Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

UO‘K: 94(100) (075)

KBK: 63.3 (0)

Mas’ul muharrir:

G‘. TEMIROV,

tarix fanlari doktori

Taqrizchilar:

X. RAUPOV,

tarix fanlari nomzodi, dotsent 

Z.U. HAYITOV,

tarix fanlari nomzodi, dotsent

R. N. TOLIBOV,

tarix fanlari nomzodi, dotsent

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015-yil 

 

 

2-fev raldagi 32-sonli buyrug‘iga asosan ushbu darslikni nashr etishga ruxsat beri lgan

ISBN 978-9943-27-624-6

© Ravshan Rajabov, «Jahon tarixi». «Yangi asr avlodi», 2015.



3

BIRINCHI QISM

  

 

I BOB

QADIMGI SHARQ

KIRISH

1. Qadimgi Sharq aholisi. 2. Qadimgi Sharq jamiyati va 

davlatchiligi. 3. Qadimgi Sharqda yer egaligi. 4. Qulchilik.  

5. Qadimgi Sharq jamoasi.

«Qadimgi Sharq» geografik tushunchasi shimoliy-g‘arbiy Af-

rikadan Tinch okeanigacha va buyuk cho‘llardan Hind okeani 

va Sahroyi Kabirgacha bo‘lgan ulkan hududni qamrab oladi. 

Qadimgi Sharq deb shartli ataladigan bepoyon geografik hudud 

g‘arbdan sharqqa qadimgi Karfagen joylashgan hozirgi Tunis-

dan Xitoy, Yaponiya va Indoneziyagacha, janubdan shimolga 

hozirgi  Efiopiyadan  Kavkaz  tog‘lari  va  Orol  dengizining  janu-

biy qirg‘oqlarigacha cho‘zilib ketgan. Bu yerda qadimda mavjud 

bo‘lgan ko‘p sonli sharq davlatlari tarixda muhim rol o‘ynaydi: 

Qadimgi Misr podsholigi, Bobil, Xettlar, Osuriya, Finikiya, Su-

riya, Falastindagi, Frigiya, Lidiya, Eron tog‘ tizmasidagi davlat-

lar, jumladan, Yaqin Sharq hududlarini o‘z tarkibiga kiritgan 

qudratli fors Ahmoniylar davlati, Hindiston, Xitoy, Koreya va 

Janubiy-Sharqiy Osiyo hududlaridir.

Insoniyat tarixi ibtidoiy jamoadan sivilizatsiyaga o‘tishi sha-

harlarning paydo bo‘lishi, ularning hokimiyat va diniy markaz si-

fatida shakllanishi, ibodatxona va saroylar qurilishi, yozuvning   

va  shuningdek,  jamiyatda turli sinflar va davlatchilikning vujud-

ga kelishi bilan boshlanadi. Qadimgi sivilizatsiyalar davri qadimgi  

dunyo tarixi fani tomonidan o‘rganiladi. Tabiiyki, sivilizatsiyalar 

tarixi qadimgi sharqda miloddan avvalgi IV ming yilliklardan 

urug‘-jamoa munosabatlaridan davlat va jamiyatga o‘tish nati-

jasida turli ijtimoiy qatlamlarning paydo bo‘lishi bilan boshla-

nadi. Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi geografik hududlarda turli 

davrlarda tugallandi. Yevropa tarix fani an’anasiga ko‘ra Old 

Osiyoda Qadimgi Sharq tarixi Makedoniyalik  Aleksandrning 

yurishlari (mil.avv. IV asr) bilan tugallandi. Janubiy-Sharqiy 




4

Osiyo mamlakatlari uchun milodiy I ming yillikning II yarmiga-

cha davom etdi. 

Qadimgi sharq hududi subtropik iqlimli, juda issiq va 

quruq yozi, yumshoq qishi bilan ko‘zga tashlanadi. Qadim-

gi Sharq xalqlari ning sivilizatsiyalari asosan buyuk daryolar: 

Nil, Dajla va Frot, Hind, Gang, Xuanxe, Yanszi, Amudaryo kabi 

havzalarning unumdor vodiy larida sun’iy sug‘orishga asoslan-

gan xo‘jalik hayotining samarali rivojlanishi bilan ajralib tura-

di. Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi jahon xalqlari taraqqiyotining 

keyingi rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Qadimgi Sharqda 

ilk sivilizatsiyalar katta daryo havzalarida dehqonchilik rivoj-

lanishi natijasida paydo bo‘ldi. Qadimgi sivilizatsiyaning ijod-

korlari bo‘lgan turli tilda so‘zlashgan va bir-biriga o‘xshamagan 

xalqlar ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi. Ularning har birini o‘z 

turmush tarzi, o‘z axloqi, urf-odat, an’analari, dunyo, jamiyat 

va tabiat to‘g‘risidagi o‘z qarashlari mavjud edi. Katta daryolar 

vodiylarida vujudga kelgan (Misr, Ikki daryo oralig‘i, Eron, O‘rta 

Osiyo, Hindiston, Xitoy hududlari) davlatlar insoniyat sivilizat-

siyasining asosiy o‘choqlari bo‘ldi. Bu hududlarda shahar-dav-

latlar shakllanib, rivojlangan o‘choqlari ko‘paydi. Tog‘li mam-

lakatlar (Kichik Osiyo, Suriya, Falastin) uchun geografik, iqlim 

sharoitlari jamiyat va davlat taraqqiyotiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. 

Qadimgi sharqning buyuk sivilizatsiyalari bir necha ming yillar 

davomida shakllanib, insoniyatning keyingi taraqqiyoti uchun 

muhim ahamiyatga ega bo‘lgan o‘ziga xos ulug‘vor madaniyatni 

yaratdi. Qadimgi sivilizatsiyalar insoniyatning kelajak madaniy- 

ma’naviy-siyosiy taraqqiyotining asoslarini yaratdi. Umumin-

soniy qadriyatlarning huquqiy, madaniy-ma’naviy g‘oyalarining 

asoslari ana shu sivilizatsiyalar bag‘rida yotadi. 

Buyuk cho‘llar deb atalgan Shimoliy Xitoydan Shimoliy Qora 

dengiz bo‘yigacha cho‘zilib ketgan bepoyon cho‘l-dasht hudud-

da mil.avv. II–I ming yilliklarda buyuk sak-skif sivilizatsiyasi 

shakllandi. Sak-skif sivilizatsiyasi ko‘chmanchi o‘troq va yarim 

o‘troq xo‘jalikka asoslangan jamiyat bo‘lib, ular noyob madani-

yat yaratdilar. Bu madaniyat insoniyat sivilizatsiyasining ajral-

mas tarkibiy qismi bo‘ldi. Sak-skif sivilizatsiyasi qadimda mav-

jud bo‘lgan boshqa davlat va jamiyatlar bilan yonma-yon yasha-

di va ularning taraqqiyotiga hayotbaxsh ta’sir qildi.

Qadimgi Sharq xalqlarining tarixini miloddan avvalgi IV ming 

yillikning ikkinchi yarmida Nil va Frot vodiylarida ilk davlatlar 

va jamiyatlar paydo bo‘lishidan boshlab o‘rganish qabul qilin-




5

gan. Qadimgi sharq sivilizatsiyasining taraqqiyoti milodiy III asr-

gacha davom etdi. Ilk davrdan boshlab turli hududlarda iqlim,-

geografik hududiy joylashuv tufayli Insoniyat tarixiy taraqqiyo-

ti notekis bordi. Su sababli turli hududlarga ishlab-chiqarish

yer egaligining yangi feodal bosqichga o‘tishi turli davrlarda 

yuz berdi. Lekin jamoa munosabatlari ma’lum darajada sharq 

mamlakatlarida saqlanib qoldi.  Aleksandr yurishlari bilan 

Ellin davlatlari vujudga keldi. O‘rta Osiyo, Hindiston va Uzoq 

Sharq mamlakatlari tarixida antik davr milodiy III-V asrlarga-

cha, qaysiki, bu hududlarda antik ishlab chiqarish munosa-

batlari yemirilgan vaqtgacha o‘rnatiladi.




Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish