Учебно-методический комплекс по "Энтомологии" подгатовлен на основе современной педтехнологии. Настоящий комплекс подготовлен на основании действующей



Download 11,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/348
Sana20.04.2022
Hajmi11,19 Mb.
#566981
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   348
Bog'liq
entomologiya

 
Ochiq yoki erkin mo‘ylovlilar 
(Gymnocerata)
kenja turkumi 
vakillarida 
mo‘ylovlari normal rivojlangan. Ko‘pchiligi quruqlikda (ba’zilari suvda) yashaydi. 
Bularga bir nechta oila kiradi.
 
Parazit qandalalar 
(Cimicidae)
oilasi.
Tanasi yassi, oldingi qanotlari juda 
qisqarib ketgan. Issiq qonli hayvonlarning qonini so‘rib oziqlanadi. Qush uyalarida, 
ko‘rshapalaklarda, daraxt kallaklarida, g‘orlarda uchraydi. 100 dan ortiq turlari 
qushlar va sutemizuvchilarda ektoparazitlik qilib yashaydi.
 
Shularning ichida to‘shak qandalasi (
Cimex lectularius
) muhim o‘rin tutadi. 
To‘shak qandalasi kosmopolit tur hisoblanib, yer yuzida keng tarqalgan. Uning 
kattaligi 4,5- 8,4 mm keladi. Tanasi mayda tukchalar bilan qoplangan. Parazitlik 
hayotiga moslashishi tufayli ularning qanotlari qisqarib, tanasi yassilashgan. Oyoqlari 
yuruvchi tipda bo‘lib, tez harakatlanadi. To‘shak qandalasi, asosan, tunda hayot 
kechiradi, kunduzi devor, pollarning yoriqlarida, uy burchaklarida, mebel, uy-
ro‘zg‘or buyumlarining ostida yashirinib yotadi. Qon so‘rish paytida terini teshishi va 
suyuqlik yuborishi tufayli qattiq og‘riq paydo bo‘ladi. Ular ommaviy holda 
urchishidan odamlar qattiq bezovtalanishi va yaxshi uxlay olmasligi mumkin.
To‘shak qandalasi, odatda, kunduzi yashirinadigan joylariga tuxum qo‘yadi. 
Bitta urg‘ochisi bir kecha-kunduzda 12 tagacha, hayoti davomida esa bir necha 
yuzlab tuxum qo‘yadi. Lichinkalar 1,5 yilgacha och yashay oladi. Jinsiy voyaga 
yetgan qandala 14 oygacha yashashi mumkin. 
To‘shak qandalasi hayotining barcha bosqichlarida faqat issiqqonli hayvonlar 


170 
va odam qoni bilan oziqlanadi.
To‘shak qandalasi har xil yuqumli kasallik mikroblarini mexanik ravishda 
tashib yuradi. Uyda, jamoat muassasalarida, transport vositalarida to‘shak 
qandalasining tarqalishi sanitariya-gigiyena qoidalarining buzilishi oqibatidir. Ularga 
qarshi kimyoviy vositalar orqali kurash olib boriladi. 
Yirtqich foydali qandalalar qatoriga nabidlar 
(Nabidae),
antokoridlar 
(Antacoridae),
reduviidlar 
(Reduviidae)
va boshqa oilalarning vakillari kiradi. 

Download 11,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish