3. Davlat boshqaruvi. Tashqi siyosat. O‘rta podsholik
davrida ko‘p sonli byurokratik boshqaruv apparati qayta tiklan-
di. Uning boshida «xudo Radan kelib chiqqan», uning yerdagi
soyasi fir’avn turar edi. U mamlakatda tanho hokim edi. Ammo
o‘rta podsholik fir’avnlari nom (yunoncha – viloyat) boshqaruvi-
ni, mahalliy nomarxlarni (nom hokimi) markaziy hokimiyatning
to‘la nazoratiga ololmadilar. Fir’avn Senusert (1887–1850-yil-
lar), uning o‘g‘li Amenemxet III (1850–1806-yillar) bir qancha
merosiy nomarxlarni o‘z kishilari bilan almashtirishga urinib
ko‘rdilar. Ammo bu harakat nomarxlarning jiddiy qarshilikla-
riga uchradi. Amenemxet I ning aslzodalarning o‘zboshimcha-
liklariga qarshi qat’iy kurashi uni o‘z yotoqxonasida suiqasd
qilinishiga sabab bo‘ldi. Ko‘rinishidan Amenemxet II (mil.avv.
1911–1879-yillar) fitnachilar tomonidan o‘ldirilgan. Fir’avnlar-
ning sag‘analari endi ko‘rimsiz loydan barpo qilinib, kamtarona
tusda bo‘ldi. Nomarxlarning qoyalarga o‘yilgan sag‘analari pay-
do bo‘ldi. Fir’avnlar eski aslzodalarning mavqeini pasaytirish-
ga urinib, davlat mansablariga o‘rta qatlam vakillarini tayinlay
boshladilar. Xizmatdagi zodagonlar moddiy jihatdan podshoga
to‘la qaram edilar. Amenemxet III davrida amaldorlardan biri
bolalariga nasihatnomasida podshoni ko‘klarga ko‘taradi va
o‘g‘illarini unga sadoqat bilan xizmat qilishga undaydi. Chun-
ki «podsho – bu yemish» deb uqtiradi u. XII sulola fir’avnlari
hokimiyatning merosiyligini kafolatlash maqsadida o‘z o‘g‘il-
lari bilan birgalikda hukmronlik qilish an’anasini kiritadilar.
Fir’avn hokimiyati faqat Amenemxet III (mil.avv. 1860–1806-yil-
lar) davridagina to‘la mustahkamlanadi.
Mil.avv. 2000–1775-yillarda XII sulola fir’avnlari mamlakat-
ni barqaror holatga keltirdilar. Ular faol ichki va tashqi siyosat
yuritib, Misrni kuchli davlatga aylantirdilar. Fayum vohasini
o‘zlashtirish davom etdi. Nubiyadagi boy oltin konlari ishlati-
37
la boshlandi. Nubiyada yangi yo‘llar, qal’alar qurilib, bu yerga
Misrdan aholi ko‘chirilib keltirildi. Nilning har ikki qirg‘og‘ida,
ikkinchi ostona hududida Semna va Kumna nomli mustahkam
qal’alar qurildi. Nubiya amalda Misrning provinsiyasi bo‘lib
qoldi. Sharqiy O‘rtayer dengizi hududlaridan kumush, quri lish
yog‘ochi (asosan kedr yog‘ochi) olib kelindi. Finikiyaning bir
necha shaharlari Misrga qaram bo‘ldi.
Ammo mil.avv. XVIII asr o‘rtalarida O‘rta podsholikning
zaiflashuv alomatlari ko‘rina boshladi. Mamlakatda mil.avv.
1750-yillar atrofida kuchli g‘alayonlar boshlandi. Bu haq-
da «Ipuser so‘zlari», «Neferti so‘zlari» kabi yozma manbalar
aniq ma’lumot beradi. Mamlakatda XIII sulola vakillari bilan bir
vaqt da mustaqil hukmronlik qiladigan bir necha markazlar vu-
judga keldi. Misrning yagona davlat sifatida yemirilishining bi-
rinchi belgisi – deltaning g‘arbiy qismida, markazi Ksois shahri
bo‘lgan XIII sulola bilan bir vaqtda hukmronlik qilgan va unga
bo‘ysunmagan XIV sulolaning paydo bo‘lishi edi. Bu voqea mil.
avv. 1700-yillar atrofida yuz berib, bu O‘rta podsholik davri-
ning tugashini bildiradi. Bu voqeadan yangi II O‘tish davri (mil.
avv. XVI asr boshlari) boshlanadi. Bu vaqtda Misr chegaralari-
da ko‘chmanchi qabilalar mamlakat xavfsizligiga tahdid sola
boshladilar. Ayniqsa, janubiy Falastin va Sinay yarimorolida
tashkil topgan ko‘chmanchi giksos qabilalari ittifoqining del-
tani sharqiy qismiga bostirib kirishi halokatli bo‘ldi. Mil.avv.
III asrda yashagan kohin Manefon o‘zi ning «Misr tarixi» asari-
da giksoslarni «cho‘ponlar-podshosi» deb tilga oladi. Misrliklar
ularni «shasu» («ko‘chmanchilar», keyinchalik arab mualliflari
asarlarida amalikitlar) deb ataganlar.
Giksoslar Misrni bosib olib, Shimoliy Misrda deltaning shar-
qiy qismiga Avaris (Xat-Uart-misrcha) shahrini poytaxt qildilar.
Ular o‘zlari bilan Misrga otlarni va jang aravalarni olib keldilar.
Giksoslar Misr xudolaridan chet el mamlakatlari homiysi hi-
soblangan Setiga alohida e’tiqod qildilar. Bosqinchilar uyush-
magan edilar. Shu sababli, yagona davlat barpo qila olmadilar.
Giksoslarga bo‘ysunmagan Fiva hokimlari nisbatan mustaqil
bo‘lib qoldilar va chet elliklarni haydab yuborish uchun kuch
to‘play boshladilar. Misr tarixida giksoslar shartli XV–XVI su-
lolalar (1710–1580-yillar) sifatida belgilanadi. Ular mamlakatni
qariyb 150 yil boshqardilar.
Fiva hokimlari giksoslarni mamlakatdan haydab chiqarishga
boshchilik qildilar. Mil.avv. XVI asr o‘rtalarida podsho Yaxmos
38
I giksoslarni tor-mor qildi. Avaris shahri, janubiy Falastindagi
giksoslar tayanchi Sharuxen qal’asi ishg‘ol qilindi. Giksoslarn-
ing haydalishi bilan Misr tarixida Yangi podsholik (mil.avv.
1584–1075-yillar) davri boshlandi. Yaxmos yangidan Misrni
birlashtirgan XVIII sulola asoschisi bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |