+ Turlari, vazifasi
Vitaminlar biologik faol moddalar bo‘lib, organizmda moddalar almashinuvida qatnashadi. Rus olimi N.I. Lunin (1853—1938) 1880-yilda himoya qilgan doktorlik dissertatsiyasida vitaminlar hayvonlar organizmi uchun muhim modda ekanligini birinchi bo‘lib isbotladi. Uning xulosasiga ko‘ra, ovqat tarkibida oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, tuzlar va suvdan tashqari, alohida moddalar ham bo‘ladi, bularsiz organizm yashashi mumkin emas, deyilgan edi. Keyinchalik bu noma’lum muhim moddalar 1912- yilda K. Funk tomonidan vitaminlar, deb nomlandi (vita — hayot degan ma’noni bildiradi).
Vitaminlarning 40 dan ortiq turi bo‘lib, ularning har biri odam organizmida muhim fiziologik vazifani bajaradi. Agar odam organizmida biror vitamin mutlaqo yo‘qolsa, avitaminoz, uning miqdori kamaysa, gipovitaminoz, me’yoridan ortib ketsa, giper- vitaminoz, deb ataladi. Bu holatlaming har qaysisida o‘ziga xos xastalik belgilari paydo bo‘ladi. Masalan, gipovitaminoz A, gipovitaminoz B, gipovitaminoz С va hokazo.
Vitaminlar suvda va yog‘da eriydigan guruhlarga bo‘linadi. Suvda eriydigan vitaminlar — Bp B2, B6, B12, PP va C. Yog‘da eriydigan vitaminlar — A, D, E, K.
A vitamini hayvon va odam organizmining o‘sishi va rivojlani- shida, hujayralaming bo‘linib ko‘payishida, epiteliy to‘qimasi- ning (terining ustki qavati, nafas yo‘llari, ovqat hazm qilish organ- larining icliki sliilliq qavati) funksional holatini normal saqlashda, ko‘z o‘tkirligining yaxshi bo‘lishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Organizmda bu vitamin yetishmaganda ten quruqlashib, yori- ladi, nafas yo‘llari va oshqozon-ichak ichki qavatining yallig‘la- nish kasalliklari yuzaga keladi. Ko‘rish o‘tkirligi pasayadi, ayniqsa, odam qorong‘ida yaxshi ko‘ra olmaydi. Bolalar va o‘smirlar orga- nizmining o‘sishi va rivojlanishi susayadi. A vitamini baliq yog‘ida, sariyog‘da, tuxum sarig‘ida, jigarda, sabzi, qizil qalampir, o‘rik tarkibida ko‘p bo‘ladi.
В guruh vitaminlarga B, (tiamin), B2 (riboflavin), B6, B12, B15 va boshqalar kiradi.
B, vitamini (tiamin) markaziy nerv sistemasida qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari normal o‘tishida, odamning aqliy faoliyati yaxshi bo‘lishida muhim o‘rin tutadi. Agar u kundalik ovqat tarkibida yetarli miqdordabo‘lmasa, odamda gipovitaminoz B, kasalligi yuzaga keladi. Buning belgilari oyoq-qo‘l muskullarining uvushib og‘rishi, holsizlik, tez charchash, odamning aqliy faoliyati pasayishi, ya’ni o‘zlashtirish, esda saqlash, e’tibomi muhim masalaga jalb etish kabi qobiliyatlarning pasayishidir. U arzimagan narsaga jahli chiqadigan bo‘lib qoladi. Bu vitamin uzoq muddat davomida yetishmasa, avitaminoz Bp ya’ni beri-beri, degan kasallik yuzaga keladi. Bunda nerv sistemasidagi o‘zgarish oqibatida nerv tolalari falajlanadi, terida sezuvchanlik oldiniga kuchayadi, so‘ngra yo‘qoladi, qo‘l-oyoq muskullarining harakati kuchsizlanadi. Odam oyog‘ini yaxshi ko‘tara olmaydi va u qadamini kalta-kalta, xuddi oyog‘iga kishan solingan odamga o‘xshab bosadi. Bu vitamin guruch po‘stlog‘ida, bug‘doy non, loviya, no‘xat, tuxum sarig‘i, yong‘oq, mol jigari tarkibida bo‘ladi.
С vitamini (askorbin kislota) moddalar almashinuvida, ayniqsa, oqsillar va uglevodlar almashinuvida muhim o‘rin tutadi. Uning yetishmasligi tufayli singa kasalligi yuzaga keladi. Bu kasallik odamda umumiy holsizlik, tez charchash, milklaming shishib, bo‘shashib qolishi, tishlaming qimirlab tushib ketishi, tish cho‘tka bilan tozalanganda milk qonashi kuzatiladi. Bu vitamin ho‘l mevalarda, ko‘katlarda, sabzavotlarda, ayniqsa, limon, apelsin, mandarin, karam, pomidor, piyoz tarkibida ko‘p bo‘ladi.
D vitamini organizmda kalsiy va fosfor almashinuvi normal o‘tishida ishtirok etadi. U ayniqsa, ikki-uch yoshgacha bo‘lgan bolalar suyagining to‘g‘ri shakllanishi, o‘sishi va rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Bu vitamin yetishmasligi natijasida yosh bolalarda raxit kasalligi yuzaga keladi. D vitamini baliq yog‘ida, tuxum sarig‘ida, sut va sut
mahsulotlarida ko‘p bo‘ladi. U quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’sirida odam terisida ham hosil bo‘ladi. Bolalami ocliiq havoda cliiniqtirish raxit kasalligining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Vitaminlar haqidagi tushunchani fanga kimlar kiritgan?
A va В guruh vitaminlar yetishmaganda odamda qanday kasal- liklar yuzaga keladi?
C , D vitaminlar yetishmaganda organizmda qanday o‘zgarish- lar sodir bo‘ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |