Klassifikatsiya — sotsial hayotimizda va fanda keng tarqalgan
tushunchadir. Klassifikatsiya lotincha «classis» — sinf, guruh, tur
va «facere» — qilmoq so‘zlariga to‘g‘ri keladi.
Klassifikatsiya atrof-muhitni, dunyoni, modda va hodisalarni o‘rganish jarayonidir. H ar bir hodisa va moddalar bir qancha belgilarga ega bo‘ladi, bu belgilarga asoslangan holda hodisa
va moddalar sinflarga, guruhlarga bo‘linadi, ya’ni klassifikatsiya
qilinadi. Masalan, D.I. Mendeleyevning elementlarni ortib boruvchi atom og‘irligiga ko£ra joylashtirilgan davriy sistemasi. Har
bir elementlar va jismlarning birikmalaridagi barcha xossalari
davriy sur’atda takrorlanib turadi, atom og‘irligiga qonuniy ravishda bog'liq bo‘ladi deb, isbotlandi.
D.I. Mendeleyevning elementlar davriy sistemasiga (klassifikatsiyasi) moddalarning atom og‘irligi asos qilib olingan. Bu
asos kimyo fani tarixida yangi davrning vujudga kelishiga imkon
berdi, moddalarning tuzilishi to‘g‘risidagi ta’limotning taraqqiy
etishiga sabab bo‘ldi.
Ayrim hollarda sun’iy klassifikatsiyalar ham qo‘llaniladi. M asalan, o‘simliklarning barglarini va gullarining rangi, shakliga
qarab klassifikatsiyalashdan dekorativ o‘simlikshunoslikda amaliy
jihatdan foydalaniladi.
Demak, amaliyotda klassifikatsiyalash asosiy va sun’iyga
ajratiladi. Kutubxona bibliografiya ishida bu jarayon qanday kechadi. Kutubxonashunoslik ishining an’anaviy ish faoliyati hujjatlarni klassifikatsiyalashda asos — hujjatlarning mazmuni qilib
olinadi. Bu usul hujjatlar klassifikatsiyasiga tabiiy klassifikatsiya deb qarash im konini beradi. Hujjatlarni formatiga, tiliga,
chiqarilgan joyiga, betlar soniga qarab tanlab olish sun’iy klassifikatsiyaga misoldir. D yuining 0 ‘nlik Klassifikatsiyasi (The
Dewey Decimal Classification DDC) kitob klassifikatsiyasi si-
fatida, Universal o‘nlik klassifikatsiyasi esa (U O ‘K) bibliografik
klassifikatsiya sifatida qabul qilindi. Bibliografik klassifikatsiya
ham chuqur va batafsil klassifikatsiya uchun qo‘llaniladi. Batafsil klassifikatsiya mikro hujjatlar uchun qo‘llaniladi. Kongress
kutubxonasi klassifikatsiyasi chuqur klassifikatsiyaga asosan
faoliyat yuritadi. Kichik kutubxonalarning talabiga javob beruvchi va unchalik batafsil bo'lmagan klassifikatsiya Keng yoki
Umumiy klassifikatsiya deyiladi. Dyuining 0 ‘nlik klassifikatsiyasining boshlang'ich nashrlari ham shu klassifikatsiya turiga
mansub bo'lgan1. Kutubxona fondlari goho maxsus maqsadlarni
ko‘zlab, ana shunday ajratiladi, biroq, odatda, hujjatlarni klassifikatsiyalash deganda ularni mazmuniga muvofiq tarzda guruhlarga ajratish nazarda tutiladi. Faqat bilim sohalariga ko‘ra
guruhlarga ajratishga matbuot asarlarini klassifikatsiyalash deb
aytiladi. Kitobxonlarning turli ehtiyojlarini qondirishda shu
tarzda hujjatlarni mazmuniga ko‘ra klassifikatsiyalash maqsadga
muvofiqdir.
Shunday qilib, hujjatlarni bilimning muayyan sohasiga munosabati belgisiga qarab klassifikatsiyalash kitobxonlarni o‘zlariga
aynan kerakli adabiyotni tanlab olishlariga imkon beradi.
Klassifikatsiyalash jarayoni Axborot resurs markazlari, Axborot-kutubxona markazlari kutubxona fondlarini har tomonlama
chuqur yoritib berish, kitobxon, kutubxonachini unumli ishlashiga imkon yaratadi2.
Kutubxona—bibliografiya ishi nazariyasi va amaliyotida hujjatlarni klassifikatsiya tushunchasi deb, aynan sistemali (fan sohalari bo‘yicha) klassifikatsiyaga aytiladi.
Sistemali klassifikatsiyaning asosiy xususiyatlari shundan
iboratki, bunda barcha bilimlar majmuasi fan sohalarining
bo‘linishiga asoslanib, alohida bo‘limlarni hosil qiladi. Bo‘lim
ichida yana mayda bo‘linm alar va bo'limchalar tashkil qilinadi.
Bu bo‘linm alarning har birida bilimning muayyan sohalariga te-
gishli masalalardan biriga doir kitoblar birlashtiriladi. Bo'linmalar
ichida yana kichik bo‘limchalar hosil qilinadi.
Klassifikatsiya bo‘limlarini umumiy tushunchadan (ya’ni
bo‘limdan) xususiy, juz’iy tor m a’nodagi tushunchaga bo‘linma,
bo'linmachalarga o‘tishi ierarxik — sistemali tartib deyiladi. M asalan, musiqa tushunchasi umumiy deb olsak, vokal musiqasi, estrada orkestri - bu xususiy tor ma’noni anglatadigan tushunchalar.
Bo‘lim, bo‘linm alar va bo‘linmachalarni ierarxik bog‘lanishi
kutubxona bibliografik klassifikatsiyalar jadvallarini asosini tashkil etadi.
Sistemali kataloglar hamda Axborot-resurs markazlari, Axborot-kutubxona markazlari, kutubxonalarning fondlari ham xuddi shu klassifikatsiya asosida tuziladi. Klassifikatsiya bo‘lim larini
umumiydan (bo‘limdan) juz’iyga (bo‘linma va bo‘linmachalarga)
tomon bunday joylashtira borish sistemali tartib deyiladi. «Sistemali joylashtirish» va «sistemali katalog» degan tushunchalar
shuning mantiqiy ifodasidir.
Kitoblar tokchalarda va sistemali katalogda ham bilimning har
xil bo‘limlari bo‘yicha kitob va kartochkalar bo‘lim, bo‘linmalar,
bo‘Unmachalan tashkil qilinib umumiydan juz’iyga yoki xususiyga tomon ketma-ket joylashtiriladi.
Umumiy va juz’iy degan tushunchalar nisbiy tushunchalardir, albatta. Masalan, fizika bo‘linmasi - tabiiy fanlar asosiy
bo'limiga nisbatan juz’iydir — ayni chog‘da u akustika, optika va
boshqa mayda bo‘linmalarga nisbatan umumiydir.
Klassifikatsiya bo‘lim larini umumiydan juz’iyga tomon
joylashtirish prinsipiga amal qilib, ularning nomlarida muayyan izchil tartib: bo‘lim, bo‘linma, bo‘limcha degan tartib belgilash mumkin bo‘lur edi. Biroq kutubxonashunoslik tajribasida
«bo‘lim» termini odatda har bir bo‘linishga nisbatan qollaniladi,
«bo‘linma», «bo'limcha» terminlari esa bo‘limning tobelik
ma’nosini bildirishi lozim bolgan hollardagina ishlatiladi. M asalan, «Akustika bo‘limi» ayni chog‘da bu fizika bo‘limining
bo‘limchasi deyiladi.
Bibliografiyada hujjatlarni klassifikatsiyalash keng qo‘llaniladi.
Xuddi kutubxona sistemali katalogi singari bibliografik nashrlar-
da ham hujjatlarning tasvirlari mazmuniga qarab, bu asarlarning
mavzusini ochib beruvchi rubrikalar ostida guruhlarga ajratiladi.
Bibliografik nashrlarda hujjatlarni mazmuniga qarab guruhlarga
ajratish ham m a vaqt ham bilim sohalariga qarab klassifikatsiyalash bilan bog‘layverilmaydi.
Bibliografik nashrlarning ko‘pchiligida hujjatlarni predmet
katalogiga yaqinlashtirib predmet asosida guruhlarga ajratish
usullaridan yoki geografik belgilariga qarab, guruhlarga ajratish
usulidan foydalaniladi. Bibliografiyaning turli xillarini guruhlarga ajratishning xarakteri va usullari m azkur nashrning maqsadlari bilan belgilanadi. Biroq bilimning barcha sohalariga yoki
ko‘p sohalariga oid matbuot asarlarini o‘z ichiga oluvchi universal
xarakterdagi ko‘pgina bibliografik nashrlarda, shuningdek katta
sohali bibliografiyalarda asarlar rubrikalar bo‘yicha guruhlarga
ajratiladi va rubrikalar sistemali katalogning tuzilishiga o‘xshash
tartibda, ya’ni bilim sohalariga qarab joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |