5. Ilk Misr jamiyati va davlati. Ilk podsholik davri (mil.avv.
XXXI–XXIX asrlar).
Ilk dehqon jamoalari mil.avv. VI–V ming yil-
likda Quyi Misrdagi Fayum vodiysida mavjud bo‘lgan. Fayum
manzilgohida g‘alla ekinlari ekilgan, yirik va mayda qoramol
boqilgan va baliq tutilgan. Bu madaniyatga mansub bo‘lgan
manzilgohdan suyak-garpun, toshdan yasalgan o‘roqlar va
loy idishlar topilgan. Bu davrda Yuqori Misrda chorvador deh-
qonlar yodgorligi topilgan joyiga qarab, Tasiy madaniyati deb
ataladi. Bu yerdan ko‘plab qabrlar topilgan. Bug‘doy ekilgan,
25
mayda chorva mollari boqilgan. Sirti qora va kulrang loy idish-
lar yasalgan. Tasiylar urug‘-jamoa bo‘lib yashaganlar. Ulardan
ko‘ra yuqori rivojlangan Badari madaniyati (mil.avv. IV ming
yillik)ga tegishli aholi urug‘-jamoa bo‘lib yashab, chorvachilik
va dehqonchilik bilan shug‘ullanganlar. Yerga motiga bilan
ishlov berilib, kichik kanallar qazilgan. Ov va baliqchilik ham
mavjud bo‘lgan. Badariylar kulolchilikni takomillashtirgan-
lar. Mil.avv. IV ming yillik ning I yarmida Amrat manzilgohlari
yanada yuqoriroq rivojlangan. Bu davrda ilk mustahkamlan-
gan qo‘rg‘onlar paydo bo‘lgan. Aholi soni o‘sgan. Mis buyumlari
ko‘paygan. Garpun-qarmoqlar yasalgan, ilk tilla bezaklar pay-
do bo‘lgan. Kulollar naqshli idishlar tayyorlay boshlaganlar (ilk
sulolagacha bo‘lgan davr).
Mil.avv. IV ming yillikning II yarmida Gerzey davri (hozirgi
Gerzi qishlog‘i nomidan) sulolaviy davrgacha bo‘lgan 2-bosqich-
da sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilikdan hunarmand-
chilik ajralib chiqqan. Ilk ijtimoiy tabaqalanish yuz beradi. Qa-
zib ochilgan qabrlardan ko‘plab buyumlar topilgan. Bu vaqtda
ilk ibtidoiy qulchilik paydo bo‘lgan. Qullar «tirik murdalar» deb
atalgan. Misrning ilk davlatlari xo‘jalik faoliyatini birgalikda olib
borishga intilgan dehqon jamoalarining birlashmalaridan paydo
bo‘ldi. Sug‘orish inshootlarini rivojlantirish va yiriklashtirishga
bo‘lgan ehtiyoj davlat hokimiyatini shakllanishini rag‘barlantir-
di. Davlat hokimiyati sug‘orish tizimini yaratish va ta’mirlashda
yetakchilik qila boshladi.
Misrning ilk davlatlari hududi uncha katta bo‘lmagan. Keyin-
chalik Yuqori Misr 22 ta, Quyi Misr 20 ta katta bo‘lmagan sepat
(viloyat) – nomlar (Misr viloyatlarini antik yozuvchilar «nom»
deb, ularni hokimlarini «nomarx» deb ataganlar)ga bo‘lingan.
Nomlarda iqtisodiy ehtiyojlardan kelib chiqib, birlashuv jara-
yoni kuchli bo‘lgan. Nomlar o‘rtasidagi uzoq urushlar natijasida
mil.avv. IV ming yillik oxirida Yuqori va Quyi Misrda ikkita yirik
davlat vujudga keladi. Yuqori Misr hukmdori oq rangli toj, Quyi
Misr hukmdori qizil rangli toj kiygan. Birinchisining poytaxti
Exnab (Nexen), ikkinchisining poytaxti Buto shahri bo‘lgan.
Misrning ilk podsholaridan biri sanalgan Narmer yodgorlikla-
rida yuqori Misr podsholarining g‘alabalari, ularning ishtiroki
bilan o‘tgan muhim marosimlar abadiylashtirilgan. Yodgor-
liklarda harbiy tasvirlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Podsholar-
ning hokimiyati mil.avv. IV asr o‘rtalaridan boshlab merosiy tus
ola boshlaydi. Chunki Nil vodiysining uncha katta bo‘lmagan
26
nomlari o‘rtasidagi muntazam olib borilayotgan urushlarda
harbiy yo‘lboshchi nomarxlarning mavqei kuchayib boradi. Mil.
avv. IV ming yillikning oxiriga kelib, podsholarni hokimiyatiga
ilohiy tus berilib, ular xudo Xor (bu xudo lochin ko‘rinishida
tasvirlangan) bilan qiyoslangan.
Har ikki podsholik o‘rtasida Misrni birlashtirish uchun uzoq
kurash boshlanadi. Quyi Misrda podsho Narmer va undan ol-
din o‘tgan o‘tmishdoshlari g‘olibona urushlar olib borganlar.
Mil.avv. XXXI asrning taxminan II yarmida mamlakatni haqiqiy
birlashtiruvchisi va I umummisr sulolasi asoschisi deb misr-
liklar Narmerning o‘g‘li Mina (yunoncha Menes)ni hisoblaydilar.
Mamlakatni birlashtirish uchun Narmer va undan oldin o‘tgan
podsholar Quyi Misrda uzoq urush olib boradilar. Birlashuv qa-
chon yuz berganining aniq sanasi mavjud emas. Lekin taxmi-
nan mil.avv. 3000 yilliklar atrofida Nil vodiysida yagona davlat
mavjud edi. Misrni amalda to‘la birlashtirgan va I umummisr
sulolasiga asos solgan podsho Narmerning o‘g‘li Mina (mil. avv.
XXXI asrning II yarmi atrofida) bo‘ldi. Abidos yaqinidagi Tin no-
midan chiqqan podsho Mina birlashtirish siyosatini olib bor-
di. U Yuqori va Quyi Misr tutashgan strategik muhim nuqta-
da yangi poytaxt, mustahkamlangan shahar Memfis (Minnefer
misrcha)ni qurdi. U Memfisni suv toshqinidan himoya qiladi-
gan to‘g‘on qurdi. Bu shahardan turib mamlakat janubi va shi-
molini boshqarish qulay edi.
Misrning Tinis viloyatidan kelib chiqqan I–II sulolalar davri Ilk
podsholik davri hisoblanadi. Ilk podsholik davrida yagona dav-
lat va ko‘p sonli davlat apparati hamda bu apparatni boqadigan
davlat yer egaligi shakllanadi. Davlat yerlarida tashkil etilgan
yirik xo‘jaliklarda davlatga qaram bo‘lgan ishchilar mehnat qi-
lar edilar. Davlatga turli soliq va majburiyatlar o‘tashga majbur
bo‘lgan qishloq jamoasi ham mavjud edi. Sug‘orish inshootlari
va ishlari butun mamlakat miqyosida olib boriladi. Mis qurol-
lari yaxshi ma’lum bo‘lsa-da, toshdan qilingan mehnat qurol-
lari keng tarqalgan edi.
I–II sulola podsholari butun mamlakatni har ikki yilda bir
marta aylanib chiqishlari an’anaga aylangan. Mafkurada Misr-
ning birligi his qilina boshlanadi. Endilikda podsho unvoniga
mamlakatning janubi va shimolida e’tiqod qilinadigan ma’bud-
lar Nexbet va Uajit – «Ikkala hukmron» – «Yuqori va Quyi Misr
podshosi» so‘zlari qo‘shiladi. Butun mamlakat miqyosida Yuqori
Misrning bosh xudosi Xorga e’tiqod qilish keng tarqaladi.
27
Misrliklar I sulola davrida qo‘shni hududlarga xo‘jalik uchun
zarur bo‘lgan xomashyo uchun harbiy yurishlar qila boshladi-
lar. Ular janubda Nubiyaga, g‘arbda Liviya, sharqda Sinay yarim
oroliga bosqinchilik yurishlari qildilar. Misrning tosh ko‘zalari
bu vaqtda Sharqiy O‘rtayer dengizining barcha hududlaridan
topilgan. Finikiya va Suriyadan yog‘och (mashhur Livan kedri),
Sinay yarim orolidan mis, malaxit va feruza toshlari olib ke-
linadi. Liviya va Arabiston sahrolari yo‘llari o‘zlashtiriladi.
Menes davridan Shimoliy Nubiya ustidan yo‘lga qo‘yilgan Misr-
ning nazorati saqlanib qoladi.
Mil.avv. XXIX asr o‘rtalarida Misrda siyosiy halokat yuz ber-
di. Podsho Sexemib xudo Xorga sig‘inishni bekor qilib, uning
afsonaviy dushmani xudo Seton bilan o‘zini qiyoslaydi. U poy-
taxtni Memfisdan Abidosga ko‘chirdi. Quyi Misr ajralib chiqdi.
Misrning birligini II sulolaning so‘nggi vakili Xasexemum qayta
tikladi. U Quyi Misrni tor-mor qildi (uning haykalidagi yozuv
47209 kishi o‘ldirilgani yoki haydab ketilgani haqida ma’lumot
beradi).
Misr xo‘jaligining asosi sug‘orma dehqonchilik edi. Podsho
hokimiyatining eng muhim vazifalaridan biri Nil vodiysida
sug‘orish tizimini tashkil qilish va uni ta’mirlab, ish qobiliya-
tini saqlab turish edi. Misrning diniy markazi Gerakleopoldagi
ibodatxonada ilk podsholikning fir’avnlarini biri sovg‘a qilgan
hukmronlik ramzi – asoda tarmoqlangan suv havzasi, uning
tepasida yer chopish marosimini bajarayotgan fir’avn qo‘lida
motiga, uning oldida qo‘llarida boshoqlar bilan savat ko‘targan
erkaklar, undan pastda – suvda mehnat qilayotgan boshqa er-
kaklar, ularga tomon motiga bilan kelayotgan erkak tasvirlan-
gan. Ilk podsholik davridayoq Misr qishloq xo‘jaligi yuqori dara-
jada mahsuldor bo‘lgan. Quyi Misrdan topilgan ko‘p sonli vino
xumlari uzumchilikning yaxshi rivojlanganidan dalolat bera-
di. Nil vodiysida chorva uchun suvli o‘tloqlar ko‘p bo‘lib, chor-
vachilik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Chorvachilikning o‘ziga xos xu-
susiyati – podada xonaki hayvonlar bilan birga, to‘la yoki yarim
qo‘lga o‘rgatilgan cho‘l jonivorlari – antilopalar, shoxli yovvoyi
echkilar, ohular mavjudligi edi. Bu hayvonlarning tasvirlari
mil.avv. II ming yillikgacha devoriy tasvirlarda ko‘p uchraydi.
To‘qimachilik tez rivojlandi. Shu davrdan boshlab, papirusdan
yozuv uchun foydalanila boshlandi. Keyinchalik papirusdan
yunon-rim madaniyati rivojida ham unumli foydalandi.
28
Do'stlaringiz bilan baham: |