MORKUSH. Tuman markazidan 2 km shimoli-g’arbda, Bog’iafzal qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Morkush — tojikcha: «mor» — ilon, «kush» — o’ldiruvchi so’zlaridan hosil bo’lgan. Qadimda qishloq chekkasida katta changalzor bo’lib; unda bahaybat ilon yashagan. Odamlar uni birgalashib o’ldirganlar. Shu tariqa qo’shni qishlok odamlari bularni «morkush» (ilon o’ldirganlar) deb ataganlar.
NAVBUR. Tuman markazidan janubi-g’arbda, Sharof Hamroev nomli qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan.«Navbur» — «nay bur», ya’na NEKKISHI. Tuman markazidan 13 km sharqda,. Denav qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Nekkishi — «nek kishi» (birovga yaxshilik qiluvchi) so’zidan olingan.
PASHMON. Tuman markazidan 3—4 km shimoli-g’arbda, Bog’iafzal qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Pashmon — pushaymon so’zining buzilgan formasidir (pushaymon-pushmon-pashmon). Qishloq nomining , kelib chiqishi haqida shunday rivoyat bor: Qadim zamonda qishloq ustiga bir necha bor bostirib kelgan yog’iy har qancha urinmasin, g’alabaga erisha olmaydi. Qishloqning yoshu qarisi, erkagu ayoli birlashib dushmanni engadilar. Urushda engilgan dushman «Bekor urushdik» qilgan ishimizdan pushaymonmiz» — der ekan. Har safar pushaymon qildirgani uchun qishloq nomi «Pushaymon» deb ataladigan bo’libdi.
Vobkent tumanida Pushaymontepa (Tali Pushaymon) degan joy ham bor. Hozir bu tepalikda odam yashamaydi. Rivoyatlarga ko’ra, dastlab islomni qabul qilgan aholi ko’proq «pushaymon eb» uzoq vaqt otashparastlik urf-odatlarini bajarganlar. Qutayba bu qo’rg’on aholisidan qattiq o’ch olib, yana islom diniga qaytargan ekan. Qishloq tarkibidagi Murdashuylar, Chag’iton va Yag’roqlar to’plarida yashovchilarning kasb-kori nuqtai nazaridan qaralsa «pashmon» so’zidan «junga ishlov beruvchilar», «junni yuvuvchilar» ma’nosini ham tushunish mumkin.
SAVOLIQ. Tuman markazidan 3,5 km shimoli-sharqda, Tezguzar qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Savoliq—rivoyatlarda «Savobliq», «Savodlik» degan ma’nolarni ifodalaydi deyiladi. Yana bir rivoyatda esa, «Savoliq» aslida «suvoyiliq» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, «xatdan tashqari» degan ma’noni anglatishi aytiladi. «Xatdan tashqari» deyilishiga sabab shu qishloqning 4—5 ta boyi o’zining ilmi, ma’naviyati, sarmoyadorligi bilan amirning hurmat-e’tiboriga sazovor bo’lgan. Amir ana shu boylarning hurmati tufayli qishloq aholisini har qanday oliq-soliqlardan ozod qilgan, ya’ni xatdan tashqari (soliqlar daftariga kiritilmagan): sanalgan. Yana bir rivoyatda suvoyi (hech vaqosi yo’q, boridan ajralgan)lik ma’nosini anglatisha aytiladi.
SAVRAK. Tuman markazidan g’arbda, Qalmoqon qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. «Savrak» so’zining kelib chiqishi haqida biror-bir ma’lumot, hatto rivoyat ham uchratmadik. Qadimda Savrak qishlog’i bo’lak-bo’lak—Savatchilar, Tarozidorlar Tentaklar, Tolchilar, Jazxo’r, No’g’oylar, Laylaklar, Gumbaz, Xo’jalar, Yuqori Savrak, Quyi Savrak, Jikkaklar, Ko’lliklar qishloqlaridan; iborat bo’lgan. Bu qishloqlarning ham o’z nomlanish tarixi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |