Antik mualliflar asarlari. Antik mualliflar asarlaridan Gero-
dot tarixi (mil.avv. V asr), sitsiliyalik Diodorning «Tarixiy kutub-
xona» asari, «Strabon geografiyasi» (mil.avv. II-I asr) Plutarxning
«Osiris» va «Isida» traktati qadimgi Misrning ijtimoiy-siyosiy va
madaniy hayoti to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar beradi. Rimlik
tarixchi Tatsit (miloddan avvalgi I asr oxiri II asr boshlari), Misr
fir’avni Tutmos III yurishlari, qadimgi Fiva xarobalari to‘g‘risida
batafsil ma’lumotlar to‘playdi. Yana bir rimlik tarixchi Ammian
Marsellin (IV asr) qadimiy Misr madaniyatini muhim o‘rnini
ta’kidlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |