Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro turizm va madaniy meros texnikumi


-Mavzu Statistikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi



Download 6,4 Mb.
bet2/40
Sana09.06.2022
Hajmi6,4 Mb.
#646923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
статистика

1-Mavzu Statistikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi.


Statistika so’zini biz juda ko’p eshitamiz va ishlatamiz. Lekin ko’pchilik bu so’z nimani anglatadi va qachon, qaerda paydo bo’lgan degan savollarga javob berolmaydi, hatto bu so’zni to’g’ri yoki noto’g’ri, o’rinli va o’rinsiz ishlatayotganini o’zi ham bilmaydi. Yuqorida qo’yilgan savollarga javob berish uchun, statistika tarixiga qisqacha sayohat qilaylik.
Insonga oddiy hisoblarni amalga oshirish zaruriyati tug’ilganda, bu ishni ular qo’lidagi barmoqlari yordamida bajarganlar. Jamiyatda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi natijasida insonlar hisob-kitoblarni qo’l barmoqlari bilan emas, balki ayrim predmetlar orqali bajarishga kirishdilar. Masalan, Grek tarixchisi Gerodotni (eramizdan oldin 484-420 yillarda yashagan) ta’kidlashicha qadimiy fors podshohi Dariya o’z qo’shinlarini soni to’g’risida ma’lumotga ega bo’lish uchun har bir askarga bir donadan toshni olib kelib bir erga to’plashni buyuradi. Xuddi shunday ishni skiflar podshosi Ariant ham bajaradi. Ariant toshni emas, kamonning mis uchini to’plashni buyuradi. Keyinchalik, insoniyat hisob-kitoblar olib borish texnikasining yangi pog’onasiga o’tadi, ya’ni boshlang’ich schyotlari paydo bo’la boshlaydi. Ularning tarixi bir necha ming yillarga borib taqaladi. Ular, avvalo Xitoyda svau-pau (suan-pan) nomlari bilan paydo bo’lgan, keyinchalik Yaponiyada – saroban nomi bilan. Bundan ikki ming yillar avval bunday schyotlar Gretsiya va Rim maktablarida ham qo’llanilgan. Shunday qilib, yaratilgan maktablarda asta-sekin hisob-kitob yuritish asarlari paydo bo’la boshladi. Shunday asarlardan biri “Manu qonunlari”dir. Bu asarda (eramizdan oldingi X asr) Hindistonning sotsial – iqtisodiy sharoitlari o’rganilgan.
Qadimiy hind schyotlarining boshqalarga o’xshamasligi, ularning katta sonlarga moyilligidir. Qadimgi hind traktati “Artxashastra” (taxminan IV-III asrlar, eramizgacha) o’z vaqtini iqtisodiy-texnik va siyosiy bilimlarini butun bir tizimini aniqlab bergan, ya’ni unda davlat xazinasi schyotlarini yuritish, davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari sxemasini tuzish, savdoni muvofiqlashtirish uchun davlat organlari tomonidan bahoni barqaror darajasini o’rnatish va boshqa masalalar keng yoritilgan. Ariabxata (V asr), Braxmagupta (V-VI asr), Maravira (IX asr), Bxaskara (XII asr) va boshqa hind olimlari hisob-matematika adabiyoti fondida ajoyib namunalar qoldirdilar.
Hisob-statistika ishlarini rivojlanishga katta hissa qo’shgan olimlar xitoyliklardir. Ularga Kunfutsiya (Kun Futszu, 551-479 y. eramizgacha), Men Tszi (372-289 y. eramizgacha) va boshqalarni kiritish mumkin.
Eramizgacha to’rt minginchi yillarda yirik quldorlik davlati bo’lgan Misrda juda ko’p statistik ishlar amalga oshirilgan. Eramizgacha bo’lgan uch minginchi yillarda Misr yozuvi paydo bo’ladi. Matematika juda rivojlanadi. Ayrim ma’lumotlariga ko’ra, eramizdan 3500 yil ilgari Misrda aholi ro’yxati o’tkazilgan.
O’sha davrlarda Misrda kasrlar va arifmetik amallar ma’lum bo’lgan. Masalan, bir, o’n, yuz, ming va h.k. maxsus belgilar bilan bayon qilingan. Masalan, million raqami juda katta songa hayron bo’lib qo’lini ko’tarib turgan inson figurasi orqali belgilangan. Qadimgi Misrda geometriya va astronomiya paydo bo’ladi. Birinchi bo’lib kalendar va kadastr tuziladi.
Yangi eraning boshlarida hisob-matematika ishlari bilan juda ko’pchilik shug’ullana boshlaydi. Bu ishning territoriyasi Hind yarim orolidan Afrikaning shimoliy dengiz qirg’oqlari va Ispaniya janubigacha kengayadi. Bu hududda bosqinchilik urushlaridan so’ng (VII asr), islom dini ustunlangan rasmiy (arab) tili zonasi paydo bo’ladi. Regionning ajoyib iqlimi, geografik, xo’jalik va siyosiy sharoitlari umuman fanning, shu jumladan statistika fanining rivojlanishiga katta yordam va turtki bo’ldi. Butun hududdan ilmiy asarlar to’planib, ular arab tiliga o’girildi. Arab hisob-matematika asarlari o’ziga qisman antik grek mualliflarini hamda Hindiston, Xitoy, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari olimlari asarlarini birlashtira boshladi.
Endi davlat yig’imlarni to’plash uchun, er egalarida qancha eri borligini, undan qancha daromad olishini, urush olib borish uchun qancha aholi va shundan qanchasi katta yoshdagi erkaklar va boshqalarni bilish zaruriyati tug’iladi. Bu ishlar qadimgi statistik ishlardan farq qiladi, ya’ni u faqat ro’yxatga olish emas.
Statistika fan sifatida XVII asrda Angliyada paydo bo’lgan. Siyosiy arifmetika maktabining namoyondalari Jon Graunt (1620-1674) va Uilyam Petti (1623-1687) statistika fanining asoschilari hisoblanadilar. Chunki birinchi bo’lib ijtimoiy-iqtisodiy tekshirishlarda statistikani qo’llash fikri U.Pettida tug’ilgan edi. K.Marks U.Pettini ulug’ va original iqtisodchi-tekshiruvchilardan biri, siyosiy iqtisodning otasi va ma’lum bir darajada statistikaning ixtirochisi deb hisoblagan.



Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish