Asosiy funksiyalar:
davlat statistikasi sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, statistikani tashkil qilishning samarali tizimini ta’minlash, davlat statistikasi sohasida muvofiqlashtirish va funksional tartibga solishni amalga oshirish; xalqaro standartlarga mos yagona statistik metodologiyani va davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish; ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari toʻgʻrisidagi statistik axborotlarni yigʻish, qayta ishlash, toʻplash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va nashr qilish; davlat organlari, yuridik shaxslar, xalqaro tashkilotlar va aholini statistika axborotlari bilan belgilangan tartibda ta’minlash; korxona va tashkilotlarning yagona davlat registri va statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur iqtisodiy-statistik klassifikatsiyalarni yuritish; davlat statistikasi tizimining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, foydalanuvchilarga respublikaning rivojlanishini toʻliq tavsiflovchi va iqtisodiyotning tarmoq va sohalari rivojlanishidagi, shuningdek aholi turmush darajasidagi sifatiy oʻzgarishlarni ochib beruvchi koʻrsatkichlardan erkin foydalanish imkonini ta’minlash; Davlat statistika qoʻmitasi markaziy apparati va uning tarkibiy boʻlinmalari ishining shakli va usullarini yanada takomillashtirish, fuqarolarning murojaatlariga oʻz vaqtida javob qaytarilishini ta’minlash, xodimlarning yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish uchun mas’uliyatini oshirish.
Ustivor yoʻnalishlar oʻrganilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni makroiqtisodiy, tarmoq va hududiy darajalarda qamrab olishni kengaytirishga qaratilgan statistika ma’lumotlarini yigʻish va qayta ishlashning zamonaviy metodologiya va usullarini keng joriy etish yoʻli bilan statistika kuzatuvlari tizimini qabul qilingan xalqaro tajribaga yanada moslashtirish; mahalliy va xorijiy foydalanuvchilarning keng doirasi uchun statistik ma’lumotlarning maksimal ochiq-oydinligi va oshkoraligini ta’minlash, xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan xalqaro statistik toʻplamlarda respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi koʻrsatkichlari va materiallarini nashr qilish; milliy iqtisodiyot va hududlarning rivojlanishini toʻliq tavsiflovchi statistika ma’lumotlarini sifatli va tezkor tayyorlash, iqtisodiyotni isloh qilish va erkinlashtirishni chuqurlashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta jihozlash, xom-ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, respublika hududlarini kompleks rivojlantirish, aholi turmush darajasidagi sifat oʻzgarishlari boʻyicha qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish; statistika ma’lumotlarini yigʻish, qayta ishlash, taqdim etish va tarqatishning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, statistika ma’lumotlari bilan ishlash jarayonining avtomatlashtirish darajasini oshirish, statistika ma’lumotlarining yagona bankini shakllantirish; statistika nashrlariga koʻrsatkichlarni vizuallashtirishning ilgʻor metodlarini joriy etishni va tarqatilayotgan statistika ma’lumotlarini tahliliy va ma’lumotnoma materiallar bilan birga berishni ta’minlash, ommaviy axborot vositalarida joylashtirish uchun dokladlar, press-relizlar va maqolalarni nashr qilish orqali statistika organlarining tahliliy salohiyatini kuchaytirish; davlat va idoraviy statistika kuzatuvlarini maqbullashtirish, tanlanma statistika kuzatuvlari sonini va natijalarining ishonchliligini bosqichma-bosqich oshirish yoʻli bilan xolis, sifatli va talab yuqori boʻlgan hisobot ma’lumotlarini tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasi davlat statistika qoʻmitasining muvofiqlashtiruvchi rolini kuchaytirish mamlakatdagi ilmiy va ta’lim muassasalari va xorijiy statistika tashkilotlari bilan hamkorlikda statistika sohasi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha ishlarni tizimli asosda tashkil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |