167
47-rаsm. Bitlаr:
А, B- bоsh biti (urg‘оchi vа erkаgi);
V- kiyim biti; G- qоv biti (urg‘оchi);
D- bit sirkаlаri: 1- tukchаlаr, 2- sоchgа yopishtirib qo‘yilgаn bit sirkаlаri.
Tanasining kattaligi erkaginiki 2-3 mm, urg‘ochisiniki esa 4 mm atrofida
bo‘ladi. Rangi to‘q kulrang.
Kiyim biti kiyim- kechaklarning choklarida yashaydi va shu joylarga tuxum
qo‘yadi. Uning tanasi och kulrang bo‘lib, urg‘ochisining kattaligi 4-5 mm ga boradi.
Qorin segmentlarining ikki yonidagi pigment dog‘lar och rangda,
tanasini
qoplab turgan xitinli qoplamasi juda yupqa bo‘lib, hatto so‘rilgan qon ko‘rinib turadi.
Bitlar hayotining hamma rivojlanish davrida odam qoni bilan ovqatlanadigan, doimiy
ektoparazitdir. Bir kunda 2-3 marta 3-10 daqiqa davomida qon so‘radi, ovqatsiz 10
kungacha yashashi mumkin.
Kiyim biti harakatchan, 27°C li haroratda 1 daqiqada 35 sm masofagacha
harakat qiladi. Otalangan urg‘ochilari bir kunda 6-14 tadan tuxum (sirka) qo‘yadi.
Kiyim biti umri davomida 300 taga yaqin, bosh biti esa 150 tagacha tuxum qo‘yadi.
Tuxumdan bir haftada yosh bitchalar chiqadi.
Umuman, tuxum qo‘yishidan boshlab, voyaga yetgan bitga aylanguncha
rivojlanish davri 16-20 kunga to‘g‘ri keladi. Voyaga yetgan bitlar 1,5-2 oy yashaydi.
Ancha tez rivojlanadigan bo‘lgani uchun parazitlarning
soni qisqa vaqt ichida
ko‘payib ketishi mumkin. Bitlar qon bilan ovqatlanganda, odam terisiga o‘z so‘lagini
tushiradi. Chaqqan joylar qichishadi, qashiganda terida jarohatlar paydo bo‘ladi.
168
Bitlab ketgan odam (qarovsiz qolgan bolalar, qariyalar) pedikullyoz kasalligiga
uchrashi mumkin. Pedikullyoz avj olishi natijasida
organizmni umuman
quvvatsizlantirib, koltun degan kasallikka sabab bo‘lishi mumkin. Bu kasallikda
jarohatlangan teridan qon chiqib, jarohatlar yallig‘lanadi, yiringlaydi va sochlar bir-
biriga yopishib qoladi.
Bitlar,
shuningdek, og‘ir kasalliklar-toshmali va qaytalama terlama (tif)
tarqatuvchilari hisoblanadi. Toshmali tif bilan og‘rigan bemorning tana harorati
ko‘tariladi, badanida shu kasallikka xos bo‘lgan toshmalar paydo bo‘ladi, boshi
og‘riydi, hatto hushidan ketishi mumkin. Bu kasallikdan birinchi va ikkinchi jahon
urushlarida qanchadan- qancha odamlar qirilib ketgan.
Bitlar og‘ir
sharoitda, odamlar bir joyda to‘planib antisanitar holatda
yashashlari natijasida, yuvinish, kiyim-kechaklarni
almashtirish imkoniyati
bo‘lmaganda ko‘plab uchraydi. Ayniqsa, ocharchilik va urush yillarida bitlar keng
tarqalgan. Hozirgi sharoitda ham, odamlar g‘uj bo‘lib yashaydigan joylar, ya’ni
bog‘cha, maktab, harbiy xizmat joylari va qamoqxonalar
bitlarning tarqalishi uchun
qulay joylardir.
Kasallikning oldini olish pedikullyozni yo‘qotishdan iborat. Ichki kiyim va
o‘rin-ko‘rpalarga issiqlik yoki bug‘ bilan ishlaydigan kameralar yordamida (100°C
da) ishlov berilsa, bitlar tamomila qirilib ketadi. Shu bilan birga,
shaxsiy gigiyena
qoidalariga ham qat’iy rioya qilish kerak. Yana shuni ham eslatib o‘tish kerakki,
rikketsiyalar o‘lib, qurib ketgan bitlar tanasida ham ancha vaqt tirik holda saqlanishi
mumkin, hatto qurib ketgan bitlaming axlatida ham uzoq vaqtgacha o‘zining
yuqumliligini yo‘qotmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: