©
os tamakining eng kuchli (zaharli) turlaridan tayyorlanadi. Tamaki tutuni tarkibidagi 3 mingdan ortiq zaharli moddalardan tashqari, nosga yana ohak, kul kabi zaharli moddalar ham qo‘shiladi. Bu moddalar og‘iz bo‘shlig‘ida erib, so‘lak bilan qo‘shilib, qizilo‘ngach orqali oshqozonga tushadi. Shuning uchun nos chekuvchilarda og‘iz bo‘shlig‘i, qizilo‘ngach va me’da raki ko‘p uchraydi.
Og‘iz bo‘shlig‘i qanday parvarish qilinishi kerak?
Me’da va ichaklar sog‘lom bo‘lishi uchun qanday gigiyena qoidalariga rioya qilish zarur?
Yuqumli ichak kasalliklari qanday paydo bo‘ladi? Sariq kasalligi- ning qanday turlari bor va ular qanday yuqadi?
Gijja kasalligining qanday belgilarini bilasiz?
Spirtli ichimliklar va chekishning organizmga qanday zararli ta’siri bor?
laboratoriya mashg‘uloti So‘lak fermentlarining kraxmalga ta’siri
Zarur asbob va jihozlar: shtativ, 3 ta probirka , 3 ta pipetka, termometr, suyuq kraxmal kleysteri, probirkaga olingan so‘lak (10 ml), yodning suvdagi kuchsiz eritmasi, xlorid kislotaning 0,1% li eritmasi, suv hammomi, muz solingan idish.
Ishni bajarish tartibi
Uchta probirkaga 3 ml dan kraxmal kleysteri eritmasi quyiladi.
Ularga teng miqdorda suv bilan suyultirilgan so‘lak eritmasidan 3 ml dan qo‘shiladi va birinchi probirka +37°Cli suv hammomiga qo‘yiladi.
Ikkinchi probirkaga 2—3 tomchi xlorid kislota eritmasidan tomizib, u ham suv hammomiga qo‘yiladi. Uchinchi probirka muz solingan idishga joylashtiriladi.
30 daqiqa o‘tgach, uchala probirkaga 2—3 tomchidan yod eritmasi tomiziladi.
2—3 probirkadagi suyuqlik ko‘k rangga bo‘yaladi, chunki ularda so‘lak fermentlari kraxmalga ta’sir ko‘rsata olmaydi. 1-probirka qulay sharoitda saqlanganligi uchun undagi kraxmal so‘lak fermentlari ta’sirida shakarga aylanadi (parchalanadi).
Tajriba natijalari, ya’ni xlorid kislota va sovuq muhit sharoitida hamda qulay sharoitda so‘lak fermentlarining kraxmalga ta’sirini o‘quvchilar daftarlariga yozib oladilar.
Odam tashqi muliitdan ovqat va suv qabul qilislii, organizmda uning o‘zgarislii, hazm qilinishi, hosil bo‘lgan qoldiq moddalar- ning tashqi muliitga cliiqarilislii moddalar almashinuvi, deb ataladi. Ovqat tarkibidagi organik moddalaming kimyoviy, mexanik, termik o‘zgarislii natijasida ulardagi potensial energiya issiqlik, mexanik va elektr energiyasiga aylanadi. Hosil bo‘lgan energiya hisobiga to‘qimalar va organlar ish bajaradi, hujayralar ko‘payadi, ulaming eskirgan tarkibiy qismlari yangilanadi, yosh organizm o‘sadi va rivojlanadi. Ana shu energiya liisobiga odam tana haroratining doimiyligi ta’minlanadi.
Assimilatsiya va dissimilatsiya jarayonlari. Moddalar almashinuvi assimilatsiya va dissimilatsiya jarayonlarining birligidir. Odam organizmida tashqi muliitdan qabul qilingan moddalaming hujayralar tomonidan o‘zgartirilishi, ya’ni oddiyroq kimyoviy moddalardan murakkabroq kimyoviy moddalar hosil bo‘lishi assimilatsiya deyiladi (assimulo—o‘xshataman). Bu jarayon natijasida hujayralar ko‘payadi, ayniqsa yosh organizmning o‘sishi va rivojlanislii ta’minlanadi.
Hujayralar tuzilmasi, jumladan, oqsil birikmalar tarkibiga kiradigan moddalaming parchalanishi, yemirilishi dissimilatsiya deyiladi (dissimulo—o‘xshamaydigan qilaman).
Oqsillar almashinuvi. Oqsillar murakkab molekular organik birikma bo‘lib, odam organizmi hayotida muliim ahamiyatga ega.
Oqsillar quyidagi muhim funksiyalarni bajaradi: plastik funksiya — oqsillar odam organizmining barcha hujayralari tarkibiga kiradi; energetik funksiya — kislorod ishtirokida oksidlanib energiya hosil qiladi. 1 g oqsil oksidlanib parchalanganda 4,1 kkal energiya hosil qiladi.
Oqsillar aminoki si otalardan tuzilgan. Aminokislotalar tarkibiga ko‘ra sifatli va sifatsiz oqsillar bo‘ladi. Sifatli oqsillar hayvon va parranda mahsulotlarida bo‘ladi: go‘sht, baliq, tuxum, sut va sut mahsulotlari. Sifatsiz oqsillar o‘simlik mahsulotlarida bo‘ladi: guruch, no‘xat, loviya, bug‘doy, kartoshka, makkajo‘xori va boshqalar.
Bolalar va o‘smirlar organi7,mining normal o‘sishi va rivojla- nishi uchun ulaming kundalik ovqati tarkibida sifatli oqsillar yetarli miqdorda bo‘lishi kerak.
Yog‘lar almashinuvi. Yog‘lar ham oqsillarga o‘xshash odam organizmida plastik va energetik ahamiyatga ega. 1 g yog‘ organizmda kislorod ta’sirida oksidlanib, 9,3 kkal energiya ajratadi. Yog‘lar ikki xil bo‘ladi: hayvon yog‘lari va o‘simlik moylari.
Karbonsuvlar almashinuvi. Uglevodlar odam organizmida, asosan, energiya manbayi bo‘lib hisoblanadi. Ayniqsa, jismoniy ish bajarganda ular birinchi bo‘lib parchalanadi va hujayra-to‘qi- malami, ayniqsa, muskullar faoliyati uchun zarur bo‘lgan energiya bilan ta’minlaydi. 1 g uglevod kislorod ta’sirida parchalanib, 4,1 kkal energiya ajratadi. Uglevodlar, asosan, o‘simliklardan olinadigan ovqat mahsulotlarida ko‘p bo‘ladi (non, kartoshka, mevalar, qovun-tarvuz hamda shirinliklarda).
Suv va mineral tuzlar almashinuvi. Suv odam organizmi barcha hujayra va to‘qimalarining tarkibiy qismiga kiradi. Katta yoshdagi odamlar tanasining 50—60% ini suv tashkil qiladi, yoshlaming tanasidagi suv nisbati esa bundan ko‘proq bo‘ladi.
Suv moddalar almashinuvi da katta ahamiyatga ega. Agar odam mutlaqo ovqat iste’mol qilmasa, lekin suvni me’yorida iste’mol qilsa, u 40—45 kungacha (uning tana massasi 40% kamayguncha) yashashi mumkin. Aksincha, ovqat me’yorida bo‘lib, suv iste’mol qilinmasa, tana massasi 20—22% kamaysa, odam bir haftaga yetar- yetmas halok bo‘lishi mumkin.
Suv ovqat tarkibida va ichimlik sifatida iste’mol qilinadi. Me’da va ichaklardan qonga so‘rilgan suv hujayra va to‘qimalarda moddalar almashinuvi jarayonida ishtirok etadi, uning asosiy qismi nafas chiqarish, terlash va siydik bilan tashqariga ajratiladi. Katta odamlar orga- nizmining bir kecha-kunduzdagi suvga ehtiyoji 2—3 1 ni tashkil etadi.
0‘zbekistonning issiq yoz faslida terlash va nafas chiqarish orqali organizm ko‘p suv yo‘qotadi. Shuning uchun chanqoqlik yuzaga kelib, og‘iz quruqlashganda suvni ko‘p iste’mol qilavermas- dan, og‘izni tez-tez chayib turilsa, ayniqsa, nordon suv (limonli suv, mineral suv) bilan, chanqoqlik bosiladi.
Mineral tuzlar odam tanasining barcha hujayra va to‘qimalari tarkibida bo‘ladi. Ular ikkiga: makroelementlar va mikroelement- larga bo‘linadi. Makroelementlarga natriy, xlor, kalsiy, fosfor,
kaliy, temir kiradi. Bular qon, hujayra, ayniqsa, suyaklar tarkibida ko‘p miqdorda bo‘ladi. Mikroelementlarga rux, marganes, kobalt, mis, aluminiy, ftor, yod kiradi. Bular qon, hujayra va suyaklar tarkibida oz miqdorda bo‘ladi.
Mineral tuzlar moddalar almashinuvida, ayniqsa, hujayra- laming qo‘zg‘alish jarayonida muhim o‘rin tutadi.
Oqsil organizm uchun qanday ahamiyatga ega?
Sifatli va sifatsiz oqsillar qanday oziq moddalarda bo‘ladi?
Yog‘lar almashinuvining xususiyatlarini ayting.
O rganizmda uglevodlar almashinuvi qanday o‘tadi?
§. Vitaminlar
Do'stlaringiz bilan baham: |