Tuproqshunoslik va geografiya



Download 0,76 Mb.
bet8/48
Sana06.06.2022
Hajmi0,76 Mb.
#641562
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48
Bog'liq
“shofirkon tumani joy nomlarining geografik tavsifi

GUMBAZ — qishloq hududida haqiqatan ham yaqin-yaqingacha qadimiy gumbazli uy bor bo’lgan. Qishloq shuning uchun Gumbaz deb atalgan.
SAVRAK (QUYI SAVRAK). Tuman markazidan 6 km janubda, Chandir qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Quyi Savrak—etimologiyasi aniq emas. Tuman hududida Savrak nomli qishloq ikkita bo’lgani uchun (biri Qalmoqon kishlok fuqarolar yig’ini hududida) bu qishloq Quyi savrak deb yuritiladi. Quyi Savrak qishlog’i Mexchagaron, Yuqori Savrak, Kofirdani, Bodilar to’plaridan iborat.
SAPARMAN. Tuman markazidan 5 km sharqda, Do’rman qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Saparman — aslida «Safarma’n» bo’lib, «yo’lga chiqish—safar ma’n etiladi» degan ma’noni bildiradi. Rivoyatga ko’ra, Xorazm tomonlardan ko’ch-ko’roni bilan ko’chib kelayotgan bir necha oila shu qishloq hududida dam oladi. Hordiq chiqargach, yo’lovchilar karvoni yo’lga chiqishga tayyor bo’lgan bir paytda yo’lga chiqmaslik, safarni to’xtatish to’g’risida karvonboshidan buyruq keladi. Shu-shu, bu joy «Safar ma’n etilgan joy» (keyinlik Saparman) nomini olgan ekan.
Yana bir rivoyatda, qishlok atroflariga Safar degan kishi beklik qilgan ekan. Hamma undan qo’rqar, aytganini so’zsiz bajarar ekan. Uning nomi podsholikka xam ma’lum bo’lsada, biroq uni saroydagilarning ko’pchiligi tanimas ekan. Bir kuni podshoning odamlari uni qidirib kelibdi. Tasodifni qarangki, ular Safarning uyi oldiga kelib, «Bizga Safar kerak», debdi. Shunda Safar: «Safar man», —debdi. Ana shundan qishloq Saparman deb ataladigan bo’lgan ekan. Saparman atrof qishloqlarning eng qadimiysi sanaladi. Shu qishloqlik Saidmurod xo’ja ko’pkarida katta shuhrat qozongan. Usta Badalboy xumdonchi (g’isht pishiruvchi) sarmoyadorligi bilan ajralib turgan.
CHURUQ. Tuman markazidan 103 km shimoli-g’arbda, Vardonze qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Churuq—qozoqcha: «shuruq» so’zidan olingan bo’lib, «ko’p teshik», ya’ni «bulog’i ko’p» degan ma’noni beradi. Ilgarilari buloqlardan toza ichimlik suv chiqib turgan. Hozir bu buloqlar qurib bitgan. Bu qishloq Qizilqum cho’lidagi yassi tog’lar qo’ynida joylashgan bo’lib, qozoqlarning kichik juz urug’i Shumakay tarmog’i vakillari istiqomat qiladi. Aholisi asosan cho’ponlardan iborat.

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish