"Tadbirkorlik va boshqaruv" fakulteti 3I-20 guruh talabasi



Download 19,64 Kb.
Sana11.07.2022
Hajmi19,64 Kb.
#775704
Bog'liq
08.02.2022


“Tadbirkorlik va boshqaruv” fakulteti
3I-20 guruh talabasi
Eshdavlatov Jasur
Makroiqtisodiyot fanidan yozgan qayta o’zlashtirishi.

Mavzu: ASOSIY MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLAR


Dars qoldirilgan sana: 08.02.2022y

MAVZU. ASOSIY MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLAR


Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini tahlil qilish, milliy iqtisodiyot rivojlanishidagi muammolarni aniqlash hamda uni yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqarish uchun bir qator iqtisodiy ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Alohida firmalar faoliyatiga baho berishda qo’llaniladigan ko’rsatkichlardan farqli tarzda bu ko’rsatkichlar milliy iqtisodiyotning barcha sub’ektlari faoliyatiga umumiy baho berish, makroiqtisodiy tahlil o’tkazish, mamlakat iqtisodiyotining jahon xo’jaligida raqobatga bardoshliligi darajasini aniqlash imkonini beradi.
Bu ko’rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
Yalpi ichki mahsulot (YaIM), Sof ichki mahsulot (SIM), Yalpi milliy daromad (YaMD), Sof milliy daromad (SMD), shaxsiy daromad (SHD), SHaxsiy tasarrufidagi daromad (SHTD), Iste’mol(S), Jamg’arish (S) ko’rsatkichlarining hajmi va o’sish sur’atlari;
-iqtisodiyotning tarkibiy tuzulishi;
-mamlakat eksporti va importi hajmi, tarkibi, YaIMdagi ulushi va o’sish suratlari;
-resurslardan foydalanishning samaradorligini xarakterlovchi ko’rsatkichlar (Mehnat unumdorligi, Fond qaytimi);
-davlat budget taqchilligi, deflyator, iste’mol baholar indeksi, inflyatsiyaning o’sish sur’atlari;
- ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik darajasi;
-aholining moddiy ne’matlar va xizmatlar iste’moli hajmi, ularning jamg’armalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar.


O’zbekistonning 2021-yildagi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari:
2021 yilda butun O‘zbekiston uchun tashqi vaziyat ijobiy kechdi: jahon iqtisodiyoti 2020 yildagi zarbalardan so‘ng tiklanish pallasiga o‘tdi. O‘zbekistonning asosiy tashqi iqtisodiy hamkorlari hisoblangan mamlakatlarda ham iqtisodiyotni inqirozdan oldingi holatga qaytarish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi. Qirg‘izistonda 2020 yildagi 8,4%ga jiddiy pasayishdan so‘ng iqtisodiyotning tiklanishi bosqichiga o‘tildi. O‘tgan yil yakunlariga asosan, Qirg‘iziston YaIM 3,6%ga oshdi. Dastlabki baholashlarga ko‘ra, Rossiya iqtisodiyotining o‘sishi 4,5%ni tashkil qilishi mumkin (Iqtisodiy rivojlanish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-noyabr oylarida YaIM o‘sishi 4,7%ni tashkil etgan). 2021 yil yakunlari bo‘yicha Xitoyda iqtisodiy o‘sish sur’ati so‘nggi o‘n yil ichida eng yuqori ko‘rsatkichni – 8,1%ni ko‘rsatdi. Yil davomida YaIM o‘sishi Qozog‘istonda ham kuzatildi (o‘tgan yil yanvar-sentyabr oylarida YaIM o‘sishi sur’ati 3,6%ni tashkil qildi).
O‘zbekistonda inflyasiya yildan yilga sustlashishda davom etmoqda. 2021 yilda iste’mol narxlari indeksi 2020 yil yakunidagi 11,1%ga nisbatan 10% o‘sdi. Yil davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 13% (2020 yilda 15,3%), nooziq-ovqat mahsulotlarining bahosi 7,8% (8,8%) oshdi. O‘tgan yili xizmat ko‘rsatish narxlari 2020 yildagi 7,1%ga nisbatan jadal sur’atda 7,7% o‘sdi.
Asosiy kapitalga investitsiyalar 2020 yildagi pasayishni yengib o‘tib, 4,4%ga oshdi. O‘sish markazlashgan investitsiyalar qismida 7,4%ni, asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalar va kreditlar hisobiga 18,4% ko‘rsatdi. Shuningdek, investitsiyalarning aholi mablag‘lari hisobiga 4,5% o‘sishi qayd etildi. Bu orada korxonalar tomonidan mablag‘ sarflanishi 3,6%ga kamaydi. Markazlashgan investitsiyalar 3,6% qisqarib, xorijiy investitsiyalarni va hukumat tomonidan kafolatlangan kreditlarni jalb qilish 30%dan ziyodga keskin kamaygani kuzatildi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, investitsiyalarning umumiy miqdoridagi bunday investitsiyalar 2020 yilda 11%ga, o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha esa 7,1% qisqargan. Shu vaqtning o‘zida, byudjet tomonidan investitsiyalarning ortishi 36%ga o‘sgani kuzatildi. Umuman olganda, 2021 yil yakunlariga ko‘ra, asosiy kapitalga investitsiyalarning umumiy hajmida markazlashgan investitsiyalarning ulushini 19,9%dan 18,3%gacha qisqarishi va shunga mos ravishda markazlashmagan investitsiyalar ulushining ortishi tendensiyasi davom ettirildi.
Download 19,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish