Tuproqshunoslik va geografiya



Download 0,76 Mb.
bet15/48
Sana06.06.2022
Hajmi0,76 Mb.
#641562
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48
Bog'liq
“shofirkon tumani joy nomlarining geografik tavsifi

RABOTCHA. Tuman markazidan 15,5 km shimoli-sharqda, Denav qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Rabotcha — aslida «rabot» so’zidan olingan. Avvallari oz sonli aholi yashagani uchun Rabotcha (cha kichraytirish ma’nosida) deyilgan.
REVGARI. Tuman markazidan 3 km janubda, Shofirkon-Buxoro katta yo’lining g’arb tomonida joylashgan qadimiy qishloq. Revgari so’zining kelib chiqishi haqida ma’lumotlar kam, ammo shunisi aniqki, islom olamida Etti pirdan biri sifatida dong taratgan, mashhur «Orifnoma» asarining muallifi Xoja Orif Mohitobon ar-Revgariy tavallud topgan qishloq Revgaridir. Demak, bundan IX asr ilgari ham Revgari qishlog’i bo’lgan.
REGIYON. Tuman markazining shimolida, shaharga yaqin yerda joylashgan qishloq. Regiyon so’zining o’zagi tojikcha «reg» so’zidan olingan bo’lib, «qumliklar» deganidir. Haqiqatan ham yaqin-yaqingacha bu qishloqning kunbotish tomonida qum barxanlari mavjud edi. Tarkibiga Regiyon va Chorko’cha qishloqlari kiradi.
CHORKO’CHA — to’rt ko’cha degani. Qishloq ikkita (ko’chaning) yo’lning kesishgan joyi (chorraha)da joylashgani uchun shunday nomlangan. Qishloq hududidan «Shofirkon—Mingchinor» yo’li o’tadi. Hozir bu ikki qishloq qo’shilib, Regiyon qishlog’i deb ataladi.
REGISHOYI. Tuman markazidan 3 km shimoli-g’arbda, Bog’iafzal qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Regishoyi — tojikcha: «reg» — qum, «shoyi»-—ipak: mato ma’nolarini anglatadi. Bu erda «tuprog’i ipakday mayin» ma’nosidadir. Chindan ham bu erlarning tuprog’i shohi-atlasday Silliq, hatto hovuchga olganda suvday to’kilib ketadi. Qishloq yerlari qumloq bo’lganidan yoqqan qor va yomg’ir darhol singib ketgan. Yo’llar loy bo’lmagan. Ma’lumki. atlas, shoyi matolar ham suvni o’ziga olmaydi.Shundan kelib chiqib qishloq «Regishoyi» deb atalgan.
TALIJA. Tuman markazidan 2,5 km g’arbda, Bog’iafzal qishloq fufarolar yig’ini hududida joylashgan. Talija — «Tolcha» so’zidan olingan bo’lib, tal(tol) arabcha tepalik, tolicha (tolcha) «kichik tepalik» demakdir. Yana bir ma’lumotda qishlok, nomi «Tal injo» iborasidan olingan bo’lib, «tol» va «injo», ya’ni «Bu er tepalik» yoki «Tepalik bu yerda» ma’nolarini beradi, deyiladi. Qadim zamonlarda dushmanga qarshi kurashgan avliyo Imom Muhammadning tani shu erda, boshi esa G’ijduvon tumanidagi Sarmijon qishlog’ida emish (Bu avliyoning fe’li tez, nohaqlikni , yomon ko’rganliklari uchun Qilich ato deb ham ataganlar).
Rivoyatga asoslanadigan bo’lsak, bu ikki qishloq «Tan inja» («Tani bu erda»), «sar inja» («Boshi bu yerda») so’zlaridan hosil bo’lgan. Qishloq nomining tarixi arablar istilosi davriga borib taqaladi. Tumanda «Tal» (tepalik) so’zi bilan bog’liq Talisafet (Oq tepa), Talisang (Tosh tepa) kabi qishloqlar ham bor. Ikkinchidan, Buxoro shahrida ham Talija degan joy va qabriston ham bor. Shundan kelib chiqib Talija — «Kichkina tepalik», «tepacha» degan ma’noni beradi deyish mumkin. Talija qishlog’i aholisi qadimda Dukchilar, Arablar, Xarosponlar, Beklar, Qurrilar, Urganji, Hovlipoyon kabi kasbkori, ijtimoiy kelib chiqishini ifodalovchi qishloqlardan tarkib topgan.

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish