164
bo‘g‘imli. Ikkala juft qanotlari (agar ular taraqqiy etgan bo‘lsa) pardasimon va siyrak
tomirlangan. Oyoqlari ingichka, panjalari 2-3 bo‘g‘imli, harakatchan.
Pichanxo‘rlar daraxt va butalarda,
xashaklar orasida, devor kovaklarida,
o‘simlik va hayvon mahsulotlarida, qushlar hamda boshqa hayvon inlarida, tuproqda,
uylarda, kutubxonalarda va boshqa joylarda yashaydi. Tabiiy sharoitda organik
qoldiqlar va zamburug‘lar bilan oziqlanadi. Pichanxo‘rlar g‘o‘zaning ko‘sak
va tola
kasalliklarini, masalan, pushtirang chirish kasalligini qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larning
sporalarini tarqatishda ishtirok etadi.
Pichanxo‘rlar tropik va subtropik mintaqalarda keng tarqalgan. 1500 ga yaqin
turi ma’lum, shulardan MDH da 60 dan ortiq turlari uchraydi.
Parxo‘rlar
(Mallophaga)
turkumi
vakillari qanotsiz bo‘lib, qushlarning va qisman
sutemizuvchilarning parazitlari hisoblanadi. Parxo‘rlarning tanasi bir oz yassilashgan,
ko‘zlari o‘z navbatida reduksiyaga uchragan. Ularning tanasi tig‘iz, odatda, sertuk,
kattaligi 0,5-11 mm.
Boshi yirik, ko‘krak qismidan ko‘ra kengroq. Og‘iz apparati
kemiruvchi tipda, parazitlik hayotiga maxsus moslashgan. Oyoq panjalari 1-2
bo‘g‘imdan iborat bo‘lib, bitta yoki ikkita “tirnoqcha” bilan tugallanadi.
Parxo‘rlar o‘zlarining tuzilishi bilan bir tomondan pichanxo‘rlarga o‘xshasa,
ikkinchi tomondan bitlarga o‘xshab ketadi. Parxo‘rlar patlar, parlar, sochlar, tuklar orasida
yoki terida parazitlik qilib hayot kechiradi. Ularning ayrim turlari hatto yirik qushlarning
og‘iz bo‘shlig‘ida uchrab, ularning endoparazitlariga aylangan. Parxo‘rlarning tuxumlari
qopqoqchali bo‘lib, patlarga, sochlarga, junlarga yopishib turadi. Shunday tuxumlardan tez
muddat ichida lichinkalar paydo bo‘ladi. Lichinkalar o‘z tuzilishiga ko‘ra
voyaga
yetganlariga o‘xshash, faqat o‘lchamlari va teri pigmentlari bilan farq qiladi.
Parxo‘rlarning umumiy rivojlanishi 3-4 haftani o‘z ichiga oladi. Ular asosan
teri epidermisi,
patning ayrim qismlari, teridan ajraladigan mahsulotlar hisobiga,
shuningdek, yaralardan ajraladigan moddalar hisobiga oziqlanadi, o‘zlari
yashayotgan organizmni
juda ham bezovta qiladi, buning evaziga hayvonlarning
mahsuldorligi kamayadi.
It va mushuklarning junxo‘rlari jun ostida yashab, parazitlik qilish bilan birga,
ba’zan ayrim tur parazit chuvalchanglarning tuxumlarini ham tarqatadi.
Parxo‘rlar turkumi o‘z navbatida 2 ta kenja turkumga va bir nechta oilaga
bo‘linadi. Haqiqiy parxo‘rlar kenja turkumiga oqish tovuq parxo‘rini
misol qilib olish
mumkin. Pat va junxo‘rlar kenja turkumiga esa tovuqlarning bosh parxo‘ri va kaptar
parxo‘rini ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, ularga kattaligi 4-5 mm keladigan yirik o‘rdak
parxo‘ri, it, mushuk va boshqa sutemizuvchilarda uchraydigan junxo‘rlarni ham ko‘rsatish
mumkin (45-rasm).
It va mushuk junxo‘rlari odamda parazitlik qiladigan bir tur gijjani yuqtiradi.
Kimyoviy preparatlardan foydalanib, parxo‘rlarga qarshi kurash olib boriladi.
Parxo‘rlar turkumiga 2600 ga yaqin tur kiradi, shulardan 300
ga yaqin turi
165
sutemizuvchilarda, qolganlari esa qushlarda parazitlik qiladi. Ulardan taxminan 400 ga
yaqin turi MDH mamlakatlarida uchrashi qayd qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: