Mavzu: O`simliklarni karantin kasalliklarini aniqlash usullari. Reja: kirish. Asosiy qism


O`simliklar karantin kasalliklarni qo’zgatuvchi zamburug`larni aniqlash usullari



Download 30,47 Kb.
bet2/5
Sana02.06.2022
Hajmi30,47 Kb.
#631009
1   2   3   4   5
Bog'liq
O`simliklar karantin kasalliklarini aniqlash.

O`simliklar karantin kasalliklarni qo’zgatuvchi zamburug`larni aniqlash usullari

Zamburug’lar - geterotrof oziqlanuvchilar orasida eng keng tarqalgan eukariot organizmlar bo'lib, turlari soni 100 mingdan ortiq. Evolutsion rivojlanish jarayonida Zamburug’laming yangi turlari hosil bo'lishi davom etmoqda. Zamburug’larning xlorofili bo'lmaganligidan ular tayyor organik rnoddalar hisobiga oziqlanadi. Zamburug’laming o'lchami bir mkm.dan bir necha santimetrgacha bo'ladi. Ular suvda, havoda, tuproqda hayot kechiradi. Ular ham o'sirnliklar bilan hayvonlarga o'xshash xususiyatga ega bo'lib, azot va uglevodlar alrnashinuvini arnalga oshiradi, mitseliysining tarkibini xitin rnoddasi tashkil qiladi. O'sirnliklarga o'xshashligi ulaming shirnib oziqlanishi va cheksiz o'sishidir. Zamburug’laming ferment hosil qilish xossasi yaxshi rivojlangan bo'lib, shu tufayli ular turli sharoitda organik rnoddalami parchalay olganligidan tez o'sadi, ko'pgina fiziologik faol rnoddalar ishlab chiqaradi. lurnladan, arninokislotalar, oqsillar, vitarninlar, fermentlar Zamburug’lar faol sintez qiladigan rnoddalar qatoriga kiradi. Bu rnoddalardan biotexnologiya jarayonlarida, oziq-ovqat rnahsulotlarini qayta ishlashda, rneditsinada va qishloq xo'jaJigida keng foydalaniladi.


Zamburug’laming salbiy zarari qishloq xo'jaligi o'sirnliklarida kasallik keltirib chiqarishida, oziq-ovqat rnahsulotlarining buzilishida, inson va hayvonlar salornatiigining yornonlashishida namoyon bo'ladi. Zamburug’lar evolutsiyasi tabiatda yangi rnikrosenozlar hosil bo'lishi va ulaming yangi parazitlik xossalari narnoyon bo'lishida arnalga oshrnoqda. Zamburug’lami o'rganadigan fan mikologiya deb nornlanadi (mykosZamburug’, logos - fan, ta'lirnot degan rna'noni bildiradi) va botanikaning bir bo'lirni hisoblanadi. U Zamburug’lar rnorfologiyasi, biologiyasi, anatorniyasi, fiziologiyasi, biokirnyosini, ekologiyasi, geografiyasini va ulaming tabiatdagi rolini o'rganadi. Keyingi yillarda rneditsina rnikologiyasi va veterinariya rnikologiyasi ham rivojlana boshladi. Achitqi Zamburug’laridan non yopishda, oqsilga boy bo'lgan sharnpinonlar va veshinkalardan tanqis taornlar tayyorlashda foydalaniladi.
Zamburug'lar to'g'risidagi ta'limot ilm-fan va texnika taraqqiyoti tarixi bilan uzviy bog'liq. Ular to'g'risidagi dastlabki ma'lumotlar eramizdan oldingi IV asrda Teofrast tomonidan aytilgan. Mikologiya fanining rivojlanishi to'rt davrga bo'linadi.
I davr XIX asr o'rtalarigacha bo'lgan muddatda, 1578-yili golland botanigi K.Klauzis 200 turdagi zamburug'lar atamalarini chop ettirgan. XVIII asming ikkinchi yarmida Person (1761-1838) ikki tomli asarida zamburug'laming dastlabki tafsilotini bayon etgan (1801), keyinchalik shved botanigi E. Frisa ularning birinchi sistematikasini (1832) yaratgan.
II davr XIX asr oxirigacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Bu davrda A-de Bari tomonidan eksperimental mikologiya fani asoslab berildi. U zamburug'lami o'stirish va sof kultura olish usulini asosladi. M. S. Voronin kungaboqar o'simligining zang kasalligini, mikoriza hosil qiluvchi zamburug'lar biologiyasini va kasallik qo'zg'atuvchi zamburug'lami o'rgangan. Bu davrda umumiy mikologiya, fitopatologiya fanlari paydo bo'lgan. .
III davr XIX asr oxiri XX asr boshlarida zamburug'lar sitologiyasi faniga asos solindi, ular yadrosining genetikasi, fiziologiyasi, biologiyasi, ekologiyasining ilmiy asoslari yaratildi. Bu davrda A.A. Yachevskiy (1863-1932) dastlab mikologiya laboratoriyasini, keyin o'simliklami himoya qilish institutini tashkil etdi. 1897 -yilda u Rossiyada birinchi bo'lib zamburug'lar aniqlagichini yaratdi. Rossiya hududida uchraydigan zang zamburug'larining dastlabki tafsiloti Y.G. Transhelo (1939) tomonidan yozildi. XX asr boshlaridan zamburug'lar fiziologiyasi faniga asos solindi. Mikologiya fani rivojlanishining
IV davri zamburug'laming fiziologik va biologik xossalarini o'rganishdan boshlandi. Zamburug'laming molekulyar tuzilishini o'rganish asosida ulaming metabolitlaridan meditsinada, qishloq xo'jaligida, sanoatda foydalanish masalasi hal qilindi. N.A. Naumov (1888-1959) mog'or zamburug'larining morfologiyasi, sistematikasini va Rossiyaning ayrim hududlarining mikoflorasini o'rgandi. S.I.Vanin (1890-1955) daraxt o'simliklari kasalliklarini o'rgandi. A. S. Bondarsev Yevrosiyo materigining Yevropa qismida trutoviklar va madaniy o'simliklami kasallantiradigan zamburug' kasalliklari to'g'risida mukammal ma'lumotlami chop ettirdi. L.1. Kursanov - mikologiya asoslari va tuban o'simliklar aniqlagichining asoschisi hisoblanadi. Zamburug'larning tuzilishi. Zamburug'lar xlorofilsiz mikroorganizmlardir. Vegetativ tanasi tuban zamburug'larda bir hujayralilari tallom (Thallophuta), ko'p hujayralilari gifa (Mucata)dan tuzilgan bo'ladi. Hozirgi zamon tasavvuri bo'yicha, zamburug'lar o'simliklarga o'xshab cheksiz o'sish, hujayrasida qutbiylik bo'lishi, hayvonlarga o'xshab geterotrof oziqlanish, glikogen hosil qilish xossasiga ega va hujayra po'sti xitin moddasidan tashkil topgan.
Zamburug'lar hujayrasi po'st, sitoplazma, endoplazmatik to'r, mitoxondriy, ribosoma, vakuola va yadrodan tashkil topgan (l-rasm). Yadrosining tuzilishiga ko'ra, zamburug'lar eukariot organizmlarga kiradi. Hujayra po'sti tashqi va ichki qavatdan tashkil topgan bo'lib, qalinligi 0,2 mkm ni tashkil qiladi. Tashqi qavati hujayrani himoya qiladi. Hujayra tarkibining 80-90% ni polisaxaridlar, oqsillar, polifosfatlar tashkil qiladi. Asosi xitin va sellulozadan iborat bo'ladi. Shuningdek, uning tarkibida 20% gacha glukuron kislota, mannoza, galaktoza, glukoza ham bo'ladi. Hujayra po'stida xitin, oqsil va yog' ham uchraydi. Masalan, Aspergillis niger zamburug'i hujayrasining po'sti tarkibida uglevodlardan glukoza, mannoza, arabinoza (73-83%), geksozamin (9-13%), lipidlar 2-7%, oqsil 0,5-2,0%, fosfor 0,1% bo'ladi. Xitin moddasi hujayra po'stining 60% dan ortiq quruq massasini tashkil qiladi. Hujayra po'sti ko'p qavatli bo'lib, fennentlar ta'sirida parchalanishi mumkin. Zamburug'lar protoplasti. Hujayralar ichidagi suyuqlik protoplast deyilib,u bosim kuchi ta'sirida hujayralar devoriga bosib turadi. Unda hujayrada ro'y beradigan barcha metabolitik jarayonlar amalga oshadi. Hujayra po'stidagi teshikchalar orqali protoplastlar o'zaro qo'shilishi mumkin. Protoplastda mitoxondriy, yadro joylashgan bo'ladi
Sitoplazma membranasi hujayra po'sti bilan sitoplazma orasida hosil bo'ladi.Uning vazifasi hujayra ichiga kiradigan va undan chiqadigan moddalami nazorat qilishdir. Hujayra sitoplazmasi ipsimon, naysimon va pufaksimon tuzilishdagi organellalardan tashkil topgan. Sitoplazma ichida joylashgan organellalar qatoriga Golji kompleksi ham kiradi. U yadro membranasida, gifalar to'siqlarida, konidiyalarda hosil bo'ladi. Sitoplazma tarkibida oqsil, aminokislotalar, RNK, uglevodlar, yog'lar uchraydi. Vakuola tez ko'zga tashlanadigan yumaloq organoiddir. Unda zaharli moddalar yig'ilib, hujayra uchun keraksiz moddalar ham hosil bo'ladi. Lizosomalar Golji kompleksi atrofida pufakcha shaklida hosil bo'ladi. Ulaming vazifasi hujayra uchun zararli bo'lgan metabolitlami chiqarib tashlashdan iborat.
Yadro ikki qavatdan tashkil topgan po'st bilan o'ralgan bo'lib, yadrocha-xromosoma va DNKdan tuzilgan. Zamburug'larda bitta, ikkita yoki ko'p yadro hosil bo'ladi.O'lchami 2-3 mkm bo'lib, vazifasi DNK replikatsiyasini yetkazib beradi, irsiy belgilami nasldan naslga o'tkazadi. Konidiyalaming har bir bo'lagida bittadan yadro bo'ladi. Mitoxondriy hujayrada energiya manbayi hisoblanadi. U tashqi va ichki membrana bilan o'ralgan bo'lib, ichida kristlar hosil bo'ladi. Yashash sharoitiga bog'liq ravishda ulaming soni o'zgarib turadi. Masalan, aerob sharoitda 5% Ii glukozada 3-8 ta, 1% Ii glukozada 10-20 ta bo'lib, anaerob sharoitda mitoxondriy uchramagan. Mitoxondriyda fermentlar hosil bo'ladi, nuklein kislotalar, oqsil, uglevodlar, yog'lar to'planadi. Ribosomalar yadroda hosil bo'igan RNK ni to'playdi. Ular transport, ribosomali, va informatsion turlarga bo'linadi. Ribosomalarni sentrifugalash usulida ajratib olish murnkin. Hujayralar tarkibida bulardan tashqari, yog'lar, riboflavinlar kabi zaxira moddalar ham to'planadi. Zamburug'laming morfologik tuzilishi turlicha bo'lib, tanasini bir yoki ko'p hujayrali mitseliy tashkil qiladi. Ular ko'payish jarayonida konidiyalar, xaltachalar, bazidiosporalar hosil qiladi
Zamburug'larning morfologik tuzilishi: 1 - bir hujayrali mitseliy; 2 - ko'p hujayrali mitse\iy; 3 - konidiyali konidiyabandlar; 4 - sporali xaltachalar; 5 - bazidiyasporali bazidiyalar. I Gifa silindr shakldagi ipsimon morfologik strukturadir. Gifaning uchida ko'p yadroli sitoplazma joylashgan bo'lib, yangi hujayra hosil qiladi.
Gifalar bo'g'imga bo'linmagan, bo'g'imga bo'lingan, hujayraIi va hujayrasiz bo'ladi. Hujayrali gifalar xaltachali, bazidiyali va takomillashmagan zamburug'larga xos. Gifalarning uchki tomonida yangi hujayralar hosil bo'ladi. Uchki hujayralarda sitoplazma, yadro va mitoxondriy bo'lib, qari hujayralarda vakuola ham hosil bo'ladi. Achitqi zamburug'larda haqiqiy gifa hosil bo'lmaydi. Ularning vegetativ tanasi bitta hujayradan iborat bo'lib, bo'linish yo'li bilan yoki kurtaklanib ko'payadi. Ayrim zamburug'lar tallomi (tanasi) rizoidlar yordamida substratga yopishib turadi.
Mitseliy zamburug'lar gifasining takomillashib, o'zaro qo'shilishidan hosil bo'ladi. Tuproqda sharoit qulay bo'lganda va laboratoriya sharoitida bitta konidiyning o'sishi natijasida zamburug' koloniyasi hosil bo'ladi. Zamburug'ning mitseliysi saprofit turlarda (Mucor) juda tez, patogen turlarda (Verticillium) sekin o'sadi. Mitseliydan hosil bo'lgan rizoidlar zamburug'ning oziqa muhiti bilan bog'lanishiga, sporangiylar jinssiz ko'payishiga xizmat qiladi (3-rasm). 36 Mitseliydan hosil bo'lgan shoxlangan gifa 1!7' Stolon~_~ ~~ Sporangiy L-l 100 mkm Sporan~iy bandl Oziqa muhiti yuzasida o'sgan gifa-stolon Oziqa muhiti ichida o'sgan gifa-rizoidlar 3-rasm. Rhizopus stolonifera zamburug'i mitseliysining sxematik tasviri. Koloniya zamburug' sporasidan o'sib, hosil bo'lgan mitseliyning ustki qismi hisoblanadi.
Zamburug'larning morfologiyasini o'rganishda koloniyasining o'sish tezligi, mitseliyning tarmoqlanish, shoxlanish xossalari nazarda tutiladi. Zamburug' koloniyasining morfologik, sistematik xossalari Chapeki yoki suslo agarli oziq muhitda o'stirib o'rganiladi. Koloniyaning o'sish fazalari quyidagilar: l. Boshlang'ich faza - spora o'sishidan to dastlabki gifa doirasini hosil qilguncha bo'lgan davr; 2. Chiziqli o'sish fazasi; 3. Koloniyaning qarish yoki o'sishdan to'xtash fazasi. Koloniyaning morfologik xossalarini o'rganishda uning chekka va ustki yuzasiga, Petri likopchasidagi oziq muhitining orqa tomonida hosil qilgan rangiga, spora hosil qilishiga e'tibor beriladi. Ko'pchilik zamburug'larda konidiylar havo (ochiq) mitseliysida hosil bo'ladi. Zamburug'lar mitseliysi shoxlanishiga ko'ra, dixotomik, monopodial va simpodial bo'lib, ularning morfologik shakli zamburug'larni aniqlashda ahamiyatga ega. Zamburug'lar -koloniyasi doimiy qo'zg'atgichlarda suyuq oziq muhitida o'stirilganda o'ziga xos yumaloq sharlar hosil qiladi. Bunday usulda ko'paytirilgan F. sporotrichiella zamburug'i 80% mitseliy va 20% mikrokonidiylar hosil qiladi.
Zamburugdarni bir qancha morfologik va fiziologik belgilariga qarab 6 sinfga bo‘lingan.

  1. Xitridiomitsitlar

  2. Oomitsetlar

  3. Zigomitsetlar

  4. Bazidiyamitsetlar

  5. Xaltachali zamburuglar

  6. Takomillashmagan zamburuglar

Zamburuglar ko‘payishiga kelsak ular vegetativ, jinsiy va jinssiz ko‘payishiga moslashgandirlar. Mikroorganizmlarda irsiy belgilarni eukariot hujayralarda yadro, prokariot hujayralarda nukleotidlar saqlaydilar va naslga o‘tkazadilar. Bakteriyalar DNKsi uzun ikkita polimer zanjirdan iborat polinukletoid bo‘lib, nukleotidlar monomerlaridan tashkil topadi. Bakteriya hujayrasi DNKsi ipsiomn bo‘ladi va shu ipni bakteriya xromosomasi deyiladi, o‘zida genlarni ushlaydi. Aga shu genlar yordamida irsiy informatsiyalar nasldan naslga o‘tkaziladi.


  1. Download 30,47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish