Tuproqshunoslik va geografiya



Download 0,76 Mb.
bet11/48
Sana06.06.2022
Hajmi0,76 Mb.
#641562
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   48
Bog'liq
“shofirkon tumani joy nomlarining geografik tavsifi

QO’LLABI. -.Tuman markazidai 5 km shimolda, Tezguzar qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Ko’llabi — «ko’lning qirg’og’ida joylashgan» degan ma’noni bildiradi. Bu qishloq haqiqatan ham ko’l yoqasida joylashgan bo’lib, 70-yillarda qishloq atrofidagi qalin qamishzor, to’qayzor va yulg’unzorlardan iborat ko’llar o’zlashtirilib, ekin maydonlariga aylantirildi. Hozir ham qishloqning g’arbiy tomonida bir necha kichik botqoqlik qoldiqlari bor.
KO’LOBOD. Tuman markazidan 8 km sharkda, Shofirkon-G’ijduvon yangi yo’li ustida joylashgan yangi qishloq. Do’rman qishloq fuqarolar yig’ini hududida. Qishloq 80-yillarda paydo bo’lgan. Ko’l erlar o’rnida bunyod etilgani uchun «Ko’lobod» deb nom berilgan.
LABIRO’D. Tuman markazidan 5 km shimoli-g’arbda, Bog’iafzal qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Labiro’d — «Ariq labi, suv yoqasi» demakdir. Ko’hna Vardonzega o’tadigan Shopurkom arig’i shu qishloqning ichidan o’tgan. Shuning uchun Labiro’d deb atalgan. Labiro’dlik xojalar Chaqar avliyosining sharq tomonida yashaganlar. Qum ko’chishlar tufayli Labiro’dga ko’chib o’tganlar.
PULBANDI. Tuman markazidan janubda, Shofirkon—Buxoro yo’li ustida joylashgan. Pulbandi — «Puli bandi» (Band puli) so’zidan kelib chiqqan. Qadimda Sug’ut-Chandir yo’nalishi bo’yicha . oqqan Roziq Xo’ja arig’i ustida hashar yo’li bilan katta xarajatlar evaziga ko’prik qurilgan bo’lib, shu ko’prikdan o’to’vchilardan pul olingan va «pul bandi» — ko’prik haqi deyilgan. Qishloq nomi ana shundan olingan.
SHAVQUVVAT. Tuman markazidan 12 km shimoli-sharqda, Jo’yrabot qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan qadimiy qishloq. Bu qishloq Mahalla, Yuqori hovli, Quyi hovli, Urganji va Shavquvvat qishloqlarnning birlashuvidan hosil bo’lgan. Qishloq nominipg kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar mavjud: Bir zamonlar yangi Katta rud shu qishloq yaqinidan o’tgan. Ancha joydan sokin oqib kelgan suv shu qishloq hududidan tez oqqan. Shavquvvat («shavqu ob» tojikcha so’z birikma bo’lib, suvning tez, zavqlanib oqadigan joyi ma’nosini beradi) nomi shundan kelib chiqqan. Yana bir fikr: bu maskanda Shavquvvat ismli bir pahlavon hukmdor o’tgan ekan. Shavquvvat turadigan qo’rg’on baland tepalik bo’lib, atrofi ko’l bilan o’ralgan, shuning uchun ancha-muncha dushman uni yengolmas, dushman kuch bilan ololmagach, hiyla yo’liga o’tadi. Shavquvvat juda boy-badavlat bo’lib, xotinini juda yaxshi ko’rar, uning har qanday orzu-istagini bajo keltirar ekan. Shunga qaramasdan xotini o’z eriga xoinlik qiladi. Dushmanning hiylasiga ,uchib, unga qo’rg’onga kiriladigan maxfiy yo’lni ko’rsatganmish. Shunday qilib, dushman Shavquvvatni engadi, uni halok etadi. Xalq o’z hukmdoriga hurmat-ehtiromi ramzi sifatida qishloqni Shavquvvat deb ataydi.Qadimgi turkiy qavmlar orasida «Quva» degan urug’ bo’lgan. Qishloqning nomlanishida ehtimol shu urug’ bilan bog’liqlik ma’nosi ham bo’lishi mumkin.

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish