Amaliy optika bosqichlari
Amaliy optika odatda soddalashtirilgan modellar bilan bajariladi. Ulardan eng keng tarqalgani, geometrik optika, yorugʻlikni toʻgʻri chiziq boʻylab harakat etuvchi va moddalardan oʻtganda yoki qaytganda sinuvchi nurlar toʻplami deb qaraydi. Fizik optika esa yorugʻlikning nisbatan murakkab modeldir.
Moddalarning tabiatini hamda fizik, ximiyaviy xususiyatlarini o’rganishda amalda turli metodlardan foydalaniladi.
Masalan: Ximiyaviy, fizikaviy, biologik metodlar. Bu metodlar ham o’z navbatida bir necha turlarga bo’linadi. Ana shulardan fizikaviy metodni ko’rib chiqadigan bo’lsak.
Dielektrik yo’qotish.
Optika.
Rentgenografiya.
Yadro magnit rezonans.
Ko’rsatilgan metodlarning ichida optik spektroskopiya metodi alohida ahamiyatga yegadir. Ya’ni turli xildagi optik spektroskopik asboblar yordamida moddalarni yutilish, nurlanish, qaytish, sochilish spektrlarini o’rganib shu modda tabiatini fizikaviy, ximiyaviy xususiyatlari, molekularning issiqlik harorati, spektral sostavi, molekulalararo ta’sir kuchi va hokazolar to’g’risida ma’lumot olish mumkin. Moddalarning bunday xususiyatini o’rganishda optik spektral asboblardan to’liq foydalaniladi.
Spektral asboblar deb optik diapazondagi yelektromagnit to’lqinlarini chastota yoki to’lqin uzunligi bo’yicha taqsimlovchi asboblar aytiladi.
Xuddi shuningdek, qo’yilgan maqsadga muvofiq ya’ni moddalarning turli xil spektrlarini ( yutilish, sochilish, qaytish qaysi asboblarda ) olishda turli xil yorug’lik manbalaridan ham foydalanish mumkin.
Har qanday spektral asbob quyidagi asosiy parametrlar bilan haraterlanadi.
Chiziqli dispersiya.
Burchakli dispersiya.
Asbobning ajrata olish qobiliyati.
Asbobning ishlash oblasti
Yoritish kuchi.
Bu kattaliklar bo’yicha keyingi paragraflarda to’lig’icha to’xtalib o’tamiz. Bu kursning asosiy vazifasi spektral asboblarni asosiy ishlash prinsiplarini qo’llanish oblastlari spektral asboblarni yoritish usullari yordamida manbaga qo’yilgan talablarni spektrlarini hamda qayd qilish metodlariga doir masalalarni o’rganishdan iboratdir.
Spektral asboblarnnng dispersiyalovchi qismi burchakli hamda chiziqli dispersiyalar bilan xarakterlanadi. Bizga ma’lumki spektral asboblar prizmali yoki difraksion panjarali bo’linish mumkin.
Agar spektral asboblar prizmali bo’lsa undagi yoreg’likning yo’li quyidagicha bo’ladi.
1-rasm
Bunda
1. Kirish tirqishi.
2. Kollimator obektivi.
3. Prizma.
4. Kamera obektivi.
5. Fotoplastinka yoki plyonka.
Do'stlaringiz bilan baham: |