Tabiat kuychisi



Download 16,7 Kb.
Sana09.06.2022
Hajmi16,7 Kb.
#647771
Bog'liq
9 - may maqola Ismat Norboyev bobom haqida


Tabiat kuychisi
Ismat Norboyev 1938 -yil 8-mart kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tugilgan. Uning birinchi kitobi 1977-yil “Tog’ hikoyalari” nomi bilan nashr ettirilgan. Shundan so’ng 1981-yilda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi etib saylangan. 1983-yilda uning yana bir kitobi „Tog’ so’qmoqlarida" hikoyalar to’plami nashr etilgan. Ismat Norboyevning tabiat va jonivorlar haqidagi qiziqarli hikoyalari ,”Boychechak” , “Guldasta” “Yana bahor” , “Boysun bayozi" kabi qator to’plamlarga, o’quvchilarning darslik kitoblariga kiritilgan. Adib “Boysun ovozi” gazetasida bo’lim mudiri lavozimida xizmat qilgan. 1999 -yil adibning beozor hayvonlar haqidagi “Qora kiyiklar” hikoyalar to’plami chiqarildi. Yozuvchi umrining so’nggi yillarida kasal holida “Boysuntog’ archazorlarida” asarini yozib tugatdi. Ismat Norboyev 2019-yil 3-may kuni 81 yoshida vafot etdi.
Adabiyotshunos Davron Orif Ismat Norboyevga shunday ta'rif beradi: “Voha adabiy muhitida “tabiat kuychisi” maqomini olgan Ismat Norboyev yarim asrdan oshibdiki, tabiat haqida, inson va tabiat munosabati, bu munosabatlarning inson omili tufayli yildan yilga murakkablashib borayotgani xususida tinmay ijod qilib kelgan. Uning qalamiga mansub “Tog’ so’qmoqlarida” Tog’ hikoyalari”, “Qora kiyiklar” hikoya va qissalar to’plami, o’nlab adabiy to’plamlarga kiritilgan asarlarning deyarli barchasi ona tabiat mavzusiga bag'ishlanadi”
“Surxondaryo tarixidan” kitobida Ismat Norboyevga shunday ta'rif berilgan: “Ismat Norboyev tabiat go’zalliklarini kuylaydi, tabiatga oshufta kishilarni olqishlaydi, tabiat dunyosini va nabotot olamini asrash, uni kelajak avlodlarga bezavol yetkazishdek halol hamda xolis bir niyat bilan yashaydi. Uning hikoyalarida tasvirini topgan voqea hodisalar jozibasi kitobxon qalbida uzoq saqlanib qoladi va sinchikov o’quvchini qanoatlantirish kuchiga ega”.
Ismat Norboyev o'z asarlarida tabiat tasvirini juda chiroyli tasvirlagan qalam sohibi. O’zi tug’ilib o’sgan joy Boysunning tog’lari, tog’lardagi hayvonlari, tog’lardagi o’simliklar, archazorlar haqida asarlarini o’qisangiz ko’pgina ma’lumotlarga ega bo’lasiz. Adibning deyarli barcha asarlari tog’li hudud Boysunning qaddi baland tog’lariga bag’ishlangan. Adibning “Boysuntog’ archazorlarida” asarida Boysunga berilgan ta’rif: Alpomish yurti , cho’ponlar o’lkasi bo’lgan Boysun tumani kishini lol qoldirarli darajada tabiiy go’zalligi - zanjirband cho’qqilaridan bulut arimas salobatli tog’lari bahor tamg’asi abadiy bosilgan muattar hidli archazorlari bilan lol qoldiradi. Tog’larning chang bag’ri jonivorlar olamiga, shifobaxsh o’simliklar dunyosiga boyligi bilan respublikamiz janubida ajoyib sayohatgoh go’shalardan biri hisoblanadi.
Ismat Norboyev tabiatni sevuvchi, uning har bir o’simligi, hayvonini asraydigan adib edi. Ismat Norboyev tabiat muhofazasi haqida biz yoshlarga qimmatli asarlar yozib qoldirdi. U hayotda ham ona tabiatimiz qo’riqchisi ekanidan faxrlanar edi , va o’zgalarga - biz yoshlarga ham shu tuyg’uni tilagan adib edi. Uning “Toğlar madad so'raydi “ hikoyasidan parcha keltirsam:
Orqaga qaytishimni ham, qaytmasligimni ham bilmay toğga kelganimdan pushaymon bo’lib o’rmon ichiga kirib borayotgandim, ko’zim chap tomonimdagi kattakon archaning baland shoxlariga to’rt tomondan sim tortib bog’langan bir enlik tunikaga tushdi. ”Ey, ana u nima?”- dedim, mendan oldin eshagini o’sha yoqqa burayotgan ortog’imga , Archa yoniga to’xtadi. Menga ogrilar ekan. “Tunikadagi yozuvni o’qi”, - dedi. O’qidim: “Aziz zamondoshim, shu tog’larni qo’msab yayragani yana kelasan-ku! Uning har bir jonivori va giyohini asragin".
Adibning asarlarini o’qigan kitobxon beixtiyor tog’larga, tabiatga sayr qilgandek his qiladi o’zini. Ismat Norboyev Boysunning salobatli tog'larini o’z asarlarida shunday tasvirlaganki, uning asarini o’qigan kitobxon shu tog’larga borishni orzu qiladi. Shu tog’lardagi hayvonlar o’simliklarni ko’rish ishtiyoqi paydo bo’ladi.
Tabiat kuychisi , tabiat qo’riqchisi Ismat Norboyev bobomning nevaralari bo’lganimdan faxrlanaman. Bobomning tabiatga oshnoligi menga juda yoqar edi. Ularning tabiat haqida aytgan gaplari, tabiatni asrash, uni muhofaza qilish to’g’risidagi hikoyasi men uchun katta ibrat bo’ldi. Men ham tog’larni, hayvonlarni tomosha qilib ularni muhofaza qilmoqchiman.
9-mayda shunday ulug’ insonni xotirlaganimdan xursandman. Ilohim, bunday buyuk yozuvchi bobomning xotirasi abadiy bo’lsin. Har bir kitobxon Ismat Norboyevni tabiat kuychisi edi deb eslasin va juda chiroyli o'lka Boysunga albatta boraman deb niyat qilsin.
Download 16,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish