Ma‘ruza № 13
MURAKKAB QO’SHMA GAPLAR VA
ULARNING TASNIFI
MURAKKAB QO'SHMA GAPLAR VA ULARNING TASNIFI
1-topshiriq. Berilgan qo'shma gapning qismlarini aniqlang. Ularning o'zaro qanday bog'lanayotganini ayting.
O'qituvchi bo'gdan kelsa, u tog'dan keladi. Sparta davlatlarini so'rasa, Spartak yurishlariga o'tib ketadi.
(P. Qodirov)
2-topshiriq. Berilgan gap qismlarini aniqlang. Ularning o'zaro qanday bog'lanayotganini ayting.
1. Gullar ishq haqida kuylasalar, qushlar sadoqat haqida chug'urlashib bahs qilishardilar, gullar Nargisga tasalli bersalar, bulbullar chaxchaxlab, Bamburni Gullar bog'lga chaqirardilar. (Sh.Rashidov) 2. Dam qushlar ovozi yangraydi, dam daryoning shovullashi eshitiladi, dam musiqa sadosi jaranglaydi. (O'.Umarbekov)
Bilib oling. Turli bog'lovchi vositalar yordami bilan o'zaro bog'langan uch va undan ortiq gaplarning bir butunligi murakkab qo'shma gap sanaladi. Murakkab qo'shma gaplar to'rt guruhga bo'linadi: 1) bir necha ergash gapli murakkab qo'shma gaplar; 2) bir necha bosh gapli murakkab qo'shma gaplar; 3) aralash murakkab qo'shma gaplar; 4) qismlari uyushgan murakkab qo'shma gaplar.
Murakkab qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarni aniqlang. Ular o'zaro qanday vositalar yordamida bog'lanayotganini izohlang.
1. Kampirning katalakday hovlisi misoli tandir: quyosh lovullab qizdiradi-yu, atrof uylar bilan o'ralgani uchun, qilt etgan shabada yurmaydi. (M.Hazratqulov) 2. Mayli, bizga saboq bo'lmasin, lekin dunyo biz bilan tugamaydi, ortimizda farzandlarimiz bor, suyagi qotmagan ukalarimiz bor, bu yozuvlar loaqal o'shalarning kuniga yarab qolar. (M.M.Do'st) 3. Feruza uning jovdirashlariga ko'pda e'tibor bermaydi, biroq kampir shu qadar sezgirki, suhbatdoshi ne ko'ydaligini darrov bilib oladi. (M.Hazratqulov) 4. Bag'rim yoniq, yuzim qora, ko'nglim siniq, bo'yim bukik, sening ziyoratingga keldim sultonim. (Fitrat).
Murakkab qo'shma gaplarni aniqlang, ularga izoh bering.
U bir safar: "Oltin makre balig'i qanaqa bo'larkin, u haqda eshitganman-u, o'zini hech ko'rmaganman", - deb qoldi. "Kamyob baliqlardan biri, - dedi Edigey, -u dengiz tubida yashaydi, jussasi xiylagina katta, lekin uning xosiyati go'zalligida: ola-chipor ko'kimtir, suzgichlaridan tortib kemirchak tarog'gacha, xullas, boshidan to dumining uchigacha oltin singari tovlanib turadi, shuning uchun ham uni oltin makre deb aytishadi." (Ch.Aytmatov)
BIR NECHA ERGASH GAPLI MURAKKAB
QO'SHMA GAPLAR
1-topshiriq. Berilgan gaplar tarkibidagi sodda gaplarni aniqlang.
1. Reja bajarilsa, dasturxon mo'l bo'lsa, yor-u do'st, birodarlar qalin bo'lsa, tantanalar qishgacha davom etaveradi. (Oybek) 2. Boshimda tegirmon toshi yurgizsinlar, etimni nishtar bilan tilsinlar, men sizdan ajralmayman. (Hamza)
2-topshiriq. Murakkab qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarning o'zaro qanday vositalar yordamida bog'lanayotganini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |