XULOSA
Ushbu bitiruv malakaviy ishida Issiqxonalarda - Xafvsizlik tizimini ishlab chiqish, Xavfsizlikni ta’minlash va inson hayotini muhofaza etish maqsadida – zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda avtomatlashtirildi. Bitiruv malakaviy ishini obyekti qilib “Smart issiqxona” olindi. Buning sababi bugungi kunda zamonaviylashtirilgan elektron qurilmalardan foydalanib, inson mehnatini yengillashtirilib, uning o’rniga elektron qurilmalar ish bajarishi targ’ib etildi va “Aqlli issiqxona” deb nomlandi. Jarayonlarda qo’llanilayotgan SIEMENS LOGO dasturlashtirilgan logic kontrolleridan foydalanildi. Ushbu kontrollerga olovdan xavfsizlik tizimi, gaz tarqalishidan xavfsizlik tizimi va mehnat muhofazasi uchun qo’llaniladigan zamonaviy uskunalardan foydalanildi. Avtomatlashtirish jarayonida uchta asosiy sxemadan foydalanildi.
Bular quyidagilar:
Ulanish sxemasi
Funksional sxema
Prinsipial sxema
Sxemalar asosini quyidagilar tashkil etishini aytib o’tsak bo’ladi: Kontroller SIEMENS LOGO da 8 ta diskret kirish va 8 ta diskret chiqishdan foydalanilgan. Ushbu jarayon 24 V kuchlanishda ishlaydi. RS-232 port bilan interfeysni ulab olganman. Ya’ni bunda kompyuter bo’lmaganda ham SIEMENS SIMATIC HMI TOUCH SCREEN yordamida jarayonni kuzatib borish mumkin.
Biz bajargan bitiruv malakaviy ishida aniqlik sharoitida issiqxonani xavfsizlik tizimini texnologik jarayonlarini boshqarish algoritmlari, ya’ni olovdan xavfsizlik tizimi, gaz tarqalishidan xavfsizlik tizimi va mehnat muhofazasi kabi texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqarish masalasi o’rganilgan.
Taklif etiladigan bitiruv malakaviy ishining tuzilmasi quyidagicha: Kirish, Texnologik qism, Hisobiy qism, Hayot faoliyat xavfsizligi va Iqisodiy qism.
Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishning maqsadi va bajarilgan ishning qisqacha mazmuni bayon etilgan.
Bitiruv malakaviy ishining texnologik qismida Xavsizlik tizimi uchun qo’llanilgan kontrollerlar, tok manbai, relelar, har xil parametrlarni o’lchovchi datchiklar va tutun detektorida kechadigan jarayonlar va ularni avtomatlashtirish boshqarish usullari keng yoritilgan.
Hisobiy qismida esa Yengil yonuvchi o’g’itlar saqlanadigan issiqxonalar, rezenalar saqlanadigan issiqxonalarini avtomatlashtirish va boshqarish ko’rilgan bo’lib, ularning rostlash qonunlari ko’rib chiqilgan.
Iqtisodiy qismida esa har bir issiqxonada sarf bo’ladigan xarajatlar o’rganilib chiqilgan. Ya’ni elektr tarmog’i xarajatlari, montaj ishlari xarajatlari, ishchi kuchi xarajatlari va amortizatsiya xarajjatlari ko’rib chiqilgan.
Bundan tashqari Hayot faoliyati xavfsizligi qismida jarayonni xavfsiz olib borishning asosiy qoidalari, himoya kiyimlari va himoya moslamalari to’g’risida ma’lumotlar keng asoslangan.
Xulosa qilib aytganda, bitiruv malakaviy ishida o’rganilgan masalalar o’zini dolzarbligi bilan ajralib turadi. Bunda olingan ba’zi natijalarni “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasidagi o’quv jarayonida qo’llash mumkin. Ya’ni olingan natijalardan “Avtomatik boshqarish nazariyasi”, “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish”, “ Mikroprotsessorlar” va shu kabi fanlardan o’tiladigan ma’ruza va amaliy mashg’ulot darslarida foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |