Tuproqshunoslik va geografiya


ARABXONA. Tuman markazidan 15 km shimoli-sharqda, Denav qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan qishloq. Milliy tarkibi — o’zbeklar ARABCHA



Download 0,76 Mb.
bet22/48
Sana06.06.2022
Hajmi0,76 Mb.
#641562
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48
Bog'liq
“shofirkon tumani joy nomlarining geografik tavsifi

ARABXONA. Tuman markazidan 15 km shimoli-sharqda, Denav qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan qishloq. Milliy tarkibi — o’zbeklar
ARABCHA. Tuman markazidan 15,5 km shimoli-sharqda Denav qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Milliy tirkibi— o’zbeklar.
ARABCHA— «kam sonli arab xonadonlari istiqomat qiladigan qishloq» ma’nosida. Yana bir taxmin: qishloq nomi Arabacha — «aravasoz» so’zidan, shuningdek, arabacha— arab tilidagi «Arab degan qishloq yonida paydo bo’lgan» ma’nolaridan olingan bo’lishi ham mumkin.
ARABLAR. Tuman markazidan 7 km janubi-sharqda, Do’rman qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Qishloq aholisi G’ijduvon tumaniga qarashli Javgare qishlog’idan ko’chib o’tishgan bo’lib, asosan o’zbeklashgan arablardan iborat.
DO’RMAN. Tuman markazidan 5 km sharqda joylashgan katta qishloq. Do’rman — XVI—XVII asrlarda Dashtiqipchoqdan kelgan o’zbek qabilalaridan birining nomi. Do’rmanlar Zarafshon vodiysida, Surxondaryo va Toshkent vohalarida, qisman Xorazmda yashaganlar. Hozir ham bu joylarda Do’rman deb ataluvchi qishloqlar bor. «Do’rman» mo’g’ulcha — «dur bun do’rman» so’zlaridan olingan, «to’rt» degan ma’noni bildiradi. Do’rman qishlog’i qadimda O’rta Qo’rg’on, Do’rman va Torko’cha to’plaridan iborat bo’lib, 24 ta masjidi bo’lgan emish. Do’rman qabilasining qo’yli, uvoq, uch urug’„ ko’kchelak, sakson, no’g’ay, churdak, oytamg’ali kabi urug’lari bo’lgan. 20—30-yillarda Sultonobod tumani (markazi Do’rman) bilan Bauman tumani (markazi Xoja Orif) tashkil etilgan paytlarda qirg’izlar va uch urug’lar o’rtasidagi qadimdan an’anaga aylangan musobaqalar avjiga chiqqan. Ayniqsa, ko’pkari o’yinlari nihoyatda qiziqarli o’tgan. 1929 yil oxiri va 1930 yil boshida Buxoro va G’ijduvondan o’nlab mashkoblar xonadonlari Do’rmanga ko’chirib keltirildi. Bugungi kunda mashkoblar turg’un aholi tarkibiga singib ketganlar.
KELACHI. Tuman markazidan 2 km g’arbda, Sultonobod arig’i bo’yida, Qalmoqon qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Kelachi—o’zbek urug’laridan birining nomi bo’lib, bu urug vakillari respublikamizning turli joylarida yashashadi. Masalan, Marg’ilon shahrida Katta Kelachi va Kichik Kelachi degan guzarlar bor. Shundan kelib chiqib qishloq nomi ana shu urug’ nomidan olingan degan xulosga kelish mumkin.
MINGON. Tuman markazidan 3 km janubda. Sulton Jo’ra nomli qishloq fuqarolar yig’ini Hududida joylashgan. Mingon — tojikcha: «Minglar», ya’ni «Ming urug’i vakillari yashaydigan joy, qishloq» demakdir. Minglar o’zbek millati tarkibiga kirgan eng katta urug’lar, dan sanaladi. Ming urug’i vakillari O’zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida uchraydi. Ayiiqsa, Samarqand, Jizzax, Farg’ona, Buxoro hududida uyushgan holda, Surxondaryo, Xorazm va Tojikistonda tarqoq holda yashaganlar. Minglarni ba’zan tumon yoki tumonming deb ham ataganlar. Mingon qishlog’i Kunjirud (ariq burchagi, yoqasi), Tagimasjid (masjidning tagi, atrofi) qishloqlarini birlashtirgan.
MO’G’ULON. Tuman markazidaya 4 km janubda, Sulton Jo’ra nomli qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. .Mo’g’ulon tojikcha: «mo’g’ullar» deganidir. Tarixdan ma’lumki, XIII asrda Chingiz istilosi tufayli ko’plab mo’g’ullar Markaziy Osiyoga kelib, yillar o’tishi bilan ular mahalliy aholiga singib ketdilar. Mo’g’ulon nomi shundan saqlanib qolgan.

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish