22-Mavzu Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida milliy boylik tushunchasi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va fuqarolik jamiyatni rivojlantirish sharoitida davlat budjeti xarajatlari samarali ijrosini ta’milashda oldindan belgilangan tamoyillar asosida amalga oshiriladi (chizma). Bunday tamoyillar qatoriga budjet mablag’larini maqsadli taqsimlash,ulardan eng yuqori samara olinishiga erishiladigan holda foydalanish, tejamkorlik rejimiga qat’iy amal qilish va budjet xarajatlarini ijrosini ta’minlashda budjet intizomiga rioya etilishini ta’minlash kabilar kirishi mumkin. Bu tamoyillarga so’zsiz amal qilish budjet mablag’laridan maqsadli, samarali va tejamlilik asosida foydalanishga katta imkoniyat yaratadi.
Bugungi kunda mamlakatdagi mavjud ahvolni o’rganib chiqib, budjet xarajatlarini rejalashtirish va ijrosi jarayonidagi budjet intizomini buzilishiningquyidagi xarakterli ko’rinishlarini keltirish mumkin:
Budjetning ikkinchi darajali xarajatlarini mablag’ bilan ta’minlash
oqibatida birinchi darajadagi tadbirlarga mablag’ yo’naltirishni kechiktirish;
Mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarning tazyoiqi ostida budjet
mablag’larini budjet parametrlarida ko’zda tutilmagan xarajatlarga yo’naltirish;
Ish xaqi, xo’jalik xarajatlari bo’yicha belgilangan budjet limitlarini oshirib borish;
Bdyudjet mablag’larini bir moddadan ikkinchi moddaga o’tkazish va ulardan noqonuniy tarzda foydalanish va h.k.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va fuqarolik jamiyatni rivojlantirish sharoitida davlatning moliyaviy resurslarni boshqarishi ahamiyati beqiyos hisoblanadi, shu sababli respublikamizda Davlat budjeti ijrosini amalga oshirishda g’aznachilik tizimiga o’tish zaruriyati paydo bo’ldi. Sababi, yuqorida ko’rsatib o’tilgan muammolarning echimini xal etish uchun budjet tizimida budjet xarajatlari samarali ijrosini ta’minlovchi muhim bo’g’in budjet amaliyotga g’aznachilik tizimi joriy etildi.
Iqtisodiy muvozanat deb bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqlikda va ta’sirda amal qiladigan iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining birbiriga teng kelgan holatiga aytiladi. Butun iqtisodiyotning muvozanati to‘g‘risida gap borganda eng avvalo, yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi tenglik e’tiborga olinadi.
Iqtisodiy muvozanat – iqtisodiy jarayonlar, voqea, hodisalarning bir-biri bilan bog‘liqlikda va qarama-qarshi bo‘lgan ikki yoki bir necha tomonining teng kelish holati.
Xususiy muvozanat – bu ikkita o‘zaro bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar yoki iqtisodiyot bo‘laklarining miqdoran teng kelishi.
Iqtisodiy mutanosiblik – iqtisodiyotning turli tarmoqlari, tomonlari va sohalari o‘rtasida miqdor va sifat jihatdan bir-biriga mos kelishi.
Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir.
Milliy boylik nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi. Uning bir qismi nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida vujudga keltiriladi va jamiyatning nomoddiy boyligi hisoblanadi. Nomoddiy sohalarda ashyoviy-buyum shakl bilan bog‘liq bo‘lmagan alohida turdagi iste’mol qiymatlar hosil qilinadi. Ular ham moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyat qilishi va rivojlanishi uchun, shuningdek bevosita aholining turmush darajasini ta’minlash va oshirib borish uchun zarur bo‘ladi. Bunday boyliklarga ta’lim, sog‘likni saqlash, fan, madaniyat, san’at, sport sohalarida vujudga keltiriladigan nomoddiy qimmatliklar kiradi. Uning tarkibida tarixiy yodgorliklar, arxitektura obidalari, noyob adabiyot va san’at asarlari alohida o‘rin tutadi.
23-Mavzu Gudvill va marketing aktivlari, mineral resurslar energetic foydali qazilmalar.
Butun dunyoda korxonalarni bir biriga qo’shilish jarayonlari keng tarqalgan bo’lib, ayrimlari boshqalarini sotib oladi. Har qanday korxona yoki firmaning jami mulkiy xo’jalik uning aktiv va majburiyatlari o’rtasida tafovut mavjud. Ingliz iqtisodiy adabiyotida ushbu farq goodwill deb nomlanadi. Milliy hisob iqtisod adabiyotlarida “gudvill” korxona narxi, korxonaning taniqli nomi (obro’-e’tibor), o’rnatilgan ishchan aloqalar, korxona sheriklar tushunchalari bilan bir qatorda ishlatiladi.
Gudvill - bu xaridor tomondan faoliyat yuritayotgan kompaniya (firma, korxona, biznes)ni sotib olishda, uning yangidan tashkil etishga nisbatan qo’lga kiritilgan afzalliklaridir.
Gudvillni baholashning ikki usuli bor:
GUDVILL = investitsiya – sof aktivlar qiymati * egalik ulushi (
1)summasi (sho’ba korxonaning)
proportsional baholash usuli76
2) to’liq baholash usul.77
B) GUDVILL = (aksiyanerlar nazoratidagi + aksiyanerlar nazoratida) – sho’ba korxonaning
2) investitsiyalar bo’lmagan ulush sof aktivlari
Bu usul orqali baholashda birgina aktsionerlar ulushigina o’rganilmasdan, balki sho’ba korxonaning xaqiqiy narxining barcha aktivlariga nisbatini olish bilan o’rganiladi.
Gudvill ijobiy yoki salbiy bo’lish mumkin. Korxonaning taniqli nomi bo’lsa, korxona qiymati uning aktiv va majburiyatlari jami qiymatidan yuqori ekanligidan dalolat beradi. Bunda ushbu korxona faoliyatida sezib bo’lmaydigan, uning aktiv va majburiyatlari qiymatida o’z aksini topmagan narsa sifatida korxonaning barqaror xaridorlari, geografik jihatidan qulay joylashuvi, sifat jihatidan qozongan obro’-e’tibori, marketing va mahsulot sotish ko’nikmalari, texnik nou-xau, o’rnatilgan aloqalar, boshqarish tajribasi, korxona personallarini malaka darajasi va h.k. bo’lishi mumkin bo’lgan daromaddan yuqorirroq daromad darajasini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |