Tuzuvchilar: ttymi t f. n., dotsent R. S. Razikov ttymi t f. d professor S. S. Sulaymanov ttymi assistant H. M. Komilov Taqrizchilar: t f. n., dotsent


Kimyoviy zararlanishlarni o`lchash asboblari



Download 12,43 Mb.
bet43/50
Sana27.03.2022
Hajmi12,43 Mb.
#512385
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50
Bog'liq
HFX(metodichka) - копия

13.2. Kimyoviy zararlanishlarni o`lchash asboblari
Hozirgi zamon ZM larni aniqlash uchun ximiyaviy razvedkaning qo`shni asbobi (VPXR), meditsina va veterinariya xizmatlari ximiyaviy razvedkasi va asbobi (PXR-MV), meditsina dala ximiyasi laboratoriyasi (MPXL), avtomatik gazsignalizator (GSP-11)lar ishlatiladi.
ZM larni ximiyaviy razvedka dala asboblari bilan aniqlash, so`rilayotgan zaharlangan havo oqimi reaktiv orqali o`tganda uning rangining o`zgarishi printsipiga asoslangan; bunda reaktiv rangi intensivligi to`ldiruvchidagi ZM ning havodagi kontenratsiyasiga to`g’ri proportsionaldir.
Indikator trubkalardagi reaktiv kavsharlangan ampula va to`ldirgichda bo`ladi.
Ximiyaviy razvedkaning qo`shin asbobi (VPXR) (11.1.-rasm) havoda, joylarda, texnikada zarin, zoman, iprit, fosgen, difosgen, sinil kislota, xlortsian, shuningdek Ux gazlarning havoda borligini aniqlashga mo`ljallangan. Asbob qopqoqli korpusdan, unga o`rnatilgan qo`l nasosi, nasadka, indikatorli trubkalari bo`lgan qog’oz kassetalar, tutunga qarshi filtrlar, himoya qalpoqchalari, elektrofonar’, korpus va unga qo`yiladigan ptronlardan tashkil topgan. Undan tashqari, komplektga namuna olish uchun kurakcha, asbob ishi bo`yicha, zoman tipidagi ZM larni havoda aniqlash, asbobni ishlatish bo`yicha instruktsiyalar va pasport kiradi. Asbobni olib yurish uchun elkadan o`tkaziladigan qayish bor. Komplekt og’irligi 2,2 kg.
Qo`l nasos zararlangan havoni indikatorli trubkada joylashgan reaktiv orqali so`rish uchun xizmat qilib, bu trubka nasos bosh qismidagi teshikka o`rnatiladi. Nasos bilan 50-60 marta so`riladigan 1 minutda indikatorli trubka orqali 2 l ga yaqin havo o`tadi. Nasos havoni bir yo`nalishda so`radi. Nasos ruchkasida 2 ta shqr’-ampula ochgich bo`lib, ular yordamida indikatorli trubkalardagi reaktivli ampulalar sindiriladi. Indikatorli trubkalarning uchlarinisindirish va yo`nish uchun nasos bosh qismida moslama o`rnatilgan.
Nasos. Nasadkasi har xil predmetlarda, sepiluvchi materiallarda (ximoya qalpoqchalardan foydalangan holda) va tutunli havoda (tutunga qarshi filtrlardan foydalangan holda) ZM larni aniqlash uchun xizmat qiladi.
Indikatorli trubkalar ZM larni aniqlash uchun mo`ljallangan va kavsharlangan shisha trubkalardan iborat bo`lib, ularning ichida to`ldirgich va reaktivli shisha ampulalar joylashgan. Trubkalar rangli halqalar ko`rinishdagi belgilarga ega; bitta qizil halqali va qizil nuqta- zarin, zoman va Ux-gazlarni; uchta yashil halqali fosgen, difosgenni, sinil kislota, xlortsianni; bitta sariq halqa ipritni aniqlash uchun mo`ljallangan. Reaktivlar ma`lum vaqt saqlangandan keyin ularni yangilari bilan almashtirish kerak. Bir xil belgili indikatorli trubkalar 10 tadan qog’oz kassetaga joylashtirilgan. Kassetalarda reaktiv tayyorlangan vaqti va nasos bilan necha marta tortishligi ko`rsatilgan bo`lib, to`ldiruvchi modda rangi havoda ZM lar bor yoki yo`q bo`lganda qanday bo`lish ko`rsatilgan.
Tutunga qarshi filtrlar maxsus kartondan qilingan plastiklar bo`lib, havoda nordon bug’lar miqdorini tutunda, tuproqda va soluvchi materiallarda Zm larni aniqlash uchun foydalaniladi.
Himoya qalpoqchalari voronkasimon nasadkaning ichki yuzasini hir xil Obyektlarda (texnikada, tuproqda, binolarda) Zm larni aniqlashda zararlanishdan saqlaydi.
Qizdirgich havo temperaturasi past bo`lganda indikatorli trubkalarni qizdirib ZM larni aniqlashga mo`ljallangan. Bundan tashqari sariq va qizil halqali indikatorli trubkalar 100 dan past temperatura bo`lganda qizdiriladi. Undan indikatorli trubkalar ampulalaridagi reaktivni eritish uchun foydalaniladi.
Havodagi ZM larni aniqlash zarin,- zoman va Ux –gazlaridan boshlanadi. Buning uchun asbob qolpog’i ochilib, siljitiladi va nasos chiqarib olinadi. Ikkita bitta qizil halqali va qizil nuqtali trubka olinib, uchlari kesib tashlanadi va ochiladi. Trubkani ochishdan oldin qizdirgichda 100 va past temperaturada qizdiriladi. 0,5-3 min mobaynida reaktiv eriydi. Nasosning ampula ochgichi yordamida mos keluvchi tamg’a bilan tamg’alangan indikatorli trubkalarning 2 tasini yuqori ampulasi sindiriladi, tamg’alangan tomoni bilan olinib, mahkam ushlanadi. 2-3 marta silkitiladi. Undan keyin trubkalardan birini (sinalayotganini) nasosga tamg’alanmagan tomoni bilan o`rnatiladi va 5-6 marta so`rilib, u orqali havo olinadi. Ikkinchi trubka orqali (kontrol’) havo so`rilmaydi, u asbobning maxsus teshigiga joylashtiriladi. Havo so`rilgandan keyin ampula ochgich yordamida ikki trubkaning pastki ampulasi sindiriladi, chayqatilib, to`ldirgichlarning rang o`zgarishi kuzatiladi. Past temperaturada ikki trubkaning pastki ampulasini ochishdan oldin 1 minut davomida qayta qizdiriladi.
Pastki ampulalar ochilib va ular chayqatilgandan keyin to`ldirgich qizil bo`lib qoladi, undan keyin rang sariq tusga o`tadi. Kontrol’ trubkada sariq rang paydo bo`lishi vaqtida sinalayotgan naysaning to`ldirgichning qizil rangi saqlanishi havoda, zarin, zoman va Vx-gazning borligini ko`rsatadi. Sinalayotgan naycha to`ldirgichida kontrol’ trubkada ham sariq rang paydo bo`lishi havoda yuqoridagi ZM larning yo`qligidan dalolat beradi. Agar indikator naychalarining pastki ampulalari sindirilganda to`ldirgich sariq rangi darrov paydo bo`lsa (bu narsa tekshirilayotgan havoda nordon xususiyatli modda bo`lganda kuzatiladi), natijada bunday holda ZM larni aniqlash tutunga qarshi filtrni qo`llash bilan qaytariladi.
Asbob yordamida zarin, zoman va Vx – gazlarining xavfsiz kontsentratsiyalarini ham aniqlash mumkin. Nomlari tilga olingan ZM larni aniqlash yuqorida ko`rsatilgan tartibda o`tkaziladi: faqatgina sinalayotgan indikator naychasi orqali nasos bilan 50-60 marta havo so`rilganda va naychalarning pastki ampulalar birdaniga emas, balki 2-3 minut o`tgandan so`ng sindiriladi. Nerv-paralitik ta`siriga ega bo`lgan ZM larning miqdorini emas, balki fosgen va sinil kislotasining havoda borligi aniqlanadi. Buning uchun 3 ta yashil halqali indikatorli trubkani olib, uning uchlari sindiriladi, nasosga trubkani qo`yib va nasos bilan 10-15 marta so`riladi. Naycha nasosdan chiqarib olinib, qog’oz kassetasida saqlanadigan 3 ta yashil halqali trubkalardagi etalon to`ldirgichi bilan solishtiriladi. Sinil kislotasi bor bo`lsa to`ldirgich pastki qatlami qizg’ish-siyoh, fosgen yoki defosgen bo`lsa, to`ldirgich ustki qatlami qoramtir-ko`k rangda bo`ladi. So`ng havoda iprit borligi aniqlanadi, buning uchun bitta sariq halqali indikatorli naycha uchlari sindirilib, nasosga qo`yiladi va nasos bilan 60 marta so`riladi. Bir minutdan keyin qog’oz kassetadagi 1 ta sariq halqali trubka bilan solishtiriladi. Iprit bor bo`lsa, to`ldirgich jigar rangda bo`ladi.
ZM larni tuproq va sochiluvchi materiallarda aniqlash. Buning uchun indikatorli trubkani olib tayyorlash kerak va u nasos boshiga qo`yiladi. Undan keyin nasadkaga nasos moslamasi qo`yilib, himoya qalpoqchasi voronkaga kiygiziladi. Zararlanishi gumon qilingan erdan kurakcha yordamida tuproq yuqori qatlami olinib va uni himoya qalpoqcha chetlarigacha sepiladi. Voronkaga tutunga qarshi filtr o`rnatilib, mahkamlanadi va talab etiladigan miqdorda nasos bilan ifloslangan havo so`riladi. Keyin tutunga qarshi filtr, namuna va qalpoqcha olinib, tashlab yuboriladi. Indikatorli naycha chiqarib olinib, ZM lar qog’oz kassetadagi etalon to`ldirgich rangi bilan solishtirilib aniqlanadi. Sochiluvchi materiallarda zarin, zoman, Vx –gazlarini aniqlash uchun 2 ta tekshirilayotgan va kontrol’ indikatorli naychalar olinadi va ular havoda qanday qilingan bo`lsa, bu erda ham shunday qilinadi.
Joylarda, kiyimlarda va har xil predmetlarda ZM larni aniqlash, zarin, zoman Vx –gazlarini o`rganishdan boshlanadi. Buning uchun 2 ta bir qizil halqali va bir qizil nuqtali indikatorli naychalar olinib, ularning yuqori ampulasi sindiriladi va 2-3 marta qattiq chayqaladi. So`ng nasos teshigiga tamg’alanmagan tomoni qo`yiladi, nasadki buraladi, voronka nasadkasiga himoya qalpog’i kiygiziladi, erga nasadka tekkizib qo`yiladi yoki tekshirilayotgan predmet yuzasiga shunday qo`yiladiki, voronka eng yorqin ko`ringan zararlanish belgilari bor joyni to`liq bekitilishi shart va trubka orqali havo so`rilishi uchun zarur miqdorda nasos harakatlantiriladi. Kontrol’ trubka orqali havo so`rilmaydi. Keyin nasadka olinadi, himoya qalpog’i tashlanib, asbobga nasadka qo`yiladi, indikatorli naycha, nasos uyasidan chiqarib olinadi va naychalarning pastki ampulasi sindiriladi. Indikatorli naychadan havo so`rilgandan keiyn 1 minut o`tgach tajriba naychasining to`ldirgichi rangi bilan solishtiriladi.
SHunga o`xshash joylarda, texnikada, kiyimda va har xil predmetlarda iprit borligi aniqlanadi; bu holda bitta sariq halqali indikatorli trubkalardan foydalaniladi.
Meditsina va veternariya xizmatlari-ximiyaviy razvedka asbobi (PXR-MV). Asbob suvda, em-hashaklarda, oziq-ovqatlarda, havoda va har xil predmetlarda zarin, zoman Vx –gazlari, iprit, loizit, xlortsian, sinil kislotasini aniqlash uchun mo`ljallangan. Bundan tashqari, bu asbob yordamida suvda sinil kislota tuzlari i, alkaloidlar, og’ir metallar tuzlarini; em-hashaklarda va havoda fosgen hamda defosgenni aniqlash mumkin. Ammo havodagi va predmetlardagi Zm larni VPXR yordamida maqsadga muvofiqdir.
PXR-MV asbobi suv, tuproq va boshqa materiallardan yuqumli kasallik qo`zg’atuvchi turini aniqlash, ularning namunalarini laboratoriyaga jo`natishga imkon beradi.
Asbob qopqoqli korpusdan, nasosdan, indikatorli naychalari bor qog’oz kassetalardan, quruq reaktivli mato kassetalardan, probirkalardan, Dreksel sklyankalaridan, metall bankadan, bakteriologik vositani olish uchun 4 marta maxsus probirkalardan, em-hashaklarda ZM larni aniqlashda quruq havo ekstratsiyasi uchun bankadan tashkil topgan. bundan tashqari, koplektga kurakcha, qaychi, pipetkalar, namunalari bor bankalarga yopishtiriladigan leykoplastr’ va polietilen xaltachalar kiradi. Asbobdagi nasos kollektorli bo`lib, bir vaqtning o`zida 2,3,4 yoki 5 indikatorli naychalar orqali havo so`rishga imkon beradi.
Suvdagi ZM larni va zaharlarni aniqlash uchun belgilangan dreksel probirkasiga ma`lum reaktivlardan foydalaniladi (14 rasm). Reaktiv rangiga qarab yoki uning rangini standart reaktiv rangi bilan solishtirish natijasida aniqlanadi. Suvda zoman, zarin Vx –gazlarini aniqlashda ampulalar to`plamidan foydalaniladi va 2 ta namuna tajriba va kontrol’ (ZM lar, distillangan suv) olinadi. Em –hashaklarda va oziq-ovqat namunalarida ZM lar havo ekstratsiyasi usuli bilan aniqlanadi. Namunani bankaga joylashtirilib, uni buraladigan metall qopqoq zich yopiladi. Qopqoq orqali banka ichiga uning tubigacha 1 ta naycha tushadi, ikkinchisi egilgan bo`lib, tashqariga chiqadi. Ushbu chiqqan naycha indikatorli naychaga va nasosga ulanadi. Havo namuna orqali so`riladi (14 rasm) yoki tekshirilayotgan namunali banka bilan nasos o`rtasiga suvli Dreksel sklyankasi probirkasi joylashtiriladi. Havo namuna va suv orqali so`riladi, so`ng dreksel probirkasi suvidagi ZM larni aniqlaydi.



Download 12,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish