Tuproqshunoslik va geografiya


II BOB Shofirkon tumani ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy geografik



Download 0,76 Mb.
bet2/48
Sana06.06.2022
Hajmi0,76 Mb.
#641562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
“shofirkon tumani joy nomlarining geografik tavsifi

II BOB Shofirkon tumani ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy geografik
xususiyatga ega bo’lgan joy nomlari.
2.1. Xalq qabila, urug’ nomlari bilan bog’liq joy nomlari (etnonim va
etnotoponimlar )................................................................................................33
2.2. Kishilarning ismi, sharifi va taxallusga qo’yilgan joy nomlari
(antroponim, antropooykonim va memorial nomlar)........................................40
2.3. Aholining kasb-kori va iqtisodiy turmushi asosida vujudga kelgan
joy nomlari (professionimlar)............................................................................46
2.4. Ijtimoiy-siyosiy terminlar bilan bog’liq joy nomlari.......................................53
2.5. Afsonaviy, diniy nomlar va ko’chma oykonimlar..........................................54
2.6. Neotoponimlar..................................................................................................62
Xulosa va takliflar.............................................................................................66
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati..........................................................................68
Ilovalar...............................................................................................................71


Kirish

«Vatanni sevmoq iymondandir» deyiladi hadisi sharifda. Darhaqiqat, iymoni butun insongina o’zi tug’ilib o’sgan yurtni, uning har bir giyohini, har bir zarrasini ko’ziga to’tiyo qilib, ona deb ardoqlaydi va chin dildan seva oladi. Vatan tushunchasi keng qamrovli bo’lib, unga munosib so’zlarni lug’atlardan topish mushkul. U so’zlardanda yuqori turadigan tuyg’udir. Vatanni til bilan, so’z bilan sevib bo’lmaydi, uni faqat iymon bilan, ko’ngil bilan sevish kerak.


Vatan ostonadan boshlanadi, deydilar. To’g’ri, lekin shu erda bir qo’shimcha qilsak joiz bo’lar: Vatan ko’ngildan boshlanadi. Odam cho’lu biyobonda tug’iladimi, jazirama sahrolarda tug’iladimi, shaharda yoki qishloqda yo ovulda tug’iladimi, unga o’sha kindik qoni to’kilgan tuproq Vatan sanaladi. Cho’lda tug’ilgan insonga Vatanning - cho’lning garmsel shamollari shahardagi soya-salqinlarning roxatidek huzur bag’ishlaydi. Chunki o’sha shamollardan Vatan hidi anqib turadi. Bekorga aytishmaydi: Vatanimning zarrasini tillolarga alishmam, deb.
Mustaqillik sharofati ila mamlakatimiz osmonida chaqnagan quyosh yanada yorqinroq nur socha boshladi. Ko’kraklarimizga hurriyat shamolining epkinlari tegdi, qalblarga yorug’lik baxsh etdi. Vatan tushunchasi, uni sevish tuyg’usi o’zgacha mazmun kasb etdi. «Mening Vatanim!» deb baralla aytishga to’la imkon yaraldi. Vatan tarixi, uning o’tmishi va buguni, madaniy yodgorliklari, osori-atiqalariga qiziqish, o’rganish va tadqiq etishga intilish oshdi. Har bir tepalik, har bir qishloq, qo’rg’on, shahar... qo’yingki har bir toshi o’rganilmoqda.
Shofirkon — ozod va mustaqil O’zbekistonimizning so’lim va betakror go’shasi. Shunda kindik qoni to’kilganlarning qalb mulki, iymoni va saodatiga aylangan muqaddas Vatanni. Vatan ular uchun shu zamindan boshlanadi, shu zamin ularga Vatan ichra Vatandir!
Shofirkon nainki bugungi hur O’zbekiston, balki qadim Turon zamin, qolaversa, butun Turkistondan ham Qizilqum injiqliklari bilan asrlar osha olisha-olisha ko’rku jamol kasb etib kelayotgan obod manzilgoh. Uning zamini — O’zbekiston zamini qadar silsilaviy. Binobarin, na zaminini, na taraxini O’zbekiston zamini va tarixidan ayro ko’rib bo’lmaydi, shunga qaramay bu zaminda kechgan betakror bir tarix borki, O’zbekiston tarixining alohida zar varaqlaridan o’qiladi.
Shofirkon moziy bilan bo’y o’lchasharkan, shu tarixiy bo’yu bastini bag’ridagi yuz yillikdan ziyod qishloqlar, qator guzaru qo’rg’onlar, rabotlaru anhorlar va muqaddas qadamjolar nomlarini ifodalovchi toponimik afsonalaru rivoyatlarda muhrlatib qoldirgan. Shu zaylda nomlar tarix shahodatlariga aylana qolgan.
Mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan 1997 yilning 20 oktyabrida o’tkazilgan tantanali marosimda so’zlagan tabrik nutqida iftixorga to’lib-toshib ajdodlarimiz jasoratini shunday ta’riflagan edi: «Bu tabarruk tuproqqa miloddan oldingi VI asrda eronlik Kayxusrav, miloddan avvalgi IV asrda Iskandar Zulqarnay, melodiy VII asrda arablar, XIII asrda Chingizxon, XIX asrda esa rus istilochilarining tajovuzlari ne-ne kulfatlar keltirmadi. Bu azim shahar, Karmana, Boykent, Vobkent, Shofirkon, Romiton, G’ijduvon kabi qadimgi kentlarni o’z bag’riga olgan Buxoro vohasida yashagan erksevar ajdodlarimiz har qanday istibdod va zulmga qaramay, el-yurt ozodligi yo’lida muttassil qahramonona kurashib keldilar».
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 aprelda “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi muammolar keng tahlil etilgan va chora-tadbirlar ishlab chiqish belgilab berilgan. Yuqoridagi fikrlar ushbu mavzuning dolzarbligini asoslaydi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi Shofirkon tumani joy nomlarini o’rganish va ularning geografik tarqalishi bilan bog’liq masalalarni tahlil qilish hamda baho berishdan iborat.
Yuqoridagilardan kelib chiqib bitiruv malakaviy ishi oldiga quyidagi vazifalar qo’yildi:

  • Shofirkon tumaniga tarixiy -geografik tavsif berish

  • Shofirkon tumanidagi tabiiy geografik xususiyatga ega bo’lgan joy nomlarini o’rganish va tahlil qilish

  • Shofirkon tumani ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy geografik xususiyatga ega bo’lgan joy nomlarini o’rganish va tahlil qilish

  • Joy nomlarini o’rganish va uning amaliy ahamiyati xususida taklif va tavsiyalar ishlab chiqish

Bitiruv malakaviy ishi ob’ekti sifatida Buxoro viloyatining yirik tumanlaridan biri bo’lgan Shofirkon tumani hamda organish predmeti sifatida ushbu tumandagi joy nomlari olingan.
Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayonida so’rov, adabiyotlar tahlili, geografik taqqoslash, mantiqiylik, kartografik, tarixiylik kabi tadqiqot usullaridan foydalanildi.
Bitiruv malakaviy ishi amaliy ahamiyati shundaki, undagi ma’lumotlardan o’rta, o’rta maxsus va oliy ta’lim tizimida toponimika, geografiya va o’lkashunoslik fanlarini o’qitishda shuningdek olib boriladigan toponimik va geografik tadqiqotlarda ma’lumotnoma o’rnida foydalanish mumkin.
Ish kirish, 2 bob, 13 qism xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilovalardan iborat.



Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish