Hamza Hakimzoda Niyoziy



Download 119,17 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.01.2022
Hajmi119,17 Kb.
#375733
Bog'liq
Hamza Hakimzoda Niyoziy - Vikipediya



Hamza Hakimzoda

Niyoziy

Jadid adabiyoti namoyandasi, shoir va

dramaturg

Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889.6.3, 

Qoʻqon


 — 1929. 18.8, 

Fargʻona


 viloyati Shohimardon qishlogʻi) — 

shoir


,

yozuvchi


pedagog


teatr


 arbobi. 

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi

 (1926). Solkashon mahallasidagi eski maktab va

madrasada

 (1896–1906), keyin qisqa muddat 

Namangan


 madrasasida (1908) tahsil koʻrgan. 1909-yilda

Kogonda matbuotda ishlagan. Soʻngra 

Toshkentga

 kelib, 1910-yili 

usuli jadid

 maktablarining oʻquv dasturi

bilan tanishgan va shunday maktablarni dastlab Qashqardarvoza mahallasida, keyin 1911-yil Qoʻqon

shahrining Hojibek guzarida va 1914-yil 

Margʻilonda

 ochgan.



Hamza Hakimzoda Niyoziy

Tavallud sanasi:

3-iyun 1889-yil



Vafot sanasi:

8-iyun 1929-yil 

(40 yoshda)

Kasb:

Shoir


Magnum opus

:

"

Boy ila xizmatchi



", 

„Ishchilar hayotidan“

„Loshmon


fojiasi“


Hamza keyingi hayoti va faoliyati davomida qisqa muddat Qoʻqondagi rus-tuzem maktabida oʻqituvchi,

„Shoʻroi islom“ tashkilotining ozuqa shoʻbasida mirza, „Kengash“ va „Hurriyat“ jurnallarida muharrir (1917),

Fargʻona viloyati madaniy-maorif boʻlimida xodim (1918), 

Turkiston fronti

 siyosiy boshqarmasi ixtiyoridagi

Oʻlka musulmon siyosiy truppasida rejissor (1919), „Dor ushshafaqa“ maktabida mudir (1920), Buxoro viloyati

maorif va harbiy targʻibot-tashviqot shoʻʼbasi qoshidagi teatr truppasida rahbar (1921), Xorazm viloyatidagi

kasaba soyuzlarining madaniy-maʼrifiy muassasalarida mudir (1921-1924), Fargʻona maorif qoʻmitasi

qaramogʻidagi ong-bilim shoʻʼbasida mudir oʻrinbosari (1924) singari turli lavozimlarda xizmat qilgan. 1926-

yildan erkin ijod bilan shugʻullangan. Ammo rahbar idoralarning topshirigʻi bilan 1928-yil avgustdan

Shohimardonda

 targʻibot-tashviqot ishlari olib borgan va soʻnggi safari chogʻida halok boʻlgan.

Hamzaning adabiy ijodi 1905–1906-yillarda boshlangan. Hamza 1908-yil qoʻshni oʻlkalarda nashr etilgan ilgʻor

gazetalar va ulardagi taraqqiyparvarlik gʻoyalari bilan tanishgan. Maʼrifatli kishilar taʼsirida „milliy sheʼrlar“ yoza

boshlagan. Hamza shu yili „eski podsholar turmushidan“ olingan 

„Haqiqat kimda?“

 degan „roman“ ham

yozgan (bu asar oʻsha vaqtdayoq yoʻqolgan). Hamza 1905-yildan mumtoz shoirlarga ergashgan holda

gʻazallar yoza boshlagan. 1914-yilda tartib berilgan qoʻlyozma devoniga shoirning 1905–1914-yillarda

„Nihoniy“ taxallusi bilan yozgan 214 ta sheʼri kiritilgan. Shoirning 

„Gul“

 (1913–1916), 



„Milliy ashulalar uchun

milliy sheʼrlar majmuasi“

 (1915–1917) sheʼriy toʻplamlaridagi 

„Yigʻla Turkiston“

„Yaxshi holin yoʻqotgan



oqibatsiz Turkiston“

„Koʻzni oching, qardoshlar“



„Darmon istariz“

 kabi sheʼrlarida milliy uygʻonish gʻoyasi katta

mahorat bilan ifodalangan.

Faoliyati



Pochta konverti 1979-yil

Adabiy ijodi




1908–1910-yillarda Hamza adabiy va ijtimoiy faoliyatini jadidchilik harakati bilan uzviy bogʻlagan. Hamza

yangi usuldagi maktablar ochish va bu maktablar uchun yangi tipdagi oʻquv qoʻllanmalari yaratish yoʻli bilan

xalqni maʼrifatlashtirish maqsadida Qoʻqon va Margʻilonda ochgan maktab oʻquvchilari uchun 

„Yengil


adabiyot“

„Oʻqish kitobi“



 (1914) va 

„Qiroat kitobi“

 (1915) oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlagan.

Hamza katta yoshdagi kishilar uchun „Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi“ umumiy nomi ostida

„gul“ toʻplamlarini eʼlon qilgan (1915-1919). Hamza mazkur majmualari (8 boʻlimdan iborat) bilan oʻzbek

sheʼriyatiga yangi mazmun va yangi gʻoyalar olib kirgan va, ayniqsa, jadid adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa

qoʻshgan.

Hamza ijodining mazkur 2-davrida nasr va dramaturgiya sohasida ham jiddiy izlanishlar olib borgan. Uning

„Yangi saodat“

 (1914, nashri — 1915) asari ayrim olimlar tomonidan oʻzbek adabiyotidagi roman janrining ilk

namunasi sifatida talqin qilinib kelingan. Lekin bu asar aslida maʼrifatparvarlik gʻoyalari bilan sugʻorilgan qissa

boʻlib, unda kambagʻal yigit (Olimjon)ning ilm tufayli oilaviy baxt-saodatga erishganligi mahorat bilan tasvir

etilgan.

Hamza 1914-1916-yillarda 

„Oʻch“

 (1914), 



„Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari“

 (1915), 

„Ilm hidoyati“

„Mulla



Normuhammad domlaning kufr xatosi“

„Ochlik qurbonlari“



 (1916), 

„Muxtoriyat yoki avtonomiya“

 (1917)

singari kichik sahna asarlarini yozgan.

Hamza sovet mafkurasi hukmronlik qilgan davrda „oʻzbek sovet adabiyoti“ning, teatrining asoschisi sifatida

koʻkka koʻtarilgan. Hamza nomi bilan bogʻlanib kelingan Oʻlka sayyor drama truppasi aslida Skobil (Fargʻona)

sayyor truppasi deb atalib, unga 

Gʻafur Musaxonov

 rahbar boʻlgan. Hamza shu truppada 

dramaturg

rejissor


va suflyor boʻlib xizmat qilgan. Shu vaqtda u 

„Kim toʻgʻri?“

„Tuhmatchilar jazosi“



„Boy ila xizmatchi“

„Ishchilar



hayotidan“

 (1918), 

„Loshmon fojiasi“

 (1916-1918, 3 boʻlimli), 

„Fargʻona fojiasi“

 (1918-1920, 4 boʻlimli), 

„Qizil

qon ichida yosh goʻdaklar“



„Mahbus toʻraning holi“

 (1919) singari pyesalarni yozgan (bu asarlarning aksari

bizgacha yetib kelmagan). Agar Hamza „Zaharli hayot“ dramasida shu davrdagi tomoshabin didini inobatga

olib, hatto fojiali holatlar tasvirida ham melodrama va sentimen-talizmdan keng foydalangan boʻlsa,

„Tuhmatchilar jazosi“, ayniqsa, „Boy ila xizmatchi“ singari pyesalarida realizm tomon yaqinlashgan. Ammo

Oʻquv qoʻllanmalari

Sahna asarlari

„Oʻzbek sovet adabiyoti“ning, teatrining asoschisi



Hamza koʻp oʻtmay, targʻibot va tashviqot yoʻnalishidagi „Pastki shoʻrolar saylovi munosabati ila yozilgʻon

Choʻpcharlar“, „Pastki shoʻrolar tuzmasida saylovgʻa kirolmagan bir eshon oʻpkasiga javoban“, „Burungi

saylovlar“ (1926) singari pyesa va inssenirovkalarni yozishga katta eʼtibor bergan. Hatto Sovet davlatining

jahon inqilobi toʻgʻrisidagi soxta gʻoyasiga ishonib, „Jahon sarmoyasining eng oxirgi kunlari“ (1927) pyesasini

yozgan. Hamza shu davrda jadidchilik gʻoyalari va jadid adabiyoti mezonlaridan uzoqlashgani sayin avval

erishgan badiiyat marralarini ham boy bera boshlagan. Biroq 1926-yil Hamza oʻzbek dramaturgiyasida

muayyan iz qoldirgan 2 asar: 

„Maysaraning ishi“

 komediyasi va 

„Paranji sirlaridan bir lavha yoki Yallachilar

ishi“

 dramasini yaratgan.



Sinfiylik va partiyaviylik adabiy asarning qimmatini belgilovchi asosiy mezon hisoblangan davrlarda

Hamzaning „Boy ila xizmatchi“ pyesasi butunlay qayta yozib chiqilgan. Sotsialistik realizm metodi talablari

asosida „qayta tiklangan“ bu asar uzoq yillar davomida Hamza dramaturgiyasining yuksak namunasi sifatida

taqdim etilib kelingan.

Hamza haqida doston (Oybek asari, 1948), roman (

K.Yashin


 asari, 1989), teatr spektakli (K.Yashin va A.

Umariy asari, 1941), kinofilm (ssenariy mualliflari K.Yashin va S.Muhamedov, rejissor Z.Sobitov, 1960), 16

seriyali badiiy film (ssenariy mualliflari K.Yashin, B.Privalov va 

Sh.Abbosov

, rejissor Sh.Abbosov, 1975-1984)

va hujjatli film (ssenariy muallifi L.Qayumov, rejissor N.Otaullayeva, 1960) lar yaratilgan. Toshkent va Qoʻqon

shaharlari hamda Fargʻona vodiysidagi teatr, maktab, koʻcha va shirkat xoʻjaliklariga, Toshkent shahridagi

metro stansiyasiga shoir nomi berilgan. Hamza ijodi bilan 

OʻzMU

 professori L. Qayumov koʻp yillardan beri



shugʻullanib keladi. Bundan tashqari, M. Rahmonov, Yu. Sultonov kabi olimlar ham tadqiqotlar yaratganlar.

Toshkent


 shahrining markaziy tumanlaridan biriga Hamza nomi berilgan.

Xotira





Hamza 

Xitoy


Hindiston

Afgʻoniston



Eron


Turkiya


 va 

Arab


 mamlakatlarida boʻlgan. 

Haj


 amallarini bajargan.

1920-yili Qoʻqonga qaytib kelib, maorif sohasida xizmat qiladi. Shu yil oxirida 

Buxoroga

 boradi. Bir yilcha

yashab, 1921-yil soʻnggida 

Toshkentga

 va undan 

Xorazmga


 oʻtadi va u erda profsoyuzning madaniy-maorif

shu’ʻbasida ishlaydi. 

Xorazmdan

 Xoʻjayliga borib, 1924-yil iyulgacha oʻzi tashkil etgan internatda faoliyat

koʻrsatadi. 1925-yili Fargʻonaga borib, Shohimardonda kolxoz tuzish, maktablar ochish, xalqning savodini

chiqarish ishlari bilan shugʻullanadi.

1928-yildan unga nisbatan taʼqib va tazyiq koʻrsatila boshlaydi. Moddiy va maʼnaviy qiyinchilik, iztiroblarni

boshdan kechiradi. 1929-yil 18-martda Hamza toshboʻron qilinib oʻldiriladi.

Toʻla asarlar toʻplami [5 j.li], T., 1988-89; Xamza arxivi katalogi [2 j.li], T, 1990-91.

Sultonov Yu., Hamza, T., 1973; Qayumov L., Hamza, T., 1973; Rahmonov M., Hamza va oʻzbekteatri, T, 1959;

Hamza zamondoshlari xotirasida, T., 1979; Qayumov L., Saylanma, 1-2-j.lar, T., 1983; Hamza Hakimzoda

ijodi problemalari, T., 1988.

Hamza Hakimzoda ijodi problemalari (toʻplam). T., 1990.

Rahmonov M. Hamza Hakimzoda Niyoziy va oʻzbek teatri. T., 1959.

Sultonov Yu. Hamza. T., 1979.

Qayumov L. Saylanma. Ikki tomlik. T., 1981, 1983.

Niyoziy H.H. Toʻla asarlar toʻplami. Besh jildlik, T.: Fan, 1988-1990.

Safari


Vafoti


Manbalar


Adabiyot





 

Soʻnggi tahrir 2 oylar avval 185.163.26.71 tomonidan amalga oshirildi

 

Ko‘proq o‘rganish

Ushbu maqolada 

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

 (2000-2005) maʼlumotlaridan

foydalanilgan.

"

https://uz.wikipedia.org/w/index.php?



title=Hamza_Hakimzoda_Niyoziy&oldid=23

57097


" dan olindi 


Download 119,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish