35
istilo qilib, butun mamlakatni birlashtirdi. Bu voqeadan so‘ng,
O‘rta podsholik davri boshlandi. Qayta birlashgan Misr davla-
tini boshqargan XI sulola fir’avnlari davrida keng qamrovli qu-
rilish ishlari, faol tashqi siyosat (Osiyoda urushlar, uzoq Puntga
ekspeditsiyalar) qayta boshlandi. Ammo mamlakat ichida o‘za-
ro urushlar hali saqlanib qoldi. Haqiqiy mustahkam davlatni
yangi XII sulola barpo qildi. XII sulola asoschisi Amenemxet I
(mil.avv. 1976–1947-yillar) fir’avn bo‘lganiga qadar XI sulola-
ning oliy amaldori edi.
Markaziy hokimiyat kuchayib, umummisr sun’iy sug‘orish
tizimi qayta tiklandi. Fayum («ko‘l yeri») vodiysidagi bepo yon
botqoqliklar o‘zlashtirildi. Fayum suv ombori barpo etilishi
natijasida ko‘plab yangi yerlar ochildi. Fayum vodiysida yangi
shahar – Illaxun barpo qilindi. Illaxun shahrida ming xonali ul-
kan (labirint – yunoncha) tosh inshoot barpo etildi. Bu inshoot
diniy maqsadlarga xizmat qilib, turli nom xudolariga bag‘ish-
langan ibodatxona vazifasini o‘tagan.
Katta suv ombori qurilib, kanal bilan Nil daryosiga qo‘shil-
di. Fayum vohasida tarmoqlangan sug‘orish tizimi barpo qilin-
di. Janubiy ostona, Fayum va uning atroflari obod qilinishi XII
sulola fir’avnlarining poytaxtni Fivadan yangi qurilgan shahar
Ittaun («Ikkala yerni birlashtiruvchi») shahriga ko‘chirishlariga
sabab bo‘ldi. Mehnat qurollari takomillashdi. Sinayda mis xo-
mashyosini qazib olish ko‘paydi. Shimoliy Nubiyada oltin va mis
xomashyosini qazish yo‘lga qo‘yildi. Qishloq xo‘jaligi yuksalib,
yangi qulay omoch paydo bo‘ldi. Ilk (jez) qurollar o‘zlashtiril-
di. Mesopotamiya, Kichik Osiyo va Sharqiy O‘rtayer dengizi
qirg‘oqlari jez qurollarni bundan ancha oldinroq qo‘llay bosh-
lagan edilar. Misrning bu sohada qoloqligining sababi, Nil va
uning atrofida jez xomashyosining yo‘qligi edi. Boshqa yutuqlar-
dan biri shishaning kashf etilishi edi. Iqtisodiyotning jonlanishi
metallarga, kumush, qurilish yog‘ochiga ehtiyojni kuchaytirdi.
Bu chet mamlakatlar bilan savdo aloqalari faollashuviga olib
keldi. Misr savdo karvonlari Nil, Suvaysh bo‘yni orqali Kichik
Osiyo va Bobilga chiqdilar. Janubiy Nubiya va Puntdan oltin
olib kelindi.
O‘rta podsholik davrida yirik xo‘jaliklar o‘rniga o‘rta xo‘ja-
liklar yetakchi o‘rin egalladi. Ular foyda keltiradigan barqaror
xo‘jalik edi. Bozor bilan bog‘lanish va qul mehnatidan foydal-
anish kuchaydi. Kichik xo‘jaliklarning soni oshdi. Moddiy boy-
likning asosiy yaratuv chilaridan biri – ishlab chiqarish vosita-
36
lari va mehnat qurollaridan mahrum bo‘lgan «xemum-nesut»
– «podsho odamlari» deb atalgan ishchilar hisoblangan. Ular
podsho, ibodatxona, zodagonlar yerida ishlab,buning evaziga
oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshpana olganlar. «Podsho odam-
lari» yoshlik paytidan aholi ro‘y xatidan o‘tkazilib, ma’lum hu-
narlarga taqsimlanar edilar. Misr hukmron qatlamlarida ham
o‘zgarish yuz berdi. Oliy tabaqaga oqsuyak zodagonlar, oliy
kohinlar va davlat apparatining katta amaldorlari kirar edilar.
Endilikda fir’avn xizmatida o‘zini ko‘rsatgan quyi tabaqadan
bo‘lgan amaldorlar oliy tabaqaga kira boshladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: