Referat mavzu: Tuban sporali o'simliklarning tuzilishi, ko'payishi va ahamiyati



Download 135,07 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi135,07 Kb.
#926285
TuriReferat
Bog'liq
Referat mavzu Tuban sporali o\'simliklarning tuzilishi, ko\'payis





REFERAT
Mavzu: Tuban sporali o'simliklarning tuzilishi, ko'payishi va ahamiyati

Bajardi: Jurayeva H.
Tekshirdi: Safarov A.K.

Toshkent-2022


Sporali oʻsimliklar - asosan, sporalar yordamida jinsiy va jinssiz koʻpayadigan oʻsimliklar. Koʻpchilik Sporali o’simliklar noqulay muhit sharoitini spora holatida oʻtkazadi. Ayrim Sporali o’simliklarda sporalar kamdankam paydo boʻladi, ular, asosan, tanasining boʻlaklarga boʻlinishi yoʻli bilan koʻpayadi. Tuban sporali oʻsimliklar va yuksak sporali oʻsimliklarga boʻlinadi. Tuban sporali oʻsimliklar suvoʻtlar, bakteriyalar, zamburugʻlar va lishayniklardan; yuksak sporali oʻsimliklar esa plaunlar, qirqboʻgʻimlar, qirqquloqpar, selaginella va ayrim qazilma oʻsimliklardan iborat. Sporali o’simliklar ochiq urugʻlilar va yopiq urugʻlilarta qaramaqarshi qoʻyiladi. Pekin urugʻli oʻsimliklarning chang donachalari va murtak xaltachasi yuksak Sporali o’simliklarning sporalariga gomolog hisoblanadi. Sporali o`simliklar to`rt bo`limdan iborat.Bular 1 yusin toifalar bo`limi. 2 plaun toifalar bo`limi.3 qirq bo`g`imlar bo`limi.4 qirq quloqlar bo`limi.

YUQORI SPORALI O‘SIMLIKLAR


Tuban sporali o‘simliklarning jinsiy organlari bir xujayrali, sodda tuzilgan. Tuban sporali o‘simliklar organlarga bo‘linmaydi.
Yuqori sporali o‘simliklarning ko‘pchilik vakillari organlarga bo‘linadi. Ba’zi bir vakillari organlarga bo‘linmaydi. Jinsiy organlari ko‘p xujayrali,murakkab tuzilgan. YUqori sporali o‘simliklarga 2 ta tip kiradi.
1. Moxsimonlar
2. Qirqquloqsimonlar

MOXSIMONLAR


Bu tipga yuqori sporali o‘simliklarning eng sodda tuzilganlari kiradi. Shunday bo‘lsa ham ular tuban sporali o‘simliklarga nisbatan yaxshi taraqqiy etgan bo‘ladi. Moxlar quruqlikda yashashga moslashgan bo‘lsa ham, ular asosan nam yerni yaxshi ko‘radi. Moxlarni ariq bo‘ylarida, botqoqliklarda, zax yerlarda uchratish mumkin. Moxlarning ba’zi bir vakillari organlarga bo‘linmaydi. Mas:jigarsimon moxlar. Ko‘pchilik vakillari organlarga bo‘linadi. Bularda xaqiqiy tuzilgan barg, poya mavjud. Lekin ildiz bo‘lmaydi. Ildiz vazifasini rizoidlar bajarib turadi. Rizoid - epidermisdan o‘sib chiqqan mayda tukka o‘xshaydi. Moxlarda yuqori o‘simlik-larga nisbatan to‘qimalari yaxshi taraqqiy etmagan. Moxlar-ning otaligini anteridiya,onaligi-arxegoniya deyiladi.

Moxlarning jinsli nasli yaxshi taraqqiy etgan. Jinsli naslini gametofit deyiladi. Jinssiz nasli yomon taraq-qiy etgan. Jinssiz naslini sporofit deyiladi. Moxlar 3 xil yo‘lda ko‘payadi.


1. Vegetativ
2. Jinsli
3. Jinssiz

Jinsli va jinssiz ko‘payish gallanib turadi. Oldin jinsli, so‘ngra jinssiz ko‘payish bo‘ladi. Jinsli ko‘pa-yish natijasida spora xosil bo‘ladi. Jinssiz ko‘payganda yangi o‘simlik xosil bo‘ladi. Moxlar 2 sinfga bo‘linadi:


1. Jigarsimon moxlar
Bularning ba’zi vakillarining tashqi ko‘rinishi jigarga o‘xshash bo‘ladi. Jigarsimon moxlar organlarga bo‘linmagan.
2. Poya va bargli moxlar
Bularda xaqiqiy poya va barg bo‘ladi.

JIGARSIMON MOXLAR


Jigarsimon moxlarga vakil qilib Marщansiyani olamiz. Marщansiyani 1 - marta fransuz vrachi Marщanse topgan va o‘z nomiga qo‘ygan. Marщansiya zax yerlarda, ariq bo‘ylarida o‘sadi.Uning tanasining tashqi ko‘rinishi bargga o‘xshash bo‘ladi.Tanasining pastki tomonidan,ya’ni epidermisdan o‘sib chiqqan rizoidlar yordamida yerga yopishib o‘sadi. Marщansiyaning ko‘ndalang kesimida tashqi tomoni epidermis bilan qoplangan. Epidermisda ustitsalar joylashgan. Ustitsaning ichkari tomonida xavo kamerasi bor. Assimilyatsion xamda zapas oziq moddalarni to‘playdigan to‘qimalar uchraydi. Assimiliyatsion to‘qima xujayralarida xlorofil donachalari bor. Bu xujayralarda fotosintez protsessi bo‘lib turadi. Marщansiya tanasining pastki epidermisidan rizoid o‘sib chiqqan bo‘ladi. Marщansiya 3 xil yo‘lda ko‘payadi.
1. Vegetativ
2. Jinsli
3. Jinssiz

Vegetativ ko‘payish kurtaklar yordamida bo‘ladi. Kurtaklar marщansiyaning ustki tomoniga joylashgan. Kurtaklar shamol yordamida uzilib ketib: bu uzilgan kurtaklardan marщansiya o‘sib chiqadi. Ya’ni kurtaklar marщansiya tanasiga aylanadi. Marщansiya 1 jinsli 2 uyli o‘simlik xisoblanadi. Bitta marщansiya onalik ekzemplyar xisoblanadi. Otalik va onalik marщansiyalar bir birlaridan quyidagicha farq qiladi: Otalik marщansiyaning tanasining ustidan o‘sib chiqqan plastinka kamroq qirqilgan. Onalik ekzemplyaridagi plastinka ko‘proq qirqilgan. Otalik ekzemplyaridagi plastinka dastasi tuksiz va kaltaroq. Onalik ekzemplyaridagi plastinkaning dastasi tukli bo‘ladi. Otalik va onalik ekzemplyaridagi plastinkalar ichida jinsiy organlar taraqqiy etadi. Otalik ekzemplyaridagi plastinka ichida bir nechta yumaloq shaklda anteridiya uchraydi. Onalik ekzemplyaridagi plastinka ichida arxegoniyalar taraqqiy etadi. Arxegoniya ikki qismdan iborat:


1. Arxegoniyaning bo‘yni
2. Arxegoniyaning qorni.
Arxegoniyaning qornida tuxum xujayra taraqqiy etadi. Marщansiyaning jinsli ko‘payishi yog‘ingarchilik vaqtida suvning yordamida bo‘ladi.
Anteridiyalar ishlab chiqargan spermatozoidlar (onalik ekzemplyaridagi) suvda suzib yuradi. Spermatozoidlar onalik ekzemplyaridagi arxegoniyaning uchiga kirib yopishadi. Natijada arxegoniyaning uchi yoriladi. Spermatozoidlarning kirishiga yo‘l ochiladi. Spermatozoidlar arxegoniyaning bo‘yni orqali kirib tuxum xujayrani otalantiradi. Otalanish bo‘lib o‘tgandan so‘ng embrion xosil bo‘ladi. Shu bilan jinsiy ko‘payish tugaydi va jinssiz ko‘payish boshlanadi.
Sporogon avval arxegoniyaning qornida joylashgan bo‘ladi. Sporogon yetilgandan so‘ng uning bandi chuziladi, arxegoniyani yorib chiqadi. Sporalar yetilgandan so‘ng sporogon ham yoriladi. Natijada juda ko‘p sporalar va ellateralar chiqadi.
Ellateralar-bu jinssiz xujayra. Sporalar qulay sharoitga tushib qolsa, o‘sa boshlaydi. Sporalar marщansiyaga aylanadi. Sporalar tashqi ko‘rinishi jixatidan bir xil bo‘lsa ham, fizologik jixatdan har xildir. Bitta sporadan otalik marщansiya o‘sib chiqsa, 2-sporadan onalik marщansiya o‘sib chiqadi. Marщansiya oldin jigar kasalligiga ishlatilgan. Xozir esa meditsinada ishlatiladi.

POYA BARGLI MOXLAR

Poya bargli moxlarda xaqiqiy poyasi va bargi bor. Ildizi bo‘lmaydi. Ildiz vazifasini rizoidlar bajarib turadi. Bu sinfga vakil qilib "Kakku zig‘iri, Kukushkin lyonni olamiz. Kakku zig‘iri MDXning o‘rmon zonasida, ba’zan botqoqliklarda o‘sadi. Bo‘yining uzunligi 40 sm gacha boradi. Bargi ko‘ndalang kesimida tashqi tomonidan epidermis bilan qoplangan. Bargida mexanik va assimilyatsion to‘qimalarni uchratish mumkin. Kakku zig‘irida xaqiqiy poya va barg bor, ildiz bo‘lmaydi, ildiz vazifasini rizoidlar bajarib turadi. Rizoidlar mineral moddalarni yerdan olish uchun yordam beradi. Kakku zig‘iri 3 xil yo‘lda ko‘payadi.
1. Vegetativ
2. Jinsli
3. Jinssiz
Vegetativ ko‘payishlar rizoidlar yordamida bo‘ladi. Oldin jinsli so‘ngra, jinssiz ko‘payish bo‘ladi. Kakku zig‘iri marщansiyaga o‘xshash 1 jinsli, 2 uylik o‘simlik hisoblanadi.1 ta ekzemplyarda arxegoniyalar taraqqiy etadi. 1 ta ekzemplyarda anteridiya taraqqiy etadi. Onalik kakku zig‘irining bo‘yi uzun, otalik kakku zig‘irining bo‘yi bir oz kaltaroq bo‘ladi. Otalik ekzemplyarida anteridiyalarni o‘rab turgan qizil bargchalar parafizalar bo‘ladi. Bu qizil bargchalarni perianti deyiladi. Anteridiya uzun xaltachaga o‘xshash bo‘ladi. Anteridiyalar 2 xivchinli, xarakatchan spermatazoidlarni vujudga keltiradi. Arxegoniyaning shakli kolbaga o‘xshash bo‘lib, ular ham parafizalar bilan o‘ralgan. Otalanish protsessi suvning yordamida bo‘ladi. Suvda suzib yurgan spermatozoidlar kelib arxegoniyaga yopi-shadi. Bo‘yni orqali kirib, tuxum xujayrani otalantiradi. Natijada embrion xosil bo‘ladi. Embrion ko‘p xujayrali sporogonga aylanadi. Sporogon band tashkil etadi. Shu xolicha u qishlaydi. Kelgusi yili sporogonning bandi cho‘zilib ketib,poyadagi bargdan uzoqlashadi. Sporogonning yuqori tomonida qalpoqchasi bo‘ladi. Bu qalpoqcha sporogonni sovuqdan va issiqdan saqlab turadi. Baxorda bu qalpoqcha tushib ketadi. Qalpoqcha ostidagi qalpoqcha esa sporogonning uchki tomonini yopib turadi. Sporogon ichida sporangiya xujayralari taraqqiy etadi. Sporangiya xujayralarning reduksion bo‘linishi natijasida sporalar vujudga keladi. Sporalar yetilgandan so‘ng sporangiya devori yoriladi. Sporogonning qopqoqchasi ochilib, sporalar tarqalib ketadi. Sporalar juda mayda, sariq rangli bo‘ladi. Sporalar qulay joyga tushib qolsa, kakku zig‘iriga aylanadi. Sporalar fiziologik jixatidan har xil. 1 ta sporadan otalik kakku zig‘iri, 2-sporadan onalik kakku zig‘iri vujudga keladi.

TORF XOSIL QILUVCHI MOXLAR


Sfagnum bir biriga o‘xshash bo‘lgan 300 dan ortiq turga ega. Asosan u MDX ning shimol va g‘arbida,mineral moddalari kam bo‘lgan suvlarda,nam va botqoqliklarda o‘sadi.Tarkibida Sa++tuzlari bor suvga chiday olmaydi. Shuning uchun ham oxakli tuproqda o‘smaydi. Sfagnum namlikning 99% ini o‘ziga shimib oladi. Natijada sfagnum o‘sgan yer botqoqlikka aylanadi. Sfagnumning yuqori tomoni asta sekin o‘sib boraveradi. Pastki tomoni esa asta sekin qurib boradi. Natijada qurigan tomoni yiqilib torf botqoqligiga aylanadi. Torf bakteriyalarni o‘ldirish xususiyatiga ega. Shuning uchun u meditsinada yara bog‘lovchi material ya’ni paxta sifatida ishlatiladi. Torf yoquv ashyosi xamda o‘g‘it sifatida qo‘llaniladi.

QIRQQULOQSIMONLAR TIPI


Qirqquloqsimonlar toshko‘mir davrida yer yuzida ko‘p tarqalgan o‘simlik xisoblanadi. U davrda daraxtsimon paporotniklarning juda katta o‘rmonlari bo‘lgan. Bu daraxtlarning balandligi 20-30 m bo‘lgan. Yerdan qazib olingan bu o‘simliklarning toshga aylanib ketgan qoldiqlari va ularning toshko‘mirga tushib qolgan aniq izlari toshko‘mir davrining o‘simligi ekanligini bildiradi. Xozirgi vaqtda ham Avstraliya, Novaya Zelandiya, Braziliya mamlakatlarida o‘sadigan turlari uchraydi. Bularning tashqi ko‘rinishi palmaga o‘xshaydi. Qirqquloqsimonlilar moxlardan shu bilan farqlanadiki, ularning sporofit nasli yaxshi taraqqiy etgan.Ularda ildiz bo‘lmaydi.qirqquloqsimonlilarda xaqiqiy ildiz bo‘ladi. Qirqquloqsimonlilar quruqda o‘ssa ham, ular soya-salqinni yaxshi ko‘radi. Qirqquloqsimonlilar orasida suvda o‘sadigani ham uchraydi. Mas: suv qirqquloqi. Qirqquloqsimonlilarning o‘tkazuvchi to‘qimalari yaxshi taraqqiy etgan. Ularda floema va ksilema elementlarini ko‘rish mumkin. O‘tkazuvchi to‘qima elementlari konsentrik tuzilgan, ya’ni ksilema markazda joylashgan. Qirqquloqsi-monlilar 3 sinfga bo‘linadi.
1. Qirqquloqlar
2. Qirqqbo‘g‘inlar
3. Plaunlar

Qirqquloqsimonlilar quruqlikda o‘ssa ham, ular soya salqin yerlarni yaxshi ko‘radi. Qirqquloqsimonlilar orasida suvda yashaydigani ham uchraydi. Xozirgi zamonda uchraydigan qirqquloqlarning turlari 8000 dan oshadi. Qirqkuloqlar yer sharining cho‘l zonasidan tashqari hamma yerda tarqalgan. Xavosi nam bo‘lgan joylarda, o‘rmonlarda ba’zilari tog‘li joylarda uchraydi. Ba’zi qirqquloqlar madaniy o‘simliklar orasida, begona o‘t sifatida uchraydi. Mas.Gruziyada choy plantatsiyasida Orlyak deb atalgan qirqquloq uchraydi. Uning bargi shu darajada katta bo‘ladiki, odam ko‘rpa o‘rnida yopib yotsa bo‘ladi. Qirqbo‘g‘inlar poyasida bo‘g‘im va bo‘g‘im oraliqlari bo‘lishi bilan xarakterlidir. Bo‘g‘imda mayda reduksiyalangan barglar bo‘ladi. Qirqbo‘g‘imlar ariq bo‘ylarida, nam yerlarda, madaniy o‘simliklar orasida begona o‘t sifatida uchraydi.

Plaunlarning poyasi dixatomik ravishda shoxlanishi bilan boshqa sinflardan farq qiladi. Qirqquloqsimon-lilar 3 xil yo‘lda ko‘payadi:
1. Vegetativ
2. Jinssiz
3. Jinsli

Vegetativ ko‘payish ildizpoyalar yordamida bo‘ladi. Jins-siz ko‘payish sporalar yordamida,jinsli ko‘payish jinsiy organlar yordamida bo‘ladi. Qirqquloqsimonlilarda oldin jinssiz, so‘ngra jinsli ko‘payish bo‘ladi. Moxlarda aksincha edi. Qirqquloqsimonlilarda jinsiy organlar o‘simtalarda taraqqiy etadi. O‘simtalar 1 uyli yoki 2 uyli 1 jinsli bo‘lishi mumkin. Otalanish protsessi yog‘ingarchilik vaqtida bo‘ladi. Otalangan tuxum xujayradan jinssiz nasl-sporofit o‘sib chiqadi. Sporofit - bu ildiz,poya,bargli xaqiqiy o‘simlikdir. Jinssiz nasli-sporofitda sporangiya xujayralarning reduksion yo‘lda bo‘linishi natijasida sporalar xosil bo‘ladi. Sporalar shamol yordamida tarqaladi. Agar sporalar bir xil bo‘lsa, undan 2 jinsli o‘simta o‘sib chiqadi. Sporalar xar xil bo‘lsa 2 uyli 1 jinsli o‘simta o‘sib chiqadi. Sporalar katta va kichik bo‘lishi mumkin. Kichik sporalarni Mikrospora, katta sporalarni Makrospora deyiladi.

Mikrosporalar mikrosporangiyalarda,makrosporalar esa makrosporangiyalarda taraqqiy etadi. Mikrosporadan otalik o‘simtasi o‘sib chiqadi. Bu otalik o‘simtada Anteridiyalar taraqqiy etadi. Makrosporadan onalik o‘simtasi o‘sib chiqadi. Unda Arxegoniyalar taraqqiy etadi.
O‘rmon qirqquloqining ildiz poyasidan gijja xaydaydigan ekstrakt tayyorlanadi. Qirqbo‘g‘imnning poyasi siydik haydovchi dori sifatida ishlatiladi. Apteka plaunning sporasi detskaya pudra va pilyula tayyorlashda, bir biriga yopishib qolmasligi uchun sporadan sepiladi. Og‘ir sanoatda metallarni quyishda,qolipga sporasi solib quyiladi.
Tuban oʻsimliklar, tallomlilar (Thallophyta) — sodda tuzilgan oʻsimliklar. Tanasi ildiz, novda va bargga ajralmagan oʻsimliklar. Tuban oʻsimliklar organik olamning dastlabki bosqichlarida kelib chiqqan. Ular suvli muhitda yoki sernam joylarda yashashga moslashgan. Evolyutsiya jarayonida uncha rivojlanmagan va hozirgi davrgacha baʼzi birlari sodda tuzilishini saqlab qolgan. Tuban oʻsimliklar bir hujayrali, koloniya hosil qiluvchi va koʻp hujayrali organizmlar hisoblanib, tanasi toʻqima va organlarga ajralmagani uchun ularning tanasi „qattana“ yoki „tallom“ deb ataladi.
Yer sharidagi o‘simlik turlari bir-biridan aniq farq qiladi. Bunday farqlar avvalo ularning tashqi qiyofasida ko‘rinadi. Bundan tashqari, ular o‘rtasida qandaydir umumiy o‘xshashlik va farq qiluvchi belgilar bor. Yer yuzidagi barcha o‘simliklarning umumiy o‘xshashlik belgilari avvalo ularning barchasi tirik organizm ekanligida ko‘rinsa, so‘ng ularning tanasi bitta yoki bir necha hujayradan tashkil topganligida ko‘rinadi. Shunday qilib, barcha tirik organizmlar hozirgi vaqtda o‘zining tashqi va ichki tuzilishi, turli sharoitda yashashi, o‘sib ulg‘ayishi, ko‘payishi, tarqalishi va hokazolarga ko‘ra bir-biridan farq qiladi va shunga ko‘ra ular rivojlanishning (evolyutsiya) turli xil pog‘onalaridan joy oladi.

Hozirgi vaqtda barcha o‘simliklarning ichki va tashqi tana tuzilishi, yashash sharoiti, ko‘payishi, tarqalishi va boshqa shunra o‘xshash belgilari hisobga olinib, ularning 500’000 turi mavjud ekanligi aniqlangan va ro‘yxatga olingan.

Suvo‘tlar, bakteriyalar, shilimshiqlar, zamburug‘lar, lishayniklar kabi gruppa o‘simliklari juda sodda (ildizsiz, poyasiz, bargsiz) tuzilishga ega bo‘lib, ularning tanasi tallom (qattona) yoki mitseliy deb ataladi. Bu xildagi o‘simliklarga tuban o‘simliklar deyiladi.

Moxlar, plaunlar, bo‘g‘imlilar, paporotniklar, ochiq urug‘lilar va yopiq urug‘lilar (yoki gulli o‘simliklar) — yuksak o‘simliklar deb ataladi. Barcha yuksak o‘simliklarning tanasi (ba’zi bir boshlang‘ich yuksak o‘simliklardan mustasno) ildiz, poya, barg kabi organlarga ega. Ular vegetativ (o‘sishni ta’minlovchi) organlar hisoblanadi. Vegetativ organlardan tashqari ko‘payish vazifasini o‘taydigan organlar ham mavjud. Moxlar, paporotniklar, plaunlar, qirqbo‘g‘imlar kabi o‘simliklar sporalar yordamida ko‘payadi. Shuning uchun ham ular ba’zan sporali o‘simliklar deb ham yuritiladi. Ochiq urug‘li va yopiq urug‘li o‘simliklarda ko‘payish vazifasini urug‘dan tashqari vegetativ organlar (ildiz, ildizpoya, tuganak, piyoz, barg va h. k.) ham bajaradi.


Yer yuzidagi barcha o‘simliklar (tuban va yuksak o‘simliklar) ovqatlanishga ko‘ra uch gruppaga: avtotrof (mustaqil ovqatlanuvchi), geterotrof va simbioz organizmlarga bo‘linadi. Avtotrof organizmlarga suvo‘tlarining barchasi, moxlar, paporotniklar, plaunlar, bo‘g‘imlilar, ochiq va yopiq urug‘li o‘simliklar kiradi.
Avtotrof ovqatlanuvchi organizmlar quyosh nuridan foydalangan holda havodagi karbonat angidrid (CO2) gazini qabul qiladi va o‘z tanasidagi (yoki tallomidagi) bu gaz suv bilan birikadi. Murakkab ximiyaviy reaktsiya sodir bo‘lishi natijasida o‘simlik tanasida (bargida, tallomida) organik modda hosil bo‘ladi. Bu organik modda kraxmal shaklida to‘planadi va keyinchalik o‘simlik hayoti uchun zarur bo‘lgan protsesslarda sarf bo‘ladi.
Bunday murakkab ximiyaviy protsess fotosintez deb nomlanadi. Fotosintez protsessi tuban o‘simliklar hujayrasidagi xromatofor tarkibiga kiruvchi pigmentlar (xlorofill, karotin, fikotsian, fikoeritrin, fukosantin), yuksak o‘simliklarda esa ularning barg hujayralaridagi xlorofill — yashil tanachalar ishtirokida sodir bo‘ladi.
Fotosintez protsessining formulasini quyidagicha ifodadalash mumkin:

6СО2 + 6Н2О = С6Н12О6 + 6О2 + 624

Boshqacha qilib aytganda, o‘simlik 6 molekula, ya’ni 264 g karbonat angidrid, 6 molekula (180 g) suv va 674 kkal quyosh energiyasi yutganda 1 molekula (180 g) uglevod hosil bo‘lib, 6 molekula (192 g) kislorod ajraladi.

Fotosintez natijasida xloroplastda hosil bo‘lgan uglevod (shakar) fermentlar yordamida polimerlanib, xloroplastlarda kraxmalga aylanadi. Bu kraxmal molekulalari diastaza deb ataluvchi ferment ta’sirida yana shakarga aylanadi va so‘ngra o‘simlik organlariga tarqaladi. Bu hodisa ko‘proq qulay temperaturada, ya’ni tungi soatlarda sodir bo‘ladi.


Geterotrof organizmlarga bakteriyalar, shilimshiqlar va zamburug‘lar kiradi. Ular tayyor ovqat (organik modda) hisobiga yashaydi.
Uchinchi gruppaga esa zamburug‘lar bilan suvo‘tlarning birgalikda xamkor bo‘lib yashashidan tashkil topgan lishayniklar va zamburug‘larning ba’zi yuksak o‘simliklar ildizida hamkor bo‘lib yashovchi vakillari kiradi.
Geterotrof organizmlarning o‘zi parazit va saprofit kenja gruppachalarga bo‘linadi. Parazit deb boshqa biror tirik organizm (xo‘jayin) hisobiga yashovchi organizmlarga aytiladi. Saprofit deb boshqa biror o‘lik (xo‘jayin) organizmda yashovchi organizmlarga aytiladi.
Endi biz yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tuban va yuksak o‘simlik gruppalari bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
Tallomli tuban o‘simliklar — Thallophyta
Suvo‘tlar
Suvo‘tlar nomi bilan ataladigan organizmlar ko‘k-yashil, yashil, diatom, qo‘ng‘ir, qizil, xrizomonad, pirrofit suvo‘tlar kabi truppalarga (toifalar) bo‘linadi. Ularning hayoti doimo suvda yoki suvli muhitda o‘tadi. Shu sababli suvo‘tlar deb ataladi.
Ko‘k-yashil suvo‘tlar — Cyanophyta
Ko‘k-yashil suvo‘tlar tipiga eng sodda tuzilgan bir hujayrali, ko‘p hujayrali va kolonial organizmlarning 1’400 vakili kiradi. Ularning hujayrasida yashil rang beruvchi xlorofill, ko‘k rang beruvchi va qizil rang beruvchi fikotsian, fikoeritrin pigmentlar mavjud bo‘lib, ular birgalikda o‘simlikni ko‘k-yashil rangga bo‘yab turadi. Shunga ko‘ra ular ko‘k-yashil suvo‘tlar deb atalgan.
Ko‘k-yashil suvo‘tlar hujayralarining shakli sharsimon, uzunchoq va boshqa xillarda bo‘lib, tashqi tomonidan shilimshiq pektinli parda bilan o‘ralgan. Hujayra yadro, pirenoid, xromatofor kabi qismlarga bo‘linmagan. Bu esa ko‘k-yashil suvo‘tlarni eng tuban bosqichdagi sodda organizmlardan biri ekanligini ko‘rsatadi. Bunday organizmlarning paydo bo‘lishi va Yer sharida keng tarqala boshlashi proterozoy erasidan boshlangan.
Ko‘k-yashil suvo‘tlar hujayraning ikki yoki bir necha bo‘lakka bo‘linishi bilan ko‘payadi va bir-biridan ajralib mustaqil holda yashay boshlaydi. Buni vegetativ yo‘l bilan ko‘payish deyiladi.
Xrookokk, lingbiya, ostsilyatoriya, anabena, xromulina, nostok kabilar tipning keng tarqalgan vakillaridan hisoblanadi.
Bu tip vakillari tabiatda juda keng va xilma-xil sharoitda tarqalgan. Ularni ko‘lmak chuchuk suvlarda, dengiz suvlarida, nam yoki botqoqli tuproqlarda, daraxtlarning po‘stloqlarida, gul tuvaklarining devorlarida, ariq bo‘ylarida, tog‘li-toshli muhitda, cho‘llarda, issiq buloqlarda, qor va muzlarning ustida va hokazo joylarda uchratish mumkin. Bundan tashqari ko‘k-yashil suvo‘tlarning xrookokk, nostok va boshqa vakillari zamburug‘lar deb ataluvchi gruppaning ba’zi vakillari bilan birga o‘zaro hamkorlikda yashab, lishayniklar gruppasini ham tashkil qiladi.
Diatom suvo‘tlar — Dtatomeae
Diatom suvo‘tlar tipiga bir hujayrali va koloniya bo‘lib yashovchi organizmlarning 10–15’000 tacha turi kiradi. Hammasi mikroskopik organizmlardir. Diatom suvo‘tlar yumaloq, tayoqchasimon, qutichasimon va h. k. shaklda bo‘lib, hujayralarining po‘sti pektin moddasidan tashkil topgan va tashqi tomondan qumtuproq (SiO2) bilan qoplangan. Diatom suvo‘tlar hujayrasida xlorofill pigmentidan tashqari karotin pigmenti ham mavjud. Shuning uchun bu xildagi suvo‘tlarning rangi sariq yoki qo‘ng‘ir-sariqdir. Diatom suvo‘tlar hujayrasining ichida yadro, vakuol, xromatofor va protoplazma kabi qismlar bor. Ko‘pchilik vakillari dengizlarda, ba’zilari esa ko‘lmak suvlarda, zax yoki nam tuproqlarda yashaydi. Diatom suvo‘tlar hujayraning ikki bo‘lakka bo‘linishi bilan ko‘payadi. Bunda hujayraning epiteka (katta) va gipoteka (kichik) pallalari ikki tomonga ajralib, bir-biridan uzoqlashadi va har biri o‘z navbatida o‘ziga yangi gipoteka hosil qiladi. Hujayra yil davomida bir necha marta bo‘linib ko‘payib turadi. Shunday ketma-ket bo‘linishlardan keyin yilning ma’lum bir davrida organizmning hajmi shunchalik kichrayib qoladiki, endi navbatdagi bo‘linishga imkon bo‘lmay qoladi. Shunda ulardan 2 tasi o‘zaro qo‘shilib, auksospora deb ataluvchi sporaga aylanadi. Auksospora tinim davrini kechirgach, o‘sa boshlaydi va dastlabki kattalikka yetadi. Shundan keyin yana navbatdagi bo‘linish boshlanadi.
Diatom suvo‘tlarning pinnulyariya, tsiklotella, navikula, melozira, asterionella, surirella, tabellariya, xetotseros kabi turlari tabiatda keng tarqalgan.

Diatom suvo‘tlar hujayrasidan tashqariga shilimshiq modda chiqib turadi va shu yordamida organizm tanasi sekin harakatlanadi.


Dengizlarda yashovchi diatom suvo‘tlar halok bo‘lgach, tanasini qoplab turgan qumtuproq yoki diatomit deb atalgan tog‘ jinsi dengiz tagiga cho‘kib, bir necha million yillar davomida qalin qatlam hosil qiladi. Diatomit g‘ovak va yengil bo‘lganligidan undan termoizolyatsion materiallar, g‘ovak g‘ishtlar va portlovchi modda — dinamit tayyorlashda ishlatiladi.
Yashil suvo‘tlar— Chlorophyta
Yashil suvo‘tlar tipiga bir hujayrali, ko‘p hujayrali va koloniya organizmlarning 5’700 ga yaqin turi kiradi. Ularning hujayra moddasi tarkibida faqat xlorofill pigmenti mavjud bo‘lganligidan vakillarining barchasi sof yashil rangda bo‘ladi. Yashil suvo‘tlarning bir hujayrali vakillari mikroskopik organizmlardir. Koloniya va ko‘p hujayrali vakillari esa ancha yirik bo‘ladi. Yashil suvo‘tlarning bir hujayrali vakillari dumaloq, noksimon, cho‘zinchoq, ko‘p hujayralari ipsimon, butasimon shoxlangan, plastinkasimon koloniyali vakillari esa sharsimon, to‘rsimon kabi shakllarga ega. Yashil suvo‘tlarning ba’zi vakillari ham borki, ularning kattaligi 0,5 metrdan ham ortadi, tashqi ko‘rinishi esa yuksak o‘simliklarni eslatadi. Ammo ularning shakli murakkab ko‘rinishda bo‘lsa ham bitta hujayradan tashkil topgan. Shuning uchun ularni shartli ravishda «hujayrasiz» deb ataladi. Yashil suvo‘tlar vakillarining hujayrasi protoplazma, bir yoki bir necha yadro, xromatofor, vakuol kabi qismlardan iborat. Yashil suvo‘tlarning bir hujayrali vakillari xivchin deb ataluvchi qilchalarga ega bo‘lib, shular yordamida suvda harakatlanadi. Ba’zi koloniya vakillari ham shu xilda harakat qiladi. Qo‘p hujayrali vakillari esa o‘z yashayotgan joyiga (substratga) yopishib, hayot kechiradi.
Yashil suvo‘tlar har xil ko‘payadi. Ko‘pchilik turlari vegetativ va zoosporalar hosil qilish bilan ko‘payadi. Bunda hujayra mahsuloti 2—4—8—16—32—64 ta va undan ham ortiq bo‘lakka bo‘linadi. Har bir bo‘lak bir juft xivchin (qilcha) hosil qiladi va ona hujayrani parchalab tashqariga chiqadi hamda har biri o‘ziga yangi hujayra po‘sti hosil qilib, mustaqil organizm sifatida yashay boshlaydi. Ko‘payishning bu usuliga jinssiz ko‘payish deyiladi. Jinssiz ko‘payish doim sharoit qulay bo‘lgan taqdirda sodir bo‘ladi va yil davomida bir necha marta takrorlanadi.
Ammo Yer sharining turli nuqtalarida ham yilning barcha fasllari suvo‘tlar uchun qulay bo‘lavermaydi. Shuning uchun noqulay sharoit (havo haroratining pasayishi, suvda oziq moddalarining kamayib ketishi, suvning qurib qolishi va h. k.) yuzaga kelishi bilanoq ular o‘z hayotini saqlab qolish uchun jinsiy ko‘payishga o‘tadi. Jinsiy ko‘payish asosan hujayra yoki hujayralardagi mahsulotning jinssiz ko‘payish protsessidagidek 2—4—8—16—32—64—128 va h. k. bo‘lakka bo‘linishi bilan boradi. Har bir bo‘lak bir juft xivchinga va teng hujayra mahsulotiga ega bo‘lgan holda ona hujayra po‘stini parchalab tashqariga chiqadi. Ammo shu chiqqan tanachalar mustaqil hayot kechirmasdan, balki 2 tasi o‘zaro juft-juft bo‘lib qo‘shilib oladi. O‘zaro qo‘shiluvchi bunday tanachalarga gametalar deyiladi. Gametalarning qo‘shilishi natijasida hosil bo‘lgan mahsulot — zigota deb yuritiladi. Ana shu zigotalar qalin po‘st bilan o‘ralib oladi va suv tagiga cho‘kib, qulay sharoit sodir bo‘lganga qadar tinim davrini o‘taydi. Tinim davri tugagach, zigotalar reduktsion bo‘linib, 2 yoki 4 ta yangi tanacha hosil qiladi. Bu tanachalarga zoospora deyiladi. Zoosporalar har biri bir juft xivchin hosil qilib, mustaqil organizm sifatida yashay boshlaydi.
Yashil suvo‘tlar tabiatda ko‘k-yashil suvo‘tlardek juda keng tarqalgan. Yashil suvo‘tlarning keng tarqalgan bir hujayrali vakillariga xlorokokk, xlorella, xlamidomonada, zignema, klosterium, desmidium kabilarni; ko‘p hujayralilariga — ulotriks; kladofora, spirogira (baqato‘n), edoganium, ulva yoki dengiz salati, xara, nitella kabilarni; koloniya holida yashovchilariga volvoks, evdorina, pandorina, suv to‘ri kabilarni va, nihoyat, «hujayrasiz» vakillariga — vosheriya, kaulerpa, atsetabulariya kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Yashil suvo‘tlar tipining vakillari ham tabiatda va xo‘jalikda katta ahamiyatga ega.
Download 135,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish