1.6. Geomorfologik oykonimlar va oronimlar.
Joy nomlarining ma’lum bir qismini yerning geomorfologik xususiyatlari asosida nom olgan toponimlar tashkil etadi. Er tuzilishi, sathi bilan bog’liq bo’lgan bunday oykonimlar yoki aholi yashaydigan joy nomlari geomorfologik oykonimlar deb yuritiladi. Geomorfologik oykonimlardan farqli o’laroq oronimlar (yunoncha "oros"-tog’, "onima" nom) er yuzidagi orografik ob’ektlarning hammasini qamrab oladi. Oronimlarga tog’lar, tepaliklar, qirlar, soyliklar, botiqlar, daralar, cho’qqilar va shunga o’xshash barcha katta-kichik relef shakllarini hosil qilgan ob’ektlarni kiritish mumkin.
VARDONZE. Tuman markazidan 7 km g’arbda, Jo’ynav qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan qadimiy qishloq. Vardonze qishlog’i qadimda Vardona qal’asining bir chekkasi bo’lib, uning tomlari qal’aga tutash bo’lgan. Qum ko’chish natijasida qal’a aholisi turli tomonlarga ko’chib ketgan. Hozirgi vardonzeliklar shu ofat tufayli janubi-g’arbga qarab siljigan. Shuning uchun qishloq ahli o’zini vardonzelik, qishlog’ini esa Vardonze deb ataydi.
MAHALLA. Tuman markazidan 7 km janubi-g’arbda, Sh. Hamroev nomidagi qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan qishloq. Mahalla — O’ba qishlog’i tarkibidagi qishloq nomi bo’lgan. Asrimiz boshlarida bu qishloq o’rni zamindor dehqon Sharif Turdiev va chorvadorlar Qurbon Hakimov, Qarim Nazarovlarning yerlari bo’lgan.
OQRABOT. Tuman markazidan 7 km janubda, Sulton Jo’ra nomli qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Qishloqning Oqrabot deb atalishi to’g’risida turlicha ma’lumotlar bor: Amir Muzaffarxon o’z maslakdoshlaridan bir nechtasini jazolash maqsadida shu qishloqqa surgun qiladi. U davrlarda qishloq o’rni sho’r bosgan erlardan iborat bo’lib, uzoqdan oppoq ko’ringani uchun shunday nom olgan ekan. Amirlik tomonidan oliq-soliqlardan ozod qilingan yerlar ham oq er deb atalgan.
RABOT. Tuman markazidan 14 km shimoli-sharqda, Denav qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Rabot—arabcha: «yo’lovchilar uchun qurilgan maxsus qo’nalg’a» ma’nosini beradi. Tarixdan ma’lumki, savdo-sotiq va boshqa turli aloqalar uchun yo’lga chiqqan karvonlar oylab yo’l yurgan: shaharu qishloqlardan, tog’u toshlardan o’tgan. Ana shu karvonlarga qulaylik tugdirish maqsadida katta yo’llar ustida ovqatlanish, dam olish xonalari, ot-tuyalar uchun maxsus joylardan iborat rabotlar bunyod etilgan. Ayniqsa, cho’l bag’ridagi rabotlar nihoyatda mashhur. Demak, Rabot qishlog’i ham bir tomoni Vardonze, ikkinchi tomoni Buxoro, olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |