1
16-mavzu. 16-ma’ruza. Milliy daromad va milliy hisoblar tizimidagi boshqa
daromad ko’rsatkichlari
Reja:
1. Dj. Xiksning daromad xaqidagi ta’limoti.
2. Nominal va real daromad.
3. Milliy daromadni taqsimlash, qayta taqsimlash va oxirgi foydalanish
statistikasi.
1.Dj. Xiksning daromad haqidagi ta’limoti.
1
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida daromadlar statistikasining ahamiyati
yanada ortadi, chunki quyidagi holatlar daromadlar bilan bevosita bog‘liq:
-
iqtisodiyotni umumiy holati va aholining turmush darajasi;
-
ijtimoiy va soliq siyosatini ishlab chiqish;
-
ichki imkoniyatlarni jalb qilib, investitsion jarayonlarni kengaytirish
imkoniyatini baholash.
Yuqoridagi maqsadlarda foydalanish uchun daromadlar statistikasining
ma’lumotlari iqtisodiy jarayonlarning bog‘liq holatlarini xarakterlovchi boshqa
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan bog‘lanishi lozim: masalan, moliyaviy
imkoniyatlarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar, samaradorlik ko‘rsatkichlari bilan va h.k.
Mikrodarajadagi daromad haqqidagi ma’lumotlar asosan xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlarni iqtisodiy jarayonlardagi holatini o‘rganish uchun va yana fiskal
siyosatni xal etishda foydalaniladi. Makrodarajadagi daromad milliy daromad deb
atalib, undan iste’mol va jamg‘arish siyosatini ishlab chiqishda va juda ko‘p
ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni xal qilishda foydalaniladi.
Shunisi qiziqki, iqtisodiy ta’limotda daromad tushunchasi haqqidagi ta’limot
ancha og‘ir masala bo‘lib hisoblanadi. Faqat XX asr davomida qator iqtisodchi va
statistiklar tomonidan daromad tushunchasi berilgan ta’riflar bir necha bor o‘zgardi.
Masalan, I.Fisher daromad tushunchasini oxirgi foydalanish bilan bog‘laydi. Taniqli
gollandiyalik statistik F.Bos o‘zining «Milliy hisoblardagi doimiy tahlil» (1989 y.)
nomli asarida daromad tushunchasini oxirgi iste’mol summasi va kapital aktivlar
zahirasining sof o‘sishi sifatida tariflagan. Lekin uning o‘zi yana shuni tan oldiki,
bu ta’rifni yana boshqa tomonlariga aniqlik kiritish, masalan, kapital tushunchasiga
yanada aniqlik kiritish lozim deb hisoblagan. Bu masala bo‘yicha ham iqtisodiy
1
1
Bu mavzuda
Nabiev H., Sayfullaev S.N. IQTISODIY STATISTIKA darslik Toshkent-2011 foydalanildi
2
adabiyotlarda turli xil fikrlar mavjud.
Shuning uchun kapitalni bozorda sotilishi mumkin bo‘lgan (yoki bozor
bahosiga ega bo‘lgan) resurslar yig‘indisi sifatida qaraladi. Taniqli amerikalik
iqtisodchi Samuelson kapital tushunchasini, ishlab chiqarish natijasi sifatida hosil
bo‘lgan natija sifatida yoki ishlab chiqarilgan resurslar sifatida qaraydi. Samuelson
fikriga ko‘ra tabiiy qazilmalar zahiralari va boshqa ishlab chiqarilgan aktivlarga
qachonki mehnat ta’sir ko‘rsatsa kapital tusini oladi.
Daromad xaqidagi tushunchaning nihoyatda og‘ir xarakterga ega
ekanligini, shu sohada dunyoga taniqli bo‘lgan ingliz iqtisodchisi Dj.Xiks
ham
tan olgan. U o‘zining «Qiymat va kapital» nomli asarida ko‘p taniqi mualliflar
bir-birini o‘rgangan, shuningdek o‘zlari fikrlarini ham keltirganlar va ularda
jamlash va daromad tushunchalariga har xil ta’rif berganlar, ular bir-biriga qarshi
va qoniqarsiz fikrlar bo‘lganligini e’tirof etgan va umuman ma’lum bo‘lgan
daromad va jamlash tushunchalari mantiqiy kategoriyalar bo‘lmay balki,
amaliyotga biroz yaqinlashgan, biznesmenlar uchun amaliy masalalarni to‘g‘ri xal
qilishga qaratilgan tushuncha deb atagan. Shu fikrga taniqli nemis iqtisodchisi va
statistika professori P.Fon Der Lippe ham qo‘shiladi. Uning fikricha daromadning
ta’rifi tahlil va amaliy masalaning Yechish maqsadiga bog‘liq bo‘lib, daromad -
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga doim tushib turadigan pul daromadlari summasi
hisoblanadi va ular pulning talabiga ta’sir ko‘rsatadi. U, binobarin, natural formada
tushgan daromadlarni o‘z ichiga olmaydi.
Yaqin vaqtlargacha «jamlash» termini to‘plangan pul (muomaladagi va
saqlovchi banklardagi) mablag‘larini anglatish uchun foydalanilgan. Lekin MHTda
u boshqacha ma’noga ega. Jamlash - ixtiyordagi daromadni bir qismi bo‘lib, u oxirgi
iste’mol maqsadlari uchun sarflanmagan.
Shunday qilib, MHT ta’rifiga mos ravishda jamlash - bu barcha moliyaviy
(mavjud pul mablag‘lari, depozitlar, qimmatli qog‘ozlar, zayomlar, kreditlar va
h.k.) aktivlarni va material aktivlarni o‘sishini anglatadi.
BMTning 1993 yilda qabul qilingan yangi MHTga asosan daromadlarning
ko‘rsatkichlar tizimi Dj.Xiks ta’limotiga asoslangan. Boshqacha so‘z bilan
aytganda, daromad ko‘rsatkichlari insonlarni iste’moli uchun ishlatishi mumkin
bo‘lgan summani, ya’ni xech qanday kambag‘allashishga yo‘l qo‘ymagan holda
ishlatishi mumkin bo‘lgan summani ifodalaydi. O‘z fikrini yanada rivojlantirib,
Dj.Xiks nazariy tahlil uchun daromadlarni ikki xil kategoriyasini keltiradi. Birinchi
kategoriya - doimiy, avvaldan ko‘rish mumkin bo‘lgan tushunchalar oqimi,
ikkinchisi - amaldagi tushunchalar oqimi. Dj.Xiks fikricha tahlil uchun ko‘proq
darajada xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning xulqini tushuntirib beradi. Uni olish
uchun ikkinchi kategoriyadan avvalda ko‘rilmagan, favqulodda tushumlarni ayirish
3
kerak, jumladan, inflyatsiya natijasida aktivlar hajmini ortishi. Shunday qilib,
Dj.Xiksning daromad haqqidagi fikridan quyidagi bir necha konkret xulosalarni
qilish mumkin:
Birinchidan, har qanday pul tushumi ham daromad emas. Albatta, ishlab
chiqarishda foydalanilgan ishlab chiqarish vositalarining qiymatini o‘rnini
to‘ldiradish uchun kelib tushgan pullar - daromad bo‘lib hisoblanmaydi.
Ikkinchidan, jamlashni pul summalarini, bankdagi depozitlarni va boshqa
moliyaviy aktivlarni (aktsiyalar, obligatsiyalar va h.k.) ortishiga tenglashtirib
bo‘lmaydi, chunki moliyaviy aktivlar formasini o‘zgarishi natijasida yoki moliyaviy
majburiyatlar olish natijasida (jamlash natijasida emas) ham moliyaviy aktivlar
hajmi ortishi mumkin. Masalan, qarz olish, aktsiyalar va material aktivlar sotish
natijasida ham pulning hajmi ortishi mumkin. Boshqa tomondan, saqlashdagi pullar
hisobidan material aktivlar (erni, kvartirani) sotib olish ham pul hajmini
kamaytiradi.
Uchinchidan, favqulodda sabablar bilan kapital hajmining ortishi, masalan,
inflyatsiya tufayli yoki tashqi sabablar bilan (yaqin joyda temir yo‘l o‘tkazilishi
tufayli) yoki er qiymatining ortishi ham daromad bo‘lib hisoblanmaydi.
Yangi 1993 yilda qabul qilingan MHTda Dj.Xiksning daromad xaqidagi
umumiy ta’limotiga yanada aniqliklar kiritildi va muhim makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlar YaIM, milliy daromad, ixtiyordagi daromad, jamlash va h.k.larni
hisoblash uchun aniq ta’riflar va klassifikatsiyalar ishlab chiqildi. Agar tashqi
iqtisodiy aloqalar omilini hisobga olinmasa milliy daromad, iqtisodiyotning barcha
sektorlarida yaratilgan qo‘shimcha qiymatlar yig‘indisiga teng. Shunday ta’rifga
asoslanib, inflyatsiya natijasida yoki ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan
boshqa favqulodda sabablar bilan aktivlar qiymatini o‘zgarishi daromad
hisoblanmaydi.
Yangi MHTda Dj.Xiks ta’limotlari asosida daromadning yangi ko‘rsatkichlar
tizimi qo‘llaniladi va ular taqsimlash jarayonining har xil, lekin o‘zaro bog‘liq
jarayonlarini ifodalaydi. Bu tizim quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi:
-
birlamchi daromadlar;
-
pul formadagi joriy transfertlar;
-
ixtiyordagi daromadlar;
-
natural formadagi ijtimoiy transfertlar;
-
ixtiyordagi tuzatish kiritilgan daromad;
-
milliy daromad;
-
ixtiyordagi milliy daromad.
Birlamchi daromadlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga qo‘shilgan (yangida
yaratilgan)qiymatni birlamchi taqsimlash natijasida tushadi: mehnat haqqi; foyda;
4
aralash daromad, mulkdan olingan daromad; ishlab chiqarish va importga soliqlar;
bular birlamchi taqsimlash natijasida davlat byujetining daromatlarini tashkil etadi.
Shu mamlakat xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari (rezidentlari)ga birlamchi
daromadlar shu mamlakatda va boshqa mamlakatlarda yaratilgan qo‘shimcha
qiymatdan kelib tushadi; ikkinchi tomondan shu mamlakatda yaratilgan qo‘shimcha
qiymatning bir qismi shu mamlakat YaIMni yaratishda qatnashgani uchun (asosan,
ish xaqqi va mulkdan olingan daromad sifatida) norezidentlarga to‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |