishlab chiqarish texnologiyasi ham takomillashtirilgan. 

Misning juda qimmatligi sababli, tosh qurollardan foydalanish 

davom etdi. Bu davrdan ba’zi temir buyumlar saqlanib qolgan. 

Temir Misrda yanada ilgariroq ma’lum bo‘lgan. Lekin XVIII su-

lola nihoyasida ham temir nodir metall hisoblangan. Faqat mil.

avv. VII–VI asrlardan boshlab Misrda mehnat qurollari temir-

dan yasala boshlandi. O‘rta podsholik davrida gorizontal ip 

yigiradigan to‘quv dastgohi mavjud edi. Yangi podsholik davri-

da esa vertikal ip yigiradigan to‘quv dastgohi kashf qilingan. 

Bu vaqtda xira shisha tayyorlash alohida hunarmandchilik 

sohasiga aylanadi. Mo‘miyolash san’ati misli ko‘rilmagan da-

rajaga yetdi. Bizgacha yuzlab mo‘miyolangan odam jasadlari, 

qushlar va boshqa jonivorlarning bir necha million mo‘miyolari 

yetib kelgan. 

Sug‘orma dehqonchilik rivojlanib, Omoch takomillashadi. 

Suvni yuqoriga chiqarib beradigan mexanizm «shoduf» ixtiro 

qilingan. Yangi o‘simliklar o‘zlashtirilgan (chechevitsa, smola 

daraxtlari). Chorvaning yangi turlari (xachir, tuya) paydo bo‘ldi. 

Yilqichilik mustaqil sohaga aylandi. Bog‘dorchilikda Osiyodan 

mevali daraxtlarning yangi navlari: zaytun, shaftoli, bodom, 

olma va qaroli daraxtlarini o‘zlashtirish boshlandi. 




46

Sun’iy sug‘orish inshootlarini qurish, ta’mirlash va tartibga 

so lish,  yangi  yerlarga  suv  chiqarish  fir’avnlarning  asosiy  e’ti-

borida turgan. Fayum vohasida yangi yerlar ko‘plab ochilib, 

voha Misrning g‘alla omboriga aylangan. Eski kanal, to‘g‘on va 

ariq-anhorlar tozalangan. Nil daryosining toshib ketishi ustidan 

muntazam nazorat o‘rnatilgan. Misrliklar asalarini mil.avv. II 

ming yillikdayoq bilar edi. Nil vodiysida uzumchilik, asalchilik 

va bog‘dorchilik gullab-yashnagan. Yangi podsholik davrida 

Misr iqtisodiyotida dehqonchilik va chorvachilik yetakchi soha 

sifatida mahsulotni ko‘plab yetkazib bergan.

Qo‘ychilikda ko‘p jun beradigan, shoxlari qayrilgan qo‘chqor-

lar, mayin junli qo‘ylar zoti paydo bo‘ldi. Cho‘chqa podalarining 

soni ko‘paydi. Yangi podsholik davrida tovuqlar paydo bo‘ldi. 

Suriya va Falastindan yirik qoramol, echki-qo‘ylar, Efiopiyadan 

ho‘kizlar olib kelingan. Bunday mo‘l-ko‘l chorvaning bo‘lishi 

Misrda cho‘l hayvonlarini qo‘lga o‘rgatishdek an’anani xo‘ja-

likda yo‘q bo‘lishiga olib keldi. Shu vaqtdan boshlab antilopa, 

ohu, arxarlar poda hisobida tilga olinmaydi, tasvirlarda uchra-

maydi. Ular faqat qurbonlik keltirilgan va it, mushuk, maymun 

kabi uy hayvoni sifatida saqlangan. 

G‘ildirakli aravalar tarqala boshladi. Ikki g‘ildirakli ot qo‘shil-

gan arava harbiy maqsadlarda yoki zodagonlarning marosim-

larda chi 

qishlarida foydalanilgan. Yuklar avvalgidek ho‘kiz 

qo‘shilgan chanalarda tashilgan. Tutmos III Finikiyada yasal-

gan qayiqlarni Suriya va Frot orqali ho‘kiz qo‘shilgan g‘ildirakli 

aravalarda olib kelgan.

Me’morchilik, qurilish sohasi yuqori darajada rivojlangan. Bir 

necha yangi shaharlar, jumladan, Per-Ramzes nomli yangi sha-

har qurilgan. Bu shahar Mesopotamiyaga yurish uchun tayanch 

qal’a, harbiy lager vazifasini o‘tagan. Bu davrda noyob san’at 

namunalari hisoblangan me’morchilik inshootlari barpo qilin-

di: Luksor va Fivada Amon ibodatxonalari, fir’avn sag‘ana-ibo-

datxonasi bunyod qilingan. Fir’avn Ramzes Abidosda Osiris 

ibodatxonasini qurgan. Nubiyada qoyatoshda Abu-Simbel ibo-

datxonasi (balandligi 33 m., kengligi 38 m., uzunligi 65 m.) bar-

po qilinadi. Bundan tashqari, bu yerda Ram zes II ning balandli-

gi 24 m bo‘lgan haykali va uning oyog‘i ostida bolalarining 200 

haykallari barpo qilingan.

Bu davrda Misr madaniyatining taraqqiyoti uchun qu-

lay ichki va tashqi imkoniyatlar yaratilgan. Mamlakat ishlab 

chiqaruv chi kuchlarining rivojlanishi ichki va tashqi savdo-



47

ning rivojlanishiga sabab bo‘lgan. Yangi savdo aloqalari to-

bora kengaygan. Suriyaning ayrim viloyatlari bilan Misrning 

savdo aloqalari mustahkamlangan. Misrliklar bu hududdan 

qishloq xo‘jalik mahsulotlari: don, sha rob, asal hamda chorva 

mollari olib kelganlar. Livandan binokorlik yog‘ochlari kelti-

rilgan. Misrga Suriya orqali uzoq mamlakatlardan, Xett dav-

latidan, Egey dengizlaridagi orollardan va Mesopotamiyadan 

juda ko‘plab mahsulot olib kelingan. Suriya bilan savdo-sotiq 

ishlari quruqlikdagi yo‘llar orqali ham olib borilgan. Bu davr-

da misr liklarning dengiz floti bo‘lgan va shuning uchun ular 

mahsulotlarni Suriyadan yelkanli kemalarda olib kelganlar. 

Suriyadan keyin Misr savdosining eng muhim tayanch nuqta-

laridan biri Bobil shahri bo‘lgan.

Bu davrda misrliklar bir qator yangi mamlakatlarga: Kipr, 

Kichik Osiyo, Mesopatamiyaga savdo ekspeditsiyalari va isti-

lochilik niyati da qo‘shin yuborganlar. Bu vaqtga kelib, Sinaydagi 

mis konlari xomashyosi tugay deb qolganligi sababli, misr liklar 

o‘zlariga zarur bo‘lgan misning yangi manbalarini qidirishga 

majbur bo‘lganlar. Yangi podsholik davrida misrliklar o‘zlari-

ga zarur bo‘lgan misni Kipr orolidan olib kelganlar. Kipr oroli 

qa dim zamonlardan o‘zining juda katta mis konlari bilan ham 

nom chiqargan. O‘sha vaqtdan saqlanib qolgan ba’zi hujjatlarda, 

Kipr orolidan Misrga juda ko‘p mis yuborilgani haqida ma’lumot 

beriladi. Misol uchun, Kipr podshosi Misr fir’avniga bunday deb 

yozgan: «Men senga 500 talant (150000 kg) mis yubordim. Men 

buni birodarimga sovg‘a qilib yubordim. Birodar, misning kam-

ligini ko‘nglingga olma. Mening mamlakatimda egam Nergal-

ning qo‘li (vabo) mamlakatimdagi odamlarning hammasini qirib 

yubordi. Endi misni tayyorlaydigan hech kim yo‘q».

Bu davrda Kichik Osiyodan, xususan, uning xettlar joylash-

gan sharqiy viloyatlaridan Misrga temir keltirilgan. Temir o‘sha 

vaqtlarda Misrda noyob metall hisoblangan.

Misr savdosi shimoli-sharqdagi Mesopotamiya viloyatlariga 

kirib borgan. Ikki daryo oralig‘ining shimoli-g‘arbida joylashgan 

Mitanni davlatidan jez, lojuvard, gazmol, kiyim-kechak, moy, 

jang aravalari, otlar va qullar olib kelingan. Misrliklar Bobildan 

ham xuddi shunday tovarlar, ya’ni kumush, yog‘ochdan tor-

tib  oltin  va  fil  suyagi  bilan  bezatilgan  qimmatbaho  buyumlar 

keltirganlar. Misr bilan Osu riya o‘rtasida ham savdo aloqalari 

o‘rnatilgan. Yozma manbalardagi ma’lumotlarga qaraganda, 

misrliklar Osuriyadan jang aravalari, otlar va lojuvard keltir-




48

ganlar. Misrliklar Old Osiyodan olgan mahsulotlari evaziga bu 

mamlakatlarga quyma oltin yoki tilla buyumlar, fil suyagi yoki 

lojuvard bilan bezatilgan buyumlar, gazmol, kiyim-kechak, 

asosan, qimmatbaho metallar yuborganlar.


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish