yog‘och sag‘analarida bitilgan «Sog‘ona matnlari», qadimgi Misr
bosh diniy kitobi hisoblangan «O‘liklar kitobi», Memfis ilohiyot-
shunoslik matnlaridan iborat.
Edvin Smit papiruslari qadimgi Misrda ilmiy bilimlar rivojlan-
gani to‘g‘risida ma’lumot beradi. Ebers papirusida davolashning
sehrgarlik yo‘llari va amaliy davolash bo‘yicha tavsiyalar 20 metr
uzunlikdagi papirus o‘ramiga batafsil yozilgan. XVIII sulola davri-
ga oid jarohatlarni, jumladan, suyaklarning jarohatlanishi, bosh
suyakni, burunni ichki bo‘shliq qismlarini davolashga bag‘ishlan-
gan E.Smit papirusi bizgacha yetib kelgan.