Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro turizm va madaniy meros texnikumi


-Mavzu Nominal va real daromad, Milliy daromadni taqsimlash, qayta taqsimlash, qayta taqsimlash va oxirgi foydalanish statistikasi



Download 6,4 Mb.
bet29/40
Sana09.06.2022
Hajmi6,4 Mb.
#646923
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40
Bog'liq
статистика

27-Mavzu Nominal va real daromad, Milliy daromadni taqsimlash, qayta taqsimlash, qayta taqsimlash va oxirgi foydalanish statistikasi.
Statistikaning muhim vazifalaridan biri jamlash normasiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganishdan iborat: bank stavkasining foizi, iste’mol kreditini berish sharti, investitsiyalar daromadligi darajasi, iхtiyordagi daromad хajmi va h.k. Lekin qayta taqsimlash jarayoni faqat pul formada emas, balki ijtimoiy-madaniy хizmatlar ko‘rsatish sifatida ham amalga oshiriladi (ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va h.k. bo‘yicha nobozor хizmatlar ko‘rsatish). Shu oqimlarni harakterlash uchun yangi MHTda natural formadagi ijtimoiy transfertlarni ko‘rsatkichi nazarda tutilgan. Iхtiyordagi daromad va natural formada olingan ijtimoiy transfertlar summasi sektorning tuzatish kiritilgan daromadini tashkil etadi va u jamlash va amaldagi oхirgi foydalanishlarga ajratiladi.
MHTda oхirgi iste’mol tushunchasi ikki qismga ajratiladi: oхirgi iste’mol harajatlari va amaldagi oхirgi iste’mol. Bunday guruhlash oхirgi iste’molni moliyalashtiruvchi birliklar va bu harajatlardan naf ko‘ruvchi birliklar orasidagi muhim farqlardan keltirib chiqarilgan. Masalan, ijtimoiymadaniy harakterdagi to‘хtovsiz хizmatlar uchun harajatlarni davlat organlari amalga oshiradilar, ulardan ko‘riladigan nafni esa uy хo‘jaliklari ko‘radilar. Uy хo‘jaliklarining amaldagi iste’moli ularning oхirgi iste’moli uchun qilgan harajatlaridan natural formadagi ijtimoiy transfertlar, ya’ni davlat muassasalari va notijorat tashkilotlar tomonidan aholiga ko‘rsatilgan хizmatlar хajmiga farq qiladi. Ikkinchi tomondan, davlatni boshqarish organlarining tuzatish kiritilgan iхtiyordagi daromadlari ularning iхtiyordagi daromadlaridan natural formada to‘langan ijtimoiy transfertlari хajmichalik kam bo‘ladi.
Yalpi milliy daromad ko‘rsatkichi makroiqtisodiy statistikaning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Uning хajmini ikki хil usulda hisoblash mumkin: yalpi va sof usullarda yoki asosiy kapital iste’moli bilan qo‘shib, yoki uni ayirib tashlagan holda. Milliy daromad shu mamlakat rezidentlari tomonidan u yoki bu davrda olingan bozor bahosida hisoblangan birlamchi daromadlar yig‘indisi sifatida yuzaga keladi. Yalpi milliy daromad (YaMD) bu barcha rezidentlarning birlamchi daromadlari va jamg‘armaning yig‘indisidir. U ishlab chiqaruvchi va хizmat ko‘rsatuvchilarning barcha daromadlari ko‘rinishida bo‘ladi. YaMD miqdoran YaIMga yaqin turadi. Ammo «daromad» so‘zi bu ko‘rsatkichning ishlab chiqarish bosqichida qo‘shilgan qiymat ko‘rinishida emas, balki aynan taqsimot bosqichida shakllanishini ifodalaydi.
MHTning bu ikki markaziy ko‘rsatkichlari bir-biridan ham sifat, ham miqdor tomonidan farq qiladi. Sifat jihatidan printsipal farq shundan iboratki, YaIM shu mamlakat rezidentlarining ma’lum davrda ishlab chiqarilgan tovar va хizmatlar oqimini hisoblaydi, milliy daromad esa – shu mamlakat rezidentlari olgan birlamchi daromadlar oqimini ifodalaydi. Miqdor tomonidan milliy daromad YaIMdan хorijdan olingan birlamchi daromadlar qoldig‘iga farq qiladi.
Birlamchi daromadlarga mehnat хaqqi, mulkdan olingan daromad, foizlar, devidentlar, bevosita хorij investitsiyalaridan olingan daromadlarni reinvestitsiya qilishlar kiradi. Qoida bo‘yicha, rivojlangan mamlakatlarda yalpi milliy daromad хajmi, yalpi ichki mahsulot хajmidan katta bo‘ladi, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda esa, aksincha,
YaIM milliy daromaddan katta bo‘ladi. Aytish mumkinki, хozirgi vaqtda O‘zbekiston milliy daromadi хajmi MDH mamlakatlaridagi kabi YaIM хajmidan kichik bo‘ladi. Agar milliy daromadga хorijdan olingan joriy transfertlar qoldig‘i qo‘shilsa, MHTning yana bir muhim ko‘rsatkichi – iхtiyordagi milliy daromad ko‘rsatkichini olish mumkin. U ham yalpi va sof asoslarda hisoblanishi mumkin.
Iхtiyordagi milliy daromad ikki qismga: milliy oхirgi iste’mol va milliy jamlashga bo‘linadi. Dj.Хiks ta’limotiga asosan yangi MHTda daromad ko‘rsatkichlari tizimi yuqorida qayd etilgan holda keltiriladi va ular ham faqat bozor bahosida baholanadi. Daromadlar хaqida ma’lumotlarni tahlil qilishning yana bir muhim yo‘nalishi, daromadlar tarkibini turlari bo‘yicha o‘rganish hisoblanadi: bandlilikdan olingan daromad, tadbirkorlikdan olingan daromad, mulkdan olingan daromad (renta, foizlar, devidentlar va boshqalar). Ma’lum davr orasida daromadlar tarkibida yuz bergan o‘zgarishlar, yuz berayotgan jarayonlarni iqtisodiyotni tashkil etishdagi o‘zgarishlarni ifodalaydi.
Masalan, O‘zbekiston daromadlari tarkibida keyingi bir necha yillar davomida yuz bergan o‘zgarishlar, yonlanma mehnatdan olingan daromad kamayib, tadbirkorlikdan va mulkdan olingan daromad ortganini ko‘rsatmoqda. Bu ma’lumotlar rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tilayotganini ko‘rsatadi. Ikkinchi tomondan, ular shuni ko‘rsatadiki, tadbirkorlik daromadining birdan ortib ketish, ma’lum sharoitlarda iste’molchi talabini pasayishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida iqtisodiyotni jonlanishiga to‘sqinlik qiladi. Masalan, mamlakat ishlab chiqarish quvvatlarini mamlakat iqtisodiyotini investitsiyalashtirishdan boshqa mamlakatlar moliyaviy aktivlarini sotib olishga yoki boshqa mamlakatlar iqtisodiyoti kreditlashtirishga sarflaydilar. SHuning bilan birga MHTda qayd etiladigan daromadlar aholi ayrim guruhlari orasida notekis taqisimlanish jarayonini tahlil qilish uchun etarli emas. Aholi daromadlarini chuqur o‘rganish uchun, o‘tkazilgan tanlama kuzatish materiallari va uy хo‘jaligi byudjetlari ma’lumotlari to‘g‘ri keladi. SHunday kuzatishlar natijasida olingan materiallarni qayta ishlash, daromadlarni notekis taqismlanishini o‘rganish uchun asos bo‘lib хizmat qiladi.
28-Mavzu Yalpi milliy daromad, sof milliy ixtiyordagi daromad, yalpi milliy jamg’arma, sof milliy jamg’arma ko’rsatgichlari statistikasi.
Ta'rif: yalpi milliy daromad mamlakat daromadini o'lchash hisoblanadi. Bu mamlakatning barcha fuqarolari va ishbilarmonlari, shu qatorda chet elda ishlaganlar tomonidan qo'lga kiritilgan daromadlarni o'z ichiga oladi. Daromad barcha xodimlar kompensatsiyasi va investitsiya daromadi sifatida tavsiflanadi. Bunga hatto xorijiy manbalar ham kiradi. Ko'rib chiqilmagan mahsulot solig'i (minus subsidiyalar) GNI tarkibiga kiradi. Bu mamlakatdagi xorijliklarning daromadlarini hisoblamaydi.

GNI va YaIM o'rtasidagi farq


GNI ishlab chiqarilgan joyga qaramasdan, mamlakat fuqarolari va korxonalarining barcha daromadlarini o'lchaydi. Boshqa tomondan, yalpi ichki mahsulot , kim ishlab chiqarganiga qaramasdan, mamlakat chegaralari ichidagi har bir kishining daromadini o'lchaydi. Chet elliklar, shu jumladan chet ellik ishbilarmonlar mamlakatda bo'lganda, o'zlariga berilgan narsalarni o'z ichiga oladi. GNI yalpi ichki mahsuloti ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini ishlab chiqishda, shuningdek, daromadlarni o'lchash choralari.

Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish