Toshkent turizm va servis kolleji "tasdiqlayman"



Download 465,6 Kb.
bet25/33
Sana31.12.2021
Hajmi465,6 Kb.
#210411
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33
Bog'liq
Sanitariya va gigiyena o'quv qo'llanma 5 10 03 2021

Tayanch iboralar:

Fiziologik ahamiyat, mexanik ishlov, issiqlik ishlovi.

Savol va topshiriqlar:
1. Oziq-ovqat mahsulotlari xomashyosiga datslabki ishlov berish deganda nimani tushunasiz?

2. Go‘sht va baliq mahsulotlariga ishlov berishda qanday sanitariya talablari qo‘yiladi?


15-MAVZU: OZIQ-OVQATMAHSULOTLARIGA MEXANIK-PAZANDALIK ISHLOV BERISHNING SANITARIYATALABLARI
REJA:

1.Go‘sht va baliq mahsulotlariga ishlov berish

2.Sabzavotlargaishlovberish
Hayvon go‘shtlari umumiy ovqatlanish korxonalariga sovutilgan yoki muzlatilgan holatda olib kelinadi.

Yirik ishlab chiqarish korxonalarida muzlatilgan go‘sht haroratini 0 °C dan 60 °C bir necha kun davomida atsa-sekin ko‘tarish yo‘li bilan muzidan tushiriladi. Zarur bo‘lganda esa, go‘sht tayyorlash sexida 16 °C haroratda 18 soat davomida tezkor yo‘l bilan muzlatilgan go‘shtni muzdan tushirish mumkin. Tegishli talablarga ko‘ra go‘shtni sekinlik bilan muzdan tushirish maqsadga muvofiqdir, chunki bunda uning oziqaviy qiymati to‘la saqlanadi

Muzlatilgan go‘shtlar butunligicha nimtalanib yoki to‘rtga bo‘linib, maxsus xonalarda osilgan holda muzdan tushiriladi, yoki bu ish tayyorlov sexidagi sollar ustida bajariladi. Xonaning harorati 0° dan 6-8° gacha bo‘lishi mumkin. Bo‘laklarga ajratilgan go‘sht suvda, plitalar yaqinida muzdan tushirilmaydi, chunki unday holatda go‘shtning seli qochib, sifati yomonlashadi va sirtida mikroblar paydo bo‘ladi. Ayrim hollarda maxsus pechlarda muzdan tushirishga ruxsat etiladi.

Bir marta muzdan tushirilgan go‘shtni ikkinchi marta muzlatish taqiqlanadi. Go‘sht erigach, sirti tozalanadi va lahmlari kesilib, bo‘laklarga bo‘linadi. So‘ngra dush yoki shlang suvi bilan yuviladi. Go‘shtni vannada oqadigan suv bilan cho‘tka, mochalka yoki latta bilan yuvish tavsiya etilmaydi.

Yuvib tozalangan go‘sht quritiladi, mayda bo‘laklarga bo‘linadi, suyagi, chandiri, tomirlari, ortiqchayog‘i, kemirchaklari ajratib olinadi va taom tayyorlanishiga moslab kesiladi.

qiyma go‘sht tezroq pishiriladi, chunki maydalangan go‘shtda mikroblar tezko‘payadi. Taom uchun sarflanadigan qiyma go‘sht ortib qolsa, sovutgich kameralarga yoki sovutgich shkaflarga tezda joylash, harorat 2-6 °C, saqlanish muddati 6 soatdan oshmasligi kerak.

Umumiy oqatlanish korxonalariga kalla-pocha, qorin, ichak, buyrak, yurak, o‘pka va boshqalar hamma vaqt muzlatilgan hol­da keltiriladi.

Kalla-pocha, ichak-chavoq, jigar, buyrak, miya, yurak va boshqalar go‘shtga qaraganda mikroorganizmlarga beriluvchan, saqlash va transportda tashish uchun ham ancha noqulay. Bular tayyorlov sexida sellajlarda, xona haroratida yoki suvda muzdan tushiriladi. Pishirishdan oldin miya, elin, buyrak va boshqalar sovuq suvda ivitiladi, yaxshilab sovuq suvda yuviladi, qon, shira, qillardan tozalanadi. Mikroorganizmlar bilan zararlanishi mumkinligini hisobga olib, ularni muzdan tushirish, qon qoldiqlarini tozalash ishlari alohida sol, taxtacha va vannalarda olib boriladi, so‘ngra pishirishga chiqariladi.

Parranda mahsulotlari sovutilgan yoki muzlatilgan holda, patlari tozalangan yoki tozalanmagan holda kelishi mumkin. Muzlagan parranda go‘shtlarini xona haroratida go‘sht sexi sollarida yonma-yon qo‘yib muzdan tushirish mumkin. Lekin ular solda bir-biriga yopishmasdan, alohida-alohida joylashtirish kerak. Parranda terilari ustida tuklar qolgan bo‘lsa, un suriladi va gazda kuydiriladi. Patlari yulingan parrandaning ichi tozalanadi, unda jigarga ehtiyot bo‘lish kerak, o‘t qopi yorilib ketmasligi kerak. Boshi, oyog‘i (tizzadan patsi) kesiladi, yaroqsiz narsalari olib tashlanadi, tozalanadi, sovuq oqar suvda yuviladi.

Muzlatilgan baliq tuz qo‘shilgan sovuq suvda yoki havoda muzdan tushiriladi. Muzdan tushirilgan baliqni saqlash mumkin emas, chunki unda mikroorganizmlar juda tez ko‘payadi. Baliqlar alohida ajratilgan xonalarda tozalanadi va tayyorlanadi. Baliqning sirti tozalanib, ichidan yaroqsiz narsalari olib tashlanadi, suzgichlari, dumi kesiladi, yaxshilab yuviladi.

Sanitariya gigienik me’yoriga ko‘ra mayda baliqlar sovuq sho‘r suvda, yirik baliqlar esa ochiq havoda muzidan tushiriladi.

Tuzlangan baliqlarni 12 °C gacha bo‘lgan sovuq oqar suvda yoki uni har 5-6 soatdan keyin almashtirib, 12-24 soatgacha ivitiladi. So‘ngra unga darhol issiqlik ishlovi berish uchun o‘tkaziladi.



Sabzavotlar qattiq ifloslangan xomashyo bo‘lib, ularda tuproq bilan birga ichak infeksiyalarini chaqiruvchi, yassi chuvalchanglar tuxumi bo‘lishi mumkin, shuning uchun ularni tozalab yuvish kerak bo‘ladi. Sabzavotlar tayyorlov sexida alohida ajratilgan xonada tayyorlanadi. Mikroorganizmlar biridan ikkinchisiga o‘tib ketmasligi uchun shunday qilinadi. Sabzavotlarni tozalaganda ifloslari tozalab qo‘yilganlariga aralashib ketmasligi kerak. Sabzavotlarni tayyorlashda mineral elementlar, S vitamini va boshqalar nobud bo‘lib ketmasligiga alohida e’tibor berish kerak. Birinchi ishlov berishda sabzavotlardan ortiqcha chiqindilar chiqmasin. Kartoshkani mashinada tozalaganda po‘tsi artilib, yuvilib chiqariladi. Buning davomiyligi bir yarim-ikki daqiqadan oshmasligi kerak. Agar bu jarayon uzoqroq davom etsa, S vitaminiga boy qismi chiqindiga chiqib ketadi. Kartoshkani qo‘lda tozalanganda po‘tsi artiladi, ko‘zi va ba’zi chirigan, lat egan joylari olib tashlanadi. So‘ngra kartoshka suvda yuviladi.

Kartoshkani qozonga solishdan 2-3 soat oldin tozalab qo‘yish mumkin emas, chunki S vitamini, mineral moddalar suvga o‘tib ketadi. Tozalangan kartoshka suvda saqlanmasa, qorayib qoladi. Kartoshkani maydalangan holda suvga solib qo‘yilsa ham zarur moddalar suvga chiqib ketadi, shuning uchun uni qozonga solish oldidan to‘g‘rash kerak. Tozalangan kartoshkani suvga solib saqlamaslik uchun 1 % li bisulfat natriysi suyuqligida 5 daqiqa ishlov beriladi, so‘ng toza suvda chayiladi. Bunday tozalangan kartoshka yaxshi saqlanadi.

Tozalangan sabzavotlar ishlatish muddatini imkoniyati boricha qisqartirish zarur, chunki u qancha ko‘p tursa, shuncha oziqa xususiyati kamaya boradi. Masalan, tozalangan kartoshka bir sutka suvda tursa, S vitaminining 20 %i yo‘qotadi, agar kartoshkani maydalab to‘g‘rab suvga solsangiz, yarim soatda S vitaminining 40 % idan ajraysiz. To‘g‘ralgan ismaloq va shavel bir soatda 34 % S vitaminini yo‘qotadi. Tozalangan sabzavotlarni to‘g‘ramasdan salqin joylarda, ustini namlangan mato bilan yopib saqlanadi, chunki bu tadbir ularni ifloslanish va qurib qolishdan saqlaydi.

Karamning sirtqi qobig‘i olib tashlanadi, tozalanadi va sovuq suvda yuviladi. Gulkaram ham shunday qilinadi.

Tuzlangan karam yuvilmaydi, chunki yuvilganda S vitamini 60 % gacha yo‘qoladi. Haddan tashqari sho‘r bo‘lsa, siqish va yuvish mumkin.

Pomidor, bodring, rediska, piyoz, ko‘katlar, mevalar pishirilmasdan xom holida itse’mol qilinishi mumkin. SHuning uchun ularni alohida e’tibor bilan yuvib tozalash kerak. Tuproq, erdagi go‘ng qoldiqlari va boshqa noxush narsalar, shuningdek mikroorganizmlar bu mahsulotlarga yopishgan bo‘lishi mumkin. YUmshamagan, yaxshi pishmagan, xom sabzavot va ho‘l mevalarni eyish mumkin emas.

Sut va sut mahsulotlari mikroorganizmlar rivojlanishi uchun eng qulay oziq muhit bo‘lib hisoblanadi, shuning uchun ularni qayta ishlashga qat’iy sanitariya gigienik talablar qo‘yiladi.

Umumiy ovqatlanish korxonalariga keltirilgan idishlardagi patserizatsiyalangan sutlar albatta qaynatilishi lozim, chunki ular quyish va tashish vaqtida mikroorganizmlar bilan qayta ifloslanishi mumkin. qaynatilgan sut 6 °C da 12 soat dan ortiq saqlanishi mumkin emas. Achigan sutni faqat hamirga ishlatish mumkin. Mb qolgan sutni sotib bo‘lmaydi, chunki unda sut kislota bakteriyalari, kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar bo‘lishi mumkin.

Patserizatsiya qilingan sutdan tayyorlangan tvorogni issiqlik ishlovi beriladigan taomlar tayyorlashda ishlatishga ruhsat beriladi. Patserizatsiyalangan sutdan tayyorlangan tvorog tabiiy holda itse’mol qilinishi mumkin. Bolalar korxonalarida tabiiy tvoroglarni itse’mol qilish ma’n etiladi.

Umumiy ovqatlanish korxonalariga tuxum mahsulotlari butunligicha, melanj va tuxum kukuni holida keltiriladi. Tuxumlai avval ovoskop yordamida tekshirilib so‘ngra qandolat sexida 3 uyali vannada, oshxonalarda esa maxsus tog‘oralarda 1 -2% li kalsiy sodasi eritmasi bilan, so‘ngra 0,5% li xloramin eritmasi bilan yuvib chayiladi. Bunda salmonella bakteriyalari o‘ladi.

Nostandart tuxumlar mayda donalab ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun ishlatiladi.

quymoq, omlet, kremlar faqat yangi tuxumdan tayyorlanadi. Melanjdan esa uzoq vaqt pishiriladigan taomlar tayyorlashda foydalaniladi

SHakar. un, tuz, manniy va hokazolarni elakdan o‘tkazish kerak. Boshqa don mahsulotlarini ishlatishdan oldin tozalash, keraksiz narsalarni olib tashlash, so‘ngra iliq suvda yuvish lozim. Guruch tozalangan bug‘doy va yormalarni ikki marta iliq (30-40) va issiq suvda (55-60) yuviladi.

Dukkakli donlar yuviladi va ivitib qo‘yiladi: no‘xat va loviya 6-8 soat, chechevitsa, mosh — 5-8 soat.

Download 465,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish