Bilib oling.Tarkibida ergashgan, bog'langan yoki bog'lovchisiz qo'shma gaplar mavjud bo'lgan gaplar aralash murakkab qo'shma gaplar hisoblanadi.
Murakkab qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarni aniqlang. Ularni o'zaro bog'lovchi vositalarni belgilang.
l. Akang armiyadan kelsa, issiqxonani ishga solamiz, lekin sen akangga yordamchilik qilasan. ("Fidokor") 2. Ko'lga yetib kelsak, birdaniga miltiq gumburladi va suv yuzida pitirlayotgan ikki-uchta o'rdak ko'rindi. (M.Karim) 3. Shuni unutmaki, sen yer farzandisan va yerni ardoqlash, uni obod qilish sening vazifangdir. (Y.Sulaymon) 4. Qiz avval qo'rqdi, otasi uning Sidiqjon bilan so'zlashib turganini emas, bog’ga tushganini bilsa ham, terisiga somon tiqadi - bu xususda otasining qamchisidan qon tomar edi; keyin yangi bir olamga kirib, otasining qamchisini ham, jingul ostida pusib yotgan kurk tovuqni ham unutdi. (A.Qahhor) 5. She'r shuning uchun muqaddaski, uning bir vazni ilohiy, bir vazni insoniydir; uning bir satri osmoniy, bir satri zaminiydir. (A. Oripov)
Gaplarni o'qing, murakkab qo'shma gaplarni toping, ularning turlarini belgilang.
1. Har kimning zari bo'lmasa-da, ammo hunari bo'lsa, dunyoda hech bir xavf-u xatar bo'lmaydi, shuning uchun kishi hunar ziynati bilan bezanmog'i lozim. 2. Bilginki, hunarsiz kishi quruq savlatdir, quruq savlat esa qotib turgan suratga o'xshaydi. 3. Sen suratga boq, u odamga o'xshasa-da, joni bo'lmaydi. 4.Daraxt shoxi mevasiz bo'lsa, uning o'tindan nima farqi bor. Sen abujahl (yovvoyi) tarvuzini ko'r, shirin tarvuzlar kabi chiroylidir, ammo achchiq bo'lgani uchun zarracha qiymati yo'q. (Muhammad Javhar Zamindor)
Murakkab qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarni aniqlang. Sodda gaplarni bir-biriga bog'lovchi vositalarni ayting.
1. Keyinroq ham ko'zimiz tushib turardi, biroq endi u shunday bir yuksaklikda va qamrovi shu qadar keng ediki, bu kengliklar bizga o'xshash jo'n odamlarning shuuriga sig'masdi. (Murod Muhammad Do'st)
2. Bilmaydiki, ishining chatog'i chiqqanida Chorshanbi emas, uning o'zi qochib ketadi, Chorshanbi qurg'ur tagiga suv ketishi bilan mening yonimga yugirib keladi, men uni qutqarib olaman, ikki o'rtada Suyarqul ukamizning qurbon bo'lgani qoladi. (Murod Muhammad Do'st) 3. Uni tanib olish qiyin edi, chunki yelkalari kengaygandi, qiyofasi ancha keskinlashgandi va katta ko'zlari dumaloq shakl olgan edi. (Oybek) 4. Agar kishi o'z hirslaridan ustun tura olsa, u o'zidagi bor nuqsonlarni yo'q qiladi va ular yaxshi sifatlarga aylanadi. (Beruniy)
10-mashq. Matnni o'qing. Aralash murakkab qo'shma gaplarni aniqlab yozing. Tarkibidagi sodda gaplarni va ularning o'zaro qanday vositalar yordami bilan bog'langanini belgilang.
1. Hovlida qarindosh-u qo'ni-qo'shnilar ham yurishadi, nariroqda esa doshqozon to'la sumalak qaynaydi, ayollardan kimdir uni kovlab turadi, atrofida ikki-uch kampir choy ichishib o'tirishadi, bolalarning qo'llarida esa yog'och qoshiq, galma-gal qozon girdiga yopishardilar. (Ulug'bek Hamdam) 2. Insonlik mohiyati baxt-saodatga erishuvdir, inson bu maqsadni o'zining oliy g'oyasi va istagiga aylantirsa, u baxt-saodatga erishadi. (Forobiy) 3. Esida bor: otasi bilan mana shu o'rindiqqa o'tirsa, mototsikl degani qattiq ovoz chiqarib yurib ketdi-yu, nevara qo'rqqanidan otasini mahkam quchoqlab, ko'zlarini yumib oldi. (Tog'ay Murod) 4. Hirot, tashdan qaraganda, avvalgiday tinch, hamma o'z ishi bilan mashg'ul bo'lganday ko'rinsa ham, lekin kosib-hunarmandlar, dehqonlar hali g'azabdan tushmagan edilar. (Oybek) 5. Birov sening aybingni yuzingga aytsa, so'zini qaytarma, chunki u sening uchun ko'zgudir; ko'zgu xira bo'lib qolsa, boshqa aybingni ko'rsatadimi? (Navoiy)
QISMLARI UYUSHGAN MURAKKAB QO'SHMA GAPLAR
1-topshiriq. O'qing, she'riy parchaning nechta gapdan tashkil topganini aniqlang.
O'zbekning kurashi hamisha halol, Unda yo'qdir g'irrom, yo'qdir yomonlik. Doimo do'stlarga tilaydi kamol, Tilaydi barchaga do'stlik, omonlik. (R.Musurmon)
2-topshiriq. Yuqoridagi gapning boshqa murakkab go'shma gap turlaridan farqini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |