Tuproqshunoslik va geografiya



Download 0,76 Mb.
bet24/48
Sana06.06.2022
Hajmi0,76 Mb.
#641562
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   48
Bog'liq
“shofirkon tumani joy nomlarining geografik tavsifi

SHEXLAR. Tuman markazidan 6 km sharqda, Do’rmav qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Shexlar — aslida shayxlar so’zidan olingan bo’lib, arabchada «Qeksa», «Oqsoqol» degan ma’noni anglatadi. Islom dini tarqalgan mamlakatlarda avval bilimdon kishilar, olimlar, so’ngra ruhoniylar, ulamolar, faqirlar tushunilgan. Keyinchalik so’fiylik tariqatidagi pirlar, eshonlar, «muqaddas joylar»ning mutasadilari ham shayx deb yuritilgan. Arablarda islomdan ilgari urug’, qabila boshliqlari, patriarxal oila oqsoqollari shayx deb atalgan. Musulmon mamlakatlarida hozir shayx — oliy diniy maktablarning mudarrislari va yirik ulamolarning unvoni sifatida ham qo’llaniladi. Markaziy osiyoda shayx so’zi ko’pincha muqaddaslashtirilgan mozorlar va qadamjolarda sadaqa va nazr-niyoz hisobiga yashaydigan ruhoniylar tabaqasiga nisbatan ishlatilgan.Rivoyatlarga ko’ra, ana shunday shayxlardan biri Sheyxon degan kishi G’ijduvondan bu qishloqqa ko’chib kelib turg’un yashagan. Uning avlodlari ham keyinrok shu qishloqqa ko’chib kelishgan va shu tariqa qishloq Shexlar nomini olgan. Turkman qabilasining Shix deb ataladigan urug’i ham bo’lib, ular o’zlarini birinchi xalifa Abu Bakrning avlodlari hisoblaydilar. Shix, to’g’risi shayx — «Oqsoqol» degan ma’noni anglatishini hisobga olsak, qishloq nomi Sheyxon (kishi nomi) so’zidan emas, balki urug’ nomidan olingan desak xato qilmagan, bo’lamiz.Qishloq Qizlon, Shexlar Beklar to’plarini birlashtirgan.
QALMOQ. Tuman markazidan 8—9 km shimoli-sharqda, Jo’yrabot qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan qadimiy qishloqQishloq «Buyuk Ipak yo’li» ustida joylashgan bo’lib, aslida Sayid ota qabristonining sharq tarafida bo’lgan. Bu erda o’tkinchi savdogarlar uchun qo’noq—baqqolxona, oshxona, sayisxona kabilar bo’lgan. Qishloqning Qalmoq deb nomlanishi haqida shunday bir rivoyat bor: Qalmoq urug’idan bo’lgan bir savdogar shu qishloqlik qizga uylanadi. Undan farzand ko’radi. Bolaga Tursunboy deb nom qo’yadilar. Tursunboy qalmoqdan Rajabboy qalmoq tug’iladi. Rajabboy qalmoq 3 o’g’il ko’radi. Ularning ismi Mirzoboy qalmoq, Muhammad qalmoq va Sayyid qalmoq edi. Qishloq ana shularning kelib chiqishiga (urug’iga) nisbat berilib «Qalmoq» nomini olgan
Qalmoqlar ko’chmanchi o’zbeklardan oldin ham Movarounnahrda yashaganlar va turklashgan mo’g’ul qabilalarining avlodlari sanaladilar. Uzbek «qavmlari» to’g’risida ma’lumot bergan deyarli__barcha olimlar qalmoq urug’ini tilga oladilar. Jumladan, Buxoro vohasidagi qalmoqlar haqida N. Xanikov ma’lumot bergan («Opisanie Buxarskogo xanstva», 58-bet). Qalmoq so’zining etimologiyasi to’g’risida turlicha fikrlar mavjud: Qalmoq — qolmoq so’zidan olingan bo’lib, «ajralib qolmoq», «islom dinidan chetda qolgan» demakdir. V.P. Darbakovaning fikricha, qalmoq etnonimi qalmoq va mo’g’ul tillaridagi Xalimog so’zidan olingan bo’lib, «aralash», «qurama» degan ma’noni bildiradi. Mirzo Ulug’bek «Tarix-i arba’ ulus». asarida Qalmoq so’zi haqida shunday deydi: «Hazrati Sayidotaga unga Allohning rahmati va rizoligi bo’lsin) quloq solishdan bo’yin tovlaganlar bu saodatdan bebahra holda u erda qoldilar va Qalmoq degan nomga mansub bo’ladilarki, buning ma’nosi «Qolgan» demakdir»
QIYOT. Shofirkon shahrining janubi-g’arbida joylashgan qishloq. Qiyot — qadimiy turkiy (qozoqlarga yaqin) urug’lardan birining nomi. Qiyot 92 bovli o’zbek «qavmlari» tarkibida tilga olinadi. Abulg’ozi Bahodirxon o’zining «Shajarai turk» asarida «qiyot» mo’g’ulcha «tog’dan oq qan sel» ma’nosidagi «qiyon» so’zining ko’pligidir, deydi. Bu fikrni turkiyshunos akademik V. V. Radlov ham isbotlagan. Qiyotliklar asli Ko’hna Vardonze qal’asining tashqarisida yashagan. Qum ko’chishi tufayli ular hozirgi joyga kelib qolganlar.
QIZILON. Tuman markazidan 7 km janubi-sharqda, Do’rman qishloq fuqarolar yig’ini hududida joylashgan. Qizilon toponimining kelib chiqishi 2 xil talqin etiladi: Ularning birida qozoqlarning qizil urug’i vakillari yashaydigan joy («qizil» — urug’ nomi, «on»—lar ko’plik qo’shimchasi, ya’ni qizillar) deyilsa, ikkinchisida 40 ta hur qizning ilonga aylangan joyi deyiladi (Ma’lumki, xalq og’zaki ijodidagi «Qirq qiz» afsonalarida qirq qiz g’oyib bo’ladi yoki turli jonivor va narsalarga aylanadi). Qizilon qishlog’i aholisi cho’ldan ko’chib kelgan. Qizilonliklarning bir qismi Shexlar qishlog’ida qolishgan.

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish