1.2. Joyning geografik o’rniga bog’liq holda paydo bo’lgan joy nomlari.
Bunday joy nomlari ma’lum geografik obyektning boshqa bir obyektga nisbatan joylashgan o’rniga nisbatan nomlanganidan dalolat berib turadi. Odatda bunday joy nomlari ko’proq shu geografik ob’ekt atrofida yashaydigan xalqlar tomonidan beriladi.
MAHALLAIPOYON. Tuman markazidan 12,2 km sharqda, Denav qishloq fuqarolar yigini hududida joylashgan. Mahallaipoyon — tojikcha: quyi yoki pastki qishloq degan ma’noni bildiradi. Quyi eki pastki so’zi Denav qishlog’iga nisbatan ishlatilgan. Xalk orasida Mahallaipoyon qisqagina «Mahalla» deb ham atalgan.
MAHALLAIBOLO. Tuman markazidan 15 km shimoli-sharqda, Denov qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Mahallaibolo ma’lumotlarga ko’ra Mahallaipoyondan keyin paydo bo’lgan. Adib, yozuvchi S. Ayniyning yoshligi shu qishloqda o’tgan. «Qullar» romanidagi voqealar asosan shu qishloqda kechgan.
MAHALLAPOYON. Tuman markazidan 4 km shimoli-sharqda, Jo’yrabot qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Mahallapoyon — tojikcha: «quyi mahalla», «quyi qishloq», ya’ni qishloqning quyi tomoni demakdir. Darhaqiqat, bu qishloq avvallari Kalon qishlog’i tarkibida bo’lgan, «qishloqning quyisi» ma’nosi ham shunga nisbat berilgan.
YUQORI BOLOIRUD. Tuman markazidan 16 km shimoli-sharqda, Denav qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Yuqori Boloirud—qadimiy Shopurkom rudining yuqori qismida joylashgani uchun shunday nomlanadi. Yuqori Boloirud qishlog’i Allot deb ham atalgan. Ma’lumotlarga ko’ra, Chingizxon o’z o’g’li Chig’atoyga to’rtta mo’g’ul qabilasini taqdim qilgan. Ulardan biri allot (Arlot) qabilasidir. Allotlarning katta kismi hozirgi Afg’onistonning shimoliy qismida o’rnashib qolgan. Movarounnahrda allotlar kam bo’lsa ham nufuzli qabilalardan bo’lgan; Allot urug’i 92 bovli o’zbek qavmlari qatorida ko’plab tarixiy manbalarda tilga olinadi. Qabila nomi Altot, Olot shaklida ham talaffuz qilinadi. Hozirgi Olot tumann nomi ham ana shu qabilasi nomidan kelib chiqqanligi ehtimoldan xoli emas. Yuqori Boloirud qishlog’i tarkibidagi Allot qishlog’i hududiga amirlik tuzumi davrida 200 ga yaqin kishi hozirgi Olot tumani hududidan ko’chirtirib keltirilganligi haqidagi rivoyatlar ham mavjud. Qishloqda xonlar, ko’rikilar, tokchilar, arab qabilalari birlashib ketgan. Yaqin o’tmishda bu qabilalar tarqalib, yakka tartibda yashaganlar. Xulosa qilib aytish mumkinki, Allot—aslida mo’g’ullarning Arlot qabilasi nomidan olingan. Qishloq tarkibiga Pattaxon deb atalgan kichik qishloq ham kirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |