Bilib oling.Ko'chirma gap o'zlashtirma gapga aylantirilganda, ko'chirma gapli qo'shma gap sodda gap shaklini oladi.
Berilgan ko'chirma gaplarni o'zlashtirma gaplarga aylantiring. Qanday qilib o'zlashtirma gapga aylantirganingizni ayting.
Donolar deydiki: "Vaqting ketdi-baxting ketdi". 2. Balli, Ra'no, - dedi Solih mahdum. (A. Qodiriy) 3. Seni ilgari ko'rmagan edim-ku, qayerliksan, - deb so'radi u. (Mirkarim Osim) 4. Keldik, - dedi Ochil kulib. (S. Barnoyev) 5. Olcha juda serob, avval ta'tib yenglar, keyin terasizlar, - dedi bir mo'ysafid. (Oybek) 6. Qadimgilar demishki: "O'z uyim - o'lan to'shagim". 2. "Kamgaplik, - deydi H. Olimjon, - donolik yo'lining boshlanishi". 3. Behbudiy:” Maktab dunyo imoratlarning eng muqaddasi va qadrlisidir”, - deb yozadi. 4. "So'z qolip, fikr uning ichiga quyilgan g'isht", - deb yozadi A. Qodiriy. 5. "Or-nomus uchun kurash bolalikdan boshlanadi", - deydi Tog'ay Murod.
Do'stlaringiz bilan baham: |