Uning salomatligi



Download 1,47 Mb.
bet60/109
Sana19.11.2022
Hajmi1,47 Mb.
#869214
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   109
Bog'liq
Uning salomatligi

§. Energiya almashinuvi

+ Sarflanishi, ahamiyati
Moddalar almashinuvida, ya’ni oqsillar, yog‘lar va uglevodlar- ning kislorod bilan oksidlanib parchalanishi natijasida energiya hosil bo‘ladi. Bu energiya organizmda barcha fiziologik jarayonlaming to‘xtovsiz davom etislii uchun sarflanadi. Jumladan, yurak, o‘pka, jigar, buyrak, me’da-ichaklar, tana muskullari hamda boshqa to‘qima va organlaming ish bajarishini, yoshlarda esa, o‘sish va rivojla- nishning normal o‘tishini ta’minlaydi.
Oziq moddalar parchalanisliidan hosil bo‘ladigan energiya- ning uchdan ikki qismi to‘qima va organlar hayotiy jarayonlarining normal o‘tishi va ish bajarishi uchun, uchdan bir qismi esa tana haroratining doimiyligini ta’minlash uchun sarflanadi.
Energiya sarfi. Odam organizmida kecha-kunduz davomida sarflanadigan energiya uch qismdan iborat:

  1. Asosiy moddalar almashinuvini ta ’minlash uchun sarflana­digan energiya. Bu energiya ertalab — nahorda va kechasi odam qimirlamay yotgan vaqtda nafas olishi, yuragi, buyraklari, jigari va boshqa hayotiy muhim organlari normal ishlab turishini ta’­minlash uchun sarflanadi. Tana massasi 70 kg bo‘lgan odam uchun bir kecha-kunduzda asosiy moddalar almashinuvini ta’minlashga sarflanadigan energiya miqdori 1680 kkal ga teng.

  2. Ovqatni hazm qilishga sarflanadigan energiya. Iste’mol qilin- gan ovqatni hazm qilish uchun me’da-ichaklar, jigar, me’daosti bezi kabi organlaming islii kuchayadi va ular energiya sarflaydi.

  3. Odam bir kecha-kunduzda bajaradigan ishiga sarflanadigan energiya. Bu energiyaning miqdori har bir odamning kasbiga, ko‘p yoki oz harakatlanishiga bog‘liq. Aqliy mehnat bilan shu-

  4. g‘ullanuvchilar kam energiya sarflaydi. Jismoniy melmat bilan shug‘ullanuvchilar, sportchilar ko‘p energiya sarflaydi.

Sog‘lom, katta yoshli odamda bir kecha-kunduzlik ovqatdan hosil bo‘ladigan energiya miqdori sarflanadigan energiya miqdoriga teng bo‘lislii kerak. Organizmda hosil bo‘ladigan energiya miqdori sarflanadigan energiya miqdoriga nisbatan ko‘p bo‘lsa, odam semiradi. Aksincha, iste’mol qilingan ovqatdan hosil bo‘ladigan energiya sarflanadigan energiyaga nisbatan kam bo‘lsa, odam tanasidagi yog‘ parchalanib, energiya hosil qiladi. Bunday jarayon bir necha kun, hafta davom etsa, odam ozadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, yoslilarda iste’mol qilingan ovqatdan hosil bo‘ladigan energiya miqdori sarflanadigan energiyaga nisbatan ko‘proq bo‘lishi lozim. Chunki, ma’lum miqdordagi energiya yosh organizmning o‘sislii va rivojlanishi uchun sarflanadi.
Odam organizmida sarflangan energiya miqdorini aniqlaslming bir necha usullari mavjud. Shulardan, asosan, ikkitasi, ya’ni vositasiz va vositali kalorimetriya usullari ko‘proq qo‘llaniladi.
Ratsional ovqatlanish. Odamning sog‘lom va baquvvat bo‘lishida, yoshlaming normal o‘sislii va rivojlanishi, ish qobiliya- tining yaxshi bo‘lishida ratsional ovqatlanish muliim ahamiyatga ega. Ovqat odam organizmida ikkita muliim funksiyani bajaradi:

  1. Ovqatning energetik funksiyasi, ya’ni ovqat moddalari organizmda kislorod yordamida oksidlanib, energiya hosil qiladi va bu energiya to‘qima hamda organlaming normal ishlashi, tana harorati doimiyligini ta’minlash, odamning harakatlanishi, ish bajarishi uchun sarflanadi.

  2. Ovqatning plastik funksiyasi shundan iboratki, uning tar­kibidagi moddalar, ayniqsa, oqsil hujayra va to‘qimalaming tarkibiy qismiga kiradi, ya’ni hujayralaming eskirgan qismlari yangilanisliini va hujayralar bo‘linib ko‘payisliini ta’minlaydi.

Ratsional ovqatlanish qoidalari. Ovqatlanishning ilmiy asosda ratsional tashkil etilislii uchta qoidaga asoslanadi:


  1. Download 1,47 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish