Mavzu: O`simliklarni karantin kasalliklarini aniqlash usullari.
Reja:
KIRISH.
ASOSIY QISM
1. O`simliklar karantin kasalliklarni qo’zgatuvchi zamburug`larni aniqlash usullari.
2. Karantin kasalliklarni qo`zg`atuvchi bakteriyalarni aniqlash usullari.
3. Karantin kasalliklarni qo`zg`atuvchi viruslarni aniqlash usullari.
4. O’simliklarni zararlovchi nematodalarni aniqlash usullari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Qishloq xo‘jalik ekinlarini etishtirish jarayonida ularni vegetatsiya davomida uchraydigan kasalliklardan himoya qilish bilan birga, respublika xududida muhim karantin tadbirlarini chegara maskanlarida muntazam amalga oshirib bizda uchramaydigan zararli organizmlardan muhofaza qilish davlat ahamiyatiga moyil masala hisoblanadi.
Respublika hududini mamlakat ichkarisida uchramaydigan kasalliklardan xorijiy davlatlar orqali kirib kelishi mumkin bo‘lgandan manbalaridan himoya qilish karantin inspektsiyasi xodimlarining asosiy vazifasi hisoblanadi. Mamlakatimiz ichkarisida yangi, zararli mikroorganizmlar manbalari aniqlangan taqdirda ularni o‘z vaqtida o‘rgan bilish turlarini aniqlash, tarqalishini chegaralash uchun karantin tadbirlarini qo‘llab, bartaraf qilish ham muhimdir.
Qishloq xo‘jaligida karantin mikroorganizmlarning zararini kamaytirish maqsadida respublika miqiyosida qator karantin tadbirlarini amalga oshirilmoqda. O‘simliklar karantini ma’lum hududda uchramaydigan, chet eldan kelib qolishi mumkin bo‘lgan begona o‘t, zararkunandalar, kasalliklarning o‘tishidan himoya qilishga, o‘tgan taqdirda esa darrov havf oldini olish va yo‘q qilishga qaratilgan davlat axamiyatiga ega bo‘lgan tadbir va choralar sistemasidir. Karantin chora tadbirlari O‘zR Vazirlar maxkamasi qoshidagi Respublika O‘simliklarni ximoya qilish instituti va O‘z O‘simliklar karantini davlat inspektsiyasi tamonidan amalga oshiriladi.
O‘simliklar karantini kasalliklari tur tarkibini va miqdorini aniqlash yo‘llaridagi mavjud xuquqiy xujjatlar, qonunlar bilan tanishtiradi. Xar bir mintaqada mavjud va kirib kelishi mumkin bo‘lgan kasallikning rivojlanishi va tarqalishida biologik xususiyatlarining axamiyati bilan tanishtiradi. O‘tkazilgan nazorat yuzasidan ma’lumotlar tuzish, uni yuqori tashkilotlarga taqdim etish va tarqalishi xavf tug‘diradigan kasalliklar ro‘yxati bilan tanishtirish imkonini beradi..
Xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy, savdo munosabatlarining kengayishi bir davlat hududida uchraydigan kasallik qo‘zg‘atuvchilarini va hashoratlarning boshqa hududlarga tarqalib o‘z arealini kengayishiga yoki yangilarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.
Fitopatologik bilimlar saviyasi kasallikning kelib chiqishi, tarqalishi, zarari, patogenlik jarayonining sabablarini to‘g‘ri bilish, ularga qarshi kurashning ilmiy asoslangan choralarini ishlab chiqish darajasiga bog‘liqdir. O‘simlik kasalliklariga qarshi kurash ularning hosildorligini oshirish, isrof qilmasdan saqlash maqsadiga qaratilgan yagona iqtisodiy siyosatini amalga oshirib qolmasdan, balki zararsiz, xavfsiz kimyoviy va biologik vositalardan foydalangan holda inson salomatligini, hamda tashqi muhitni muhofaza qilishga va insonlar salomatligini mustahkamlashga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Har bir fermer, qishloq xo‘jaligi mutaxassislari ekinlarning kasalliklarini to‘g‘ri aniqlab, zamonaviy kurash choralarini qo‘llash asosida, hosildorligini saqlab qolish yo‘llarini bilish lozim. Buning uchun fitopotologiyaga oid bilimlarga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash ta’lim tizimida asosiy rol o‘ynaydi.
Kasalliklarga qarshi kurashdan ko‘ra uning oldini olish muhimdir. Buning uchun kasallikni keltirib chiqaruvchi zamburug‘lar turini to‘g‘ri aniqlash, kasallik belgi-larining namoyon bo‘lishi, infektsiya manbalarini bilib, ularning ekinlarga keltiradigan zararini keskin kamaytirish va ekinzorlarning fitosanitariya holatini yaxshilash imkonini beradi.
Qishloq xo‘jalik o‘simliklarining kasalliklariga qarshi kimyoviy kurash choralarini o‘tkazishda fungitsid, pestitsidlarni surunkasiga qo‘llash biosferada ular qoldiqlarining to‘planib barcha tirik organizmlarga salbiy ta’sir ko‘rsatib, hamisha ijobiy natijalar bermaydi. Har qanday ekinlarni etishtirishda ularning kasalliklariga qarshi yuksak malakali himoya choralarini rejali o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish agrotexnik tadbirlar majmuasiga kirgan jarayonlarga ilmiy yondoshishni taqoza qiladi.
O‘simliklar karantini ma’lum hududda uchramaydigan, chet eldan kelib qolishi mumkin bo‘lgan begona o‘t, zararkunandalar, kasalliklarning o‘tishidan himoya qilishga, o‘tgan taqdirda esa darrov havf oldini olish va yo‘q qilishga qaratilgan davlat axamiyatiga ega bo‘lgan tadbir va choralar sistemasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |